0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Vatan himoyachilari kuni tadbirlari

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Qarshi Davlat universiteti Pedagogika kafedrasi o‘qituvchilari Qarshi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida bo‘lib “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdilar.

Tadbirni Pedagogika kafedrasi mudiri dots. A.Sohibov kirish so‘zi bilan ochib berdi. A.Sohibov o‘z so‘zida “Har bir bola mehr va e’tiborga munosib, ayniqsa, yoshligidan hayot sinovlariga duch kelgan o‘g‘il-qizlarimizga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish insoniy burchimiz hisoblanadi”, - deb ta’kidladi. Tadbirda Pedagogika kafedrasi o‘qituvchilari moddiy va ma’naviy jihatdan tahsil oladigan nogiron bolalarga qalb mehrlarini ulashdilar. Kun tartibidagi “Milliy armiyamiz - g‘urur va iftixorimiz”, “Vatan - ulug‘, burch - muqaddas” mavzulardagi chiqishlarda istiqlol yillarida milliy armiyamizni tubdan isloh etish, uning nufuzini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotganligi e’tirof etildi. Tadbir davomida dotsent O.K.Xaydarova, p.f.n.N.M.Ochilova, p.f.n.G.Eshmurodova, pedagogika fanlari nomzodi, dots v/b I.Rajabova, katta o‘qituvchilar Y.Ismoilova, O.Qoraxonova, o‘qituvchilar Z.Murodova, X.Xalilova, L.Rajabova va 1-kurs magistrlari o‘zlarining samimiy, ezgu niyatlarini izhor etib, bolajonlar ko‘nglini xushnud etdilar, ularning ezgu niyalariga sherik bo‘ldilar, she’rlar aytib, maroqli suhbatlar tashkil etdilar. Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari, Qarshi shahridagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar tadbirni yanada mazmunli va qiziqarli o‘tishini ta’minladi.

 

Qarshi davlat universiteti 2-talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “ Mening armiyam - mening faxrim” mavzusida ”Zakovat” intellektual bilimdonlar o‘yini o‘tkazildi. Unda barcha talabalar turar joylaridan bittadan jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Bilimdonlar bahsini talabalar shaharchasi direksiyasi direktori N.Pardaqulov boshlab berdi. So‘ngra tafakkur maydoniga “Everest”, “Tafakkur”, “Realist”, “Sayyod”, “Poliglot” va “Buyuklar” jamoalari taklif qilindi. Jamoalarga bayram munosabati bilan tuzilgan qiziqarli boshqotirma, fikrni charxlovchi savollar o‘qib eshittirildi. Bellashuv jarayonida har bir jamoa o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rgani bilindi. Qiziqarli tarzda kechgan bilimdonlar bahsida “Sayyod” jamoasi g‘olib deb topilib, diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bayramona tadbirda talaba-yoshlar tomonidan ifodali she’rlar o‘qildi, 6-TTJ pedagog- tarbiyachisi, musiqa fani o‘qituvchisi A.Ravshanov tomonidan ijro etilgan dilbar qo‘shiqlar kechaga yanada fayz bag‘ishladi. Yakunda navbatdagi bilimdonlar bahsi 6-talabalar turar joyida bo‘lib o‘tishiga kelishib olindi.

  

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________