0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

UNIVERSITET TALABALARI DIQQATIGA!

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

D I Q Q A T  E  ’  L  O  N !!!

UNIVERSITET TALABALARI DIQQATIGA! 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 2-avgustdagi “Oliy ta’lim talabalari o‘rtasida “Yil talabasi - 2019” Respublika tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 702-sonli buyrug‘iga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan 2019-yil 15-yanvarda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha

         -  “Yilning o‘z  mutaxassisligi  bo‘yicha eng  bilimdon  talabasi”, bunda talabaning oliy o‘quv yurtiga kirgandan boshlab fanlarni o‘zlashtirish va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;

-    “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi”, bunda talabaning oliy ta’lim muassasasi, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoat tashkilotlaridagi jamoatchilik ishtiroki, faollik darajasi, namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni,  erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;

-    “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, bunda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi;

-    “Yilning eng faol sportchi talabasi”, bunda talabaning sport sohasidagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;

-    “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, bunda talabaning o‘zi tanlagan mutaxassisligi yo‘nalishidan qat’iy nazar musiqa, adabiyot, san’at va teatr sohasidagi qiziqishlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi.

- “Yilning eng faol bloger talabasi”, bunda talabaning ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi yaratgan ishlanmalari, Axborot-kommunikatsiya tarmog‘idagi faollik darajasi va ushbu sohalarda erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;

- “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun), bunda talaba-qizlarning mustaqil ravishda tadbirkorlik asosida erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi.

TANLOV E’LON QILADI

Tanlovda universitetning uzliksiz (akademik ta’tilsiz) o‘qib kelayotgan 2, 3 va 4-bosqich bakalavr talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning universitet bosqichi joriy yilning oktabr oyida o‘tkaziladi.

Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha talabgorlarning ishi va uni asoslovchi materiallari fakultet ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqiladi va g‘oliblar fakultetning Ilmiy-uslubiy kengashida muhokamadan o‘tkaziladi.

Tanlovning 1-bosqich g‘oliblari universitetning faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda quyidagicha moddiy rag‘batlantiriladi va Respublika bosqichiga tavsiya etiladi.

birinchi o‘rin sohibi - bazaviy hisoblash miqdorining yetti barobari miqdorida;

ikkinchi o‘rin sohibi - bazaviy hisoblash miqdorining olti barobari miqdorida;

uchinchi o‘rin sohibi - bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida.

           

Hujjatlar joriy yilning 25 sentabriga qadar universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga taqdim etiladi.

IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO‘LIMI

Murojaat uchun telefonlar: (94) 172-77-66, (75) 221-21-29

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________