0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU
01 / 07

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07
ARM

Algebra va geometriya kafedrasi

Ovozlar reytingi:  / 4
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: fizika – matematika fanlari nomzodi

Imomov A’zam Abduraximovich

Telefon: (+99891) 257-04-44

Elektron manzili: imomov_azam@mail.ru,

                              imomov_azam@umail.uz

Kafedra tarixi

“Matematik analiz” kafedrasi 1982-yilda tashkil etilib, unda f.-m.f.n. E.Eshdavlatov mudirlik vazifasini bajara boshladi.

1988-yilda 1992-yilgacha “Matematik analiz” kafedrasida dotsent N.Dilmurodov mudirlik qilgan. 1992-yilda ushbu kafedra mudirligi lavozimida dotsent J.Toshev ishlagan. Shu yili kafedra uchga bо‘linib, “Matematik analiz”, “Algebra va geometriya” hamda “Differensial tenglamalar” kafedralari tashkil etilgan. “Matematik analiz” kafedrasiga dotsent J.Toshev, “Algebra va geometriya” kafedrasiga dotsent S.Uzoqov, “Differensial tenglamalar” kafedrasiga dotsent J.Oromov mudirlik qilgan.

1995-yilda “Matematik analiz” va “Differensial tenglamalar” kafedralari birlashtirilib, “Matematik analiz” kafedrasi deb nomlandi. Bu kafedraga 1998 yilgacha dotsent J.Toshev mudirlik qildi.

1998-yildan 2001-yilgacha “Matematik analiz” kafedrasiga dotsent J.Oromov mudirlik qildi. 2001-yil kafedra mudiri lavozimiga dotsent E.Eshdavlatov tayinlandi.

2005-yilda “Matematik analiz” va “Algebra va geometriya” kafedralar birlashtirildi va “Matematik analiz va algebra” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedraga dotsent N.Sharipov mudirlik qila boshlagan.

2010–2014 yillarda “Matematik analiz va algebra” kafedrasi mudiri lavozimga f.-m.f.n. A.Imomov faoliyat ko’rsatgan. O’sha davrda kafedrada Rossiya, Ukraina, Germaniya, Vengriya, AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Ispaniya va Malayziya davlatlari universitet va ilmiy markazlari bilan ilmiy va ta’lim sohasida muntazam aloqalar davom etgan. Bu hamkorliklar doirasida kafedra a’zolari Vengriya, Rossiya, Ukraina, Buyuk Britaniya davlatlarida qisqa muddatli safarlarda bo’lishgan.

Kafedramiz ilmiy hamkorliklardan tashqari Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi doirasida ham muayyan natijalarga erishgan. Xususan, 2011–2013 yillarda A.Imomov Buyuk Britaniya, Litva, Gretsiya va О‘zbekiston universitetlari hamkorligidagi Enhancement of Quality Assurance System through professional development of academic leaders loyihasining Qarshi DU bо‘yicha koordinatori bo’lgan. Kafedra tashabbusi bilan 2013-yilda universitetda “Ta’lim sifatini ta’minlash markazi tashkil etilgan.

2014-yil “Matematik analiz va algebra” va “Umumiy matematika” kafedralari birlashtirildi va “Matematika” kafedrasi tashkil etildi. 2014-yil sentabridan 2018-yil 1-noyabrgacha ushbu kafedrada mudir lavozimida f-m.f.n. E. Aliqulov ishladi.

2018-yil 1-noyabrdan “Matematika” kafedrasi negizida “Matematik analiz va differensial tenglamalar” kafedrasi hamda “Algebra va geometriya” kafedralari tashkil etildi.

2018-yil 1-noyabrdan “Algebra va geometriya” kafedrasi mudiri vazifasini f-m.f.n. A. Imomov bajarib kelmoqda.

Kafedra qoshida “Matematika va uni о‘qitishning dolzarb muammolari” nomli ilmiy seminar faoliyat kо‘rsatadi.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  • Algebra va sonlar nazariyasi
  • Analitik geometriya
  • Chiziqli algebra va geometriya
  • Diskret matematika
  • Differensial geometriya va topologiya
  • Ehtimollar nazariyasi
  • Ehtimolliklar nazariyasining zamonaviy usullari
  • Algebraning tanlangan boblari
  • Algebra va geometriya
  • Matematik mantiq
  • Differensial geometriya va topologiya
  • Matematik statistika
  • Matematika va informatika o'qitish usullari
  • Ehtimolliklar nazariyasining zamonaviy usullari
  • Algebraning tanlangan boblari
  • Geometriyaning tanlangan boblari
  • Oliy matematika
  • Matematika  

Kafedraprofessor-o'qituvchilari: 

  • Imomov A’zam Abduraximovich
  • Abulov Mumin Orziqulovich
  • Abduraxmonov Abdimumin
  • G‘ulomov Otabek Xudoyberdiyevich
  • Shodiyev Sa’dulla Yusupovich
  • Abdiraxmonova Ra’no Eshqobilovna
  • Tursunov Bayramali Akbarovich
  • Oqboyeva Nilufar O‘roqovna
  • To’xtayev Erkin Egamberdiyevich
  • Jo’rayeva Muxayyo Ne’matillayevna
  • Meyliyev Abror Xujanazarovich

 

Kafedrada quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda:

  • Markov tasodifiy tarmoqlanuvchi jarayonlar nazariyasi va ularning tadbiqlari. A.A.Imomov, E.E.To‘xtayev, A.Meyliev ilmiy tadqiqot ishi olib bormoqda.
  • Regulyar o’zgaruvchi funksiyalar nazariyasining ehtimollar nazariyasi masalalariga tadbiqlari. A.A.Imomov, N.Oqboeva, E.E.To‘xtayev ilmiy tadqiqot ishi olib bormoqda.
  • Egriligi nomanfiy ko‘pxilliklarda riman submersiyalari geometriyasi. B.A.Tursunov ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda. 

O‘quv ishlari 

Bakalavriatura

Kafedra a’zolari 5130100 - Matematika ta’lim yo’nalishi barcha kurslarida algebra, geometriya va ehtimolliklar nazariyasi ixtisoslik fanlaridan, hamda boshqa ta’lim yo’nalishlarida hamda sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida matematikaga oid fanlardan dars olib boradi.

5A130101 - Matematika (01.01.01. - matematik analiz) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabariga o’qitiladigan fanlar:

  • Abstrakt algebra
  • Topologiyaning tanlangan boblari 

Ilmiyyo‘nalishlar:

  1. Markov tasodifiy tarmoqlanuvchi jarayonlar nazariyasi va ularning tadbiqlari.
  2. Regulyar o’zgaruvchi funksiyalar nazariyasining ehtimollar nazariyasi masalalariga tadbiqlari.
  3. Egriligi nomanfiy ko‘pxilliklarda riman submersiyalari geometriyasi. 

Seminar va to‘garaklar 

Magistrlar va talabalar uchun “Zamonaviy matematika masalalari” matematika to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, to‘garak haftaning uch kunida faoliyat yuritadi: 

1) Seshanba, soat 13-00 dan 14-30 gacha “Zamonaviy geometriya va topologiyani о‘rganimiz” nomi ostida 118-auditoriyada B.A.Tursunov rahbarligida olib boriladi; 

2) Chorshanba, soat 15-00 dan 16-00 gacha “Zamonaviy algebrani о‘rganamiz” nomi ostida 102-auditoriyada N. Oqboyeva, S. Shoidiyev rahbarligida olib boriladi; 

3) Juma, soat 14-00 dan 15-30 gacha “Ehtimolliklar nazariyasining dolzarb muammolari” nomi ostida 102-auditoriyada f.-m.f.n. A.A.Imomov rahbarligida olib boriladi.  

Ilmiy hamkorlik 

Kafedra Tomsk Davlat universiteti, Tbilisi Davlat universiteti, Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universiteti, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi boshqaruv tizimlari institute, Sibir Federal universiteti, Novosibirsk Davlat universiteti, Qozon Federal universitetlari, Respublikamizdagi FA Matematika institute va yetakchi OTMlarining kafedralari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.   

 

Kafedra manzili: 180103, Qarshi shahri, Ko`chabog’ 17. 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________