0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Konstitutsiya - baxtimiz qomusi

Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuv, davra suhbati, ochiq muloqot va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar yuksak samara beradi.

Tabiiy fanlar fakulteti Zoologiya va fiziologiya kafedrasi va Biologiya yo‘nalishi 019-90 guruh talabalari tomonidan “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbirni Tabiiy fanlar fakulteti dekani dotsent B.Boysunov kirish so‘zi bilan ochib berdi. “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi”  mavzusida o‘tkazilayotgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirning ahamiyati, hayotimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarga Bosh qomusimiz huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani xususida to‘xtaldi. 

Iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi, she’r aytish va qo‘shiqlar ijro etish orqali Konstitutsiyamizning ahamiyati yig‘ilganlarga tushunarli tarzda yetkazib berildi.

Tadbir so‘ngida guruh murabbiyi katta o‘qituvchi B. Jovliyev tadbirni tashkil qilgan talabalarga chuqur minnatdorchilik bildirib, ularning kelgusidagi o‘qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Faol talabalar Tabiiy fanlar fakulteti va universitet yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________