01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

TALABALAR TURAR JOYI

 

Universitetda jami 5052 nafar talaba tahsil oladi. Dars mashg‘ulotlari 2 smenada tashkil etilgan. Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, talabalar turar joyida, fakultetlarda talaba-yoshlarning qiziqishlariga muvofiq ma’naviyat bo‘limi, “Kamolot” YIH, Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Murabbiylar kengashi”, “Talabalar kengashi” va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda reja asosida turli mavzulardagi tadbirlar reja asosida o‘tkazib boriladi.

 Universitetda 42 ta fan, kasbiy va ijodiy to'garaklar faoliyat yuritadi va ularga qiziquvchi talabalar jalb etilgan.

Talabalar turar joylarida kafedralar tomonidan jadval asosida “Kafedra kunlari” va “Kafedra haftaliklari” tashkil etilgan bo‘lib, uzluksiz ravishda davra suhbatlari, kitobxonlar konferensiyasi, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar, bayram tadbirlari, tanlovlar va sport tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish Kengashi tomonidan ota-onalar bilan uchrashuvlar, devoriy gazetalar tanlovi, “Eng namunali xona”, “Eng namunali qavat”, “Eng namunali TTJ” yo'nalishlari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlanib borilmoqda.

Universitetda mavjud 3ta ovqatlanish shoxobchalarida talabalar uchun 3 mahal arzon va sifatli issiq ovqatlar tashkil etilgan.

Talaba-yoshlar doimiy ravishda foydalanishlari uchun ATM va ARM, Kutubxona va o‘quv zali, “Yoshlar markazi” va Faollar zali, “Nur” kitob-savdo do‘koni, Fitobar va Paynet xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.


Ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy tadbirlar samaradorligini oshirish va ijodkor talabalar ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida universitet radiouzeli tashkil etilgan. Notiq va suxandon talabalar tomonidan turli mavzularda eshittirishlar olib borilmoqda.

Universitet Ma’naviyat bo‘limi qoshida “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat”, “Bilimdonlar” klublari va “Suxandonlar maktabi” faoliyat ko‘rsatmoqda.

Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, “Ustoz-shogird” tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida, universitet Ilmiy Kengashi qaroriga asosan, har bir professor-o‘qituvchiga 10 nafardan talabalar biriktirilgan. Bundan tashqari, 280 nafar talaba o‘z qiziqish va iqtidorlari bo‘yicha tanlab olinib, ustozlari bilan birgalikda ilmiy mavzular asosida izlanishlar olib bormoqdalar.

Universitetda nomdor, Davlat va Prezident nomidagi nomdor stipendiyalar sovrindorlari, fan olimpiadalalari g‘oliblari, “Kelajak ovozi”, “Fond forum”, “Kamolot” YIH, Kasaba uyushmasi stipendiyalari sovrindorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Bularning soni yildan yilga ortib bormoqda.

Folklorshunos olimlar tomonidan universitetda  Folklor ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan va unga qiziquvchi talabalar jalb etilgan.

Universitetda 300 dan ortiq ijodkor talabalar bo‘lib, mahalliy va Respublika nashrlarida adabiy-badiiy, ilmiy, publisistik maqolalari bilan qatnashib kelmoqdalar.

Universitetda “Noshirlik markazi” va “Universitet gazetasi” faoliyat ko‘rsatadi. Unda talaba-yoshlar o‘z ijod namunalarini nashr etib kelmoqdalar.

Pedagogika-psixologiya fakulteti qoshida “Naxshab navolari” folklor jamoasi faoliyat yuritadi. Ansamblda Musiqiy ta’lim yo‘nalishidagi talabalar faol ishtirok etib kelmoqda.

Universitetda “Murabbiylik instituti” keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir akademik guruh talabalarining “Ma’lumotlar banki”, “Talaba pasporti” yaratilgan. TTJlarda yashovchi, xususiy xonadonlarda ijarada yashovchi, o‘z uyidan qatnovchi, qarindoshinikida turuvchi talabalar kontengenti aniqlanib, monitoring qilib boriladi va reja asosida ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlar amalga oshirib borilmoqda.

 

JoomShaper