0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

FILOLOGIYA FAKULTETI

Ovozlar reytingi:  / 2
SayozZo'r 

Buxoro birlashgan pedagogika va o‘qituvchilar institutining Qarshi filiali (1945-yil) da tashkil etilgan. 1956-yilda mazkur filial Qarshi davlat pedagogika institutiga aylantirildivaTarix-filologiya fakulteti tashkil etildi. 1963-yildan boshlab O‘zbek filologiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlay boshladi. 1977-yilda Tarix-filologiya fakultetidan Filologiya fakulteti alohida fakultet sifatida ajralib chiqdi. 1989-yilda tarix va filologiya fakultetlari birlashtirildi. 2008-yilda mazkur fakultet yana alohida ikkita fakultetga ajratildi. O‘zbek filologiyas ifakulteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2011-yilda tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tashkiliy tuzilmasida Filologiya fakulteti deb yuritilgan. 2014-yil avgust oyida tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tashkiliy tuzilmasida O‘zbek filologiyasi fakulteti deb yuritilgan.O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2018-yil noyabr oyida tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tashkiliy tuzilmasida Filologiya fakulteti deb nomlandi.

2018-2019 - o‘quv yilida Filologiya fakultetida 815 nafar talaba tahsil olmoqda.

Fakultet ma'muriyati:

O'zbek filologiyasi fakulteti dekani

Jumayev Rashid Normurotovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Dushanbadan tashqari)

Telefon: (+998 91) 470-96-95

E-mail:  rashid62@umail.uz

 

 

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan muovini

Karomova Shohida Lutfullayevna

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Dushanba va shanba kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 91) 474-68-28

E-mail:  karomova-shohida@mail.ru

 

 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini

Kenjayev To‘lqin Arabovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Seshanba va juma kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 91) 955-76-96

E-mail: tkenjayev1972@umail.uz

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Xoliqov Azamat Baxriddinovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Seshanba va juma kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 91) 450-38-84

E-mail: xoliqovazamat@umail.uz

 

Fakultet kafedralari:

  • Adabiyotshunoslik kafedrasi
  • O‘zbek tilshunosligi kafedrasi
  • Rustili va adabiyoti

Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi: 

  1. 5120100–Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbektili)
  2. 5111300 – Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti) 

Quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi:

  • 5A111201–O‘zbek tili va adabiyoti

Hozirgi vaqtda  fakultetda 58 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi, shundan: 2 nafari fan doktori, professor; 2 nafar fan doktori, dotsent; 9 nafar fan nomzodi, dotsent; 16nafar fan nomzodi, kattao‘qituvchi; 10 nafar katta o‘qituvchi, 19 nafari assistent - o‘qituvchilardir. Ilmiy salohiyat­­­- 50% ni tashkil etadi.

FAKULTETDA ERISHILGAN YUTUQLAR

Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor berilib, universitet Axborot-resurs markazi, ZiyoNET tarmog‘i va boshqa saytlarda joylashtirib borilmoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan oxirgi uch yilda 15 ta monografiya, 20 ta o‘quv qo‘llanma, 50 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ishlanmalar, 190 dan ortiq ilmiy maqolalar vа 350 dan ortiq tezislar xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarda hamda ilmiy to‘plamlardan ashrettirildi.

Kafedralar

nomi

Darsliklar

soni

O‘quv qo‘llanmalar soni

Monografiyalar

soni

1.

Adabiyotshunoslik

-

8

8

2.

O‘zbek tilshunosligi

-

7

5

3.

Rus tili va adabiyoti

-

5

2

Fakultetda o‘zbek tili va adabiyoti hamda rus tili va adabiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning ilmiy-nazariy seminari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu seminarlarda professor-o‘qituvchilar ilmiy ishlari bo‘yicha ma’ruzalar, ilmiy maqolalari, shuningdek, doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarning ishlari muhokama qilinadi va himoyaga tavsiya etiladi. 

2018-yil iyun oyidan boshlab Qarshi davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo’yicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.30.05.2018.Fil.70.01 raqamli Ilmiy kengash faoliyat olib bormoqda.

Fakultetning iqtidorli talabalaridan Islomova Shoira (2010-yil), Akbarov Muhiddin (2011-yil), Pirnazarova Sitora (2012-yil), Sulaymonov Bobur (2015-yil), Mamanova Adolat (2016-yil), Bobojonova Shoхsanam (2016-yil), Boymirova Dilshoda (2017-yil) Elmurodova Fazilat (2018-yil), Abatov Doston (2018-yil) Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar. Fakultet talabasi Odilova Nodira 2015-yilda “Yilningengfaolyoshjurnalisti” Respublika ko‘rik tanlovining radio yo‘nalishida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. 2016-yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kechakimedig-u, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mavzusidagi maqolalar tanlovida qatnashgan fakultetning 2-kurs talabasi Tursunova Yulduz faxriy yorliq bilan taqdirlandi. 2016-yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida o‘tkazilgan ilmiy ma’ruzalar tanlovi Respublika bosqichi ishtirokchisi 3-kurs talabasi Mamanova Adolat sertifikat bilan taqdirlandi. 

Fakultet kafedralari qoshida 3 ta fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bular “Adabiyotshunoslik” kafedrasi qoshidagi “Ijod gulshani” (rahbari: f.f.n., S. Mo;minova) yosh ijodkorlarning adabiy to‘garagi, “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi qoshida “Yosh tilshunos” (rahbari: o‘qituvchi f.f.f.d. Norxadjayeva) “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi qoshida “Slovesnik” (rahbari: katta o‘qituvchi L. Yuldosheva)  fan to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________