O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-apreldagi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-1091-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yagonasan, muqaddas, Vatan!” Respublika ko‘rik tanlovda Qarshi davlat universitetining “Ziyo sadolari” badiiy jamoasi ushbu tanlovda (2019-yil) 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Men diniy ekstremizm va terrorizim tahdidini qanday tushunaman?” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovining Respublika bosqichida universitet talabasi Abdirahimova Shodiya Erkin qizi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Filologiya fakulteti talabasi Xojiyeva Shahzoda “Vatan himoyasi har bir fuqaroning sharafli burchi” mavzusidagi insholar tanlovining Respublika bosqichida 2-o‘rin qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo‘yicha Respublika idoralararo kengashi majlisining 2018-yil 8-fevraldagi “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida “Yoshlar festivali”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 4-sonli bayoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16-17 dekabr kunlari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida oliy ta’lim muassasalari Talabalar teatr studiyalari festivalining yakuniy Respublika bosqichi o‘tkazildi.
Festivalning Respublika bosqichida ishtirok etgan Qarshi davlat universiteti “Ziyo” talabalar teatr studiyasining “Nahshab afsonasi” spektakli “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.