0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Konstitutsiya – inson huquq va erkinliklari kafolati

1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, eng avvalo O‘zbekistonning  ozodligining shahodati sifatida qadrlidir. Bu yil asosiy qomusimiz qabul qilinganiga 27 yil to‘ldi.

Shu kun munosabati bilan respublikamizning turli go‘shalarida bayram tadbirlari tashkil etish an’anaga aylangan. Qarshi davlat universiteti faollar zalida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir. Tadbirda yig‘ilganlar konstitutsiyamizning qabul qilinishi tarixi, xorijiy davlatlarning konstitutsiyalari haqida qiziqarli ma’lumotlar, qomusimizni madh etuvchi jozibador she’rlar, vatanparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan kuy-qo‘shiqlar, “Farmonbibining so‘ngi farmoni” nomli sahna ko‘rinishiga guvohi bo‘ldilar. Tadbir yakunida faol talabalarga fakultet dekani o‘rinbosarlari X.Fayzullayev, Sh.Rahmatullayeva, O.Aslonova, D.Niyazovalar faxriy yorliqlar topshirishdi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________