0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

BITIRUVCHILAR KLUBI

Qarshi Davlat universiteti boshlang‘ich ta’lim kafedrasining professori Tal’at G‘afforova haqida ma’lumot

 

T.G‘afforova 1943-yilning 2-noyabrida Qarshi shahrida tug‘ilgan. T.G‘afforovaning umumiy mehnat staji 55 yil. Shundan 53 yil Qarshi davlat universitetida turli lavozimlarda: 1961-1966 yillar talaba, 1966-1984-yillar o‘qituvchi,1985-1987 yillar katta o‘qituvchi, 1988-yildan dotsent, 1989-1996 yillar boshlang‘ich ta’lim kafedrasining mudiri, 1996-2003-yillar pedagogika va musiqa fakulteti dekani, 2003-2009 yillar yana boshlang‘ich ta’lim kafedrasining mudiri, 2009-2012 yillar boshlang‘ich ta’lim kafedrasining dotsenti, 2014-yildan maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasining professori lavozimida ishlab kelmokda. Ixtisosligi bo‘yicha pedagog, pedagogika fanlari nomzodi, professor. 1993-yilda «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 

2001-yilda “Mustaqillikning 10 yilligi”, 2006-yilda “Mustaqillikning 15 yilligi”. 2012-yilda “Mustaqillikning 20 yilligi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

 

T.G‘afforova 1949 yili 6 yoshga to‘lmasdan Qarshi shaharidagi 2-maktab- ga borgan. Maktabda fakat «a’lo» va «yaxshi» baholarga o‘qib, 1959-yili maktabni tugatgan. Ikki yil ishlab chiqarishda ishlagan.

1961-yili Qarshi Davlat pedagogika instituti(hozirgi universitet)ning «Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi» fakultetiga o‘qishga kiradi. Mashg‘ulotlardagi faolligi fakultet jamoasi diqqatini tortdi. Uni jamoatchilik ishlariga jalb qilisha boshlashdi.

Talabalik yillarida u kasaba uyushmasining faollaridan biriga aylandi. Institut kasaba uyushmasi hay’atining a’zosi edi.

 Tal’at G‘afforova 1966-yilda institutni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Uni o‘zi tahsil olgan institutining Pedagogika va psihologiya kafedrasida ishga qoldirishdi. Shunday qilib, professor M.Ochilov rahbarligida ”Bo‘lajak o‘qituvchilaarni pedagogik mehnatga ijodiy munosabatini tarbiyalash” mavzusida ilmiy ish boshladi.

1983 – 1984 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining umumiy pedagogika kafedrasiga bir yillik aspiranturada bo‘ldi. 1984-yilning sentabr oyida esa institut huzuridagi ixtisoslashgan kengashda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik ishini muvaffaqiyatli himoya qildi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. 1988-yilda Oliy Attestatsiya komissiyasi unga dotsentlik ilmiy unvonini berdi.

2002-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta’limi vazirligining darsliklar tanlovi e’lon kilingach, tanlovda katnashib «Ona tili», «O‘qish kitobi» darsliklari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va ushbu darsliklarni hamda ular uchun «1-sinfda ona tili darslari», «1-sinfda o‘qish darslari» metodik qo‘llanmalarini yaratdi.

2005-yilda e’lon qilingan “Eng yaxshi darslik va o‘quv adabiyoti muallifi” konkursida uning “1-sinfda o‘qish darslari” metodik qo‘llanmasi 1- o‘rinni egalladi.

2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalk ta’limi vazirligining keyingi darsliklar tanlovi e’lon kilindi. Unda T.G‘afforova o‘z hammualliflari bilan 2 –sinf “O‘qish kitobi” bo‘yicha tanlovda qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va 2012-2013 o‘quv yilida uning yana bitta darsligi o‘quvchilar qo‘liga bordi. Bu darslik asosida o‘qitish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma ham yaratildi.

Prof. T.G‘afforova «O‘qituvchining professional faoliyati», “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari”, “Kurs ishi va nazorat ishlari yozish uchun metodik tavsiyalar”,«Boshlang‘ich sinflar uchun ona tili va o‘qishdan didaktik materiallar», «Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida didaktik o‘yinlar va mustaqil ishlar», “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” kabi qator o‘quv qo‘llanmalarning “Rahbarlikning oltin qoidalarit”, “Qashqadaryo olimalari”(ocherklar tuplami) kabi ko‘plab risolalarning muallifi hisoblanadi.

Uning 2009-yilda “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar” nomli uslubiy qo‘llanmasi “Nasaf” nashriyotida, 2011-yilda “Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” nomli metodik qo‘llanmasi “Tafakkur” nashriyotida chop etildi. Xuddi shu yili uning “1-sinfda o‘qish darslari“, “1-sinfda ona tili darslari” metodik qo‘llanmalari zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qayta ishlanib nashr uchun topshirildi va 2011-yilda “1-sinfda o‘qish darslari” metodik qo‘llanmasining qayta ishlangan varianti “Tafakkur” nashriyoti tomonidan nashr etildi.

2007-yil uning rahbarligida Ochilova Nigora, Nurullayeva Shahlo, 2008-yil esa Oripova Nodimalar nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladilar.

Profesor T.G‘afforovaning rahbarlik faoliyati alohida diqqatga sazovor. U 1996-2003 yillarda pedagogika fakultetining dekani vazifasida faoliyat ko‘rsatdi. T.G‘afforova xalqaro loyihalar ishida ham faol ishtirok etdi. 1997-yilda Respublika «Olima» ayollar assotsiatsiyasining tavsiyasi bilan Yevropa Ittifoqi TACIS dasturining «Ayol va demokratiya» loyihasi ishlarida ishtirok etdi.

Uning rahbarligida tayyorlangan «O‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish» mavzusidagi loyiha 1999-yilda TEMPUS dasturiga kiritildi. Ushbu loyihaga asosan Qarshi davlat universiteti Angliyaning «Shimoliy London», Finlyandiyaning «Oulu» universitetlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, 17 nafar professor-o‘qituvchilar horijiy oliy o‘quv yurtlarida tajriba o‘rgandilar.

U respublika va viloyat ijtimoiy, siyosiy hayotida faol ishtirok etib kelmokda. Viloyat xotin-kizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, viloyat «Ma’naviyat va ma’rifat» markazining faol targ‘ibotchisi, viloyat «Olima» ayollar uyushmasining raisi, «Oila markazi» rahbari, viloyatning barcha tumanlarida milliy istiqlol mafkurasining faol targ‘ibotchisi sifatida tanilgan.

T.G‘afforova baxti bekam oila bekasi. U turmush o‘rtog‘i Q.Haydarov bilan birgalikda 54 yil yashab, 4 farzandni voyaga yetkazdi. Uning katta qizi Oliya ona izidan borib, pedagogika fani sohasida izlanishlar olib bordi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga va dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. U universitetning pedagogika kafedrasi dotsenti. Qizi Shoira 2010-2014 yillar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan, hozirda viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi, o‘g‘li Ilhom O‘zbekiston Respublikasi Davlat neft-gaz nazorati Qashqadaryo viloyati bo‘limining bosh texnologi, o‘g‘li Ulug‘bek xususiy tadbirkor.

 

Fakultet dekani: dots. Sh. Nurullayeva

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________