Kafedra mudiri: biologiya fanlari doktori,professor
Yoziyev Lutfullo Habubullayevich
Telefon: (+998 98) 475-42-12
Elektron manzili: yoziyev58@mail.ru
Kafedra tarixi
Botanika va ekologiya kafedrasi 2018-yil dekabr oyida Biologiya kafedrasi negizida tashkil etilgan.
Kafedra “Janubiy O‘zbekiston florasi va faunasini majmuali o‘rganish” va “Noyob o‘simlik turlarini introduksiya qilish” borasida ilmiy tadqiqot ishlari olib boradi.
Ayni paytda Botanika va ekologiya kafedrasida 2 nafar fan doktori, professorlar, 2 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 4 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchilar, 5 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib boradilar. Barcha o‘qituvchilar magistirlik darajasiga ega bo‘lib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha samarali ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Professor L. Yoziyev Janubiy O‘zbekiston daraxt va butalar introduksiyasi bilan shug‘ullanuvchi respublikada yetakchi olim sanaladi. Uning shu sohadagi 200 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlari nashr etilgan. Xususan, “Итоги интродукции древесных растений в Южный Узбекистан”, “Интродукция болотного кипариса и метасеквойи в Узбекистан”, “Интродукция некоторых древесных представителей сем. Fabaceae Lindl. в условиях Каршинского оазиса” monografiyalari chop etilgan. Bugungi kunda professor L. Yoziyev rahbarligida ITD- 9-18 “Yuksak manzarali ekzotik daraxt, butalar va noyob gullarni Qarshi sharoitiga introduksiya qilish, ularni ko‘paytirish metodlari va parvarishlash agrotexnikasini ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha ilmiy amaliy loyiha faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra professori S. Mustafayevning “Однолетние бобовые юга Узбекистана”, “Дикорастущие бобовые растения – источник кормовых ресурсов”, “Хозяйственное использование бобовых природной флоры” nomli monografiyalari, “Botanika”, “Umumiy ekologiya” (A. O‘roqov bilan hamkorlikda), “Tabiiy bilimlar zamonaviy konsepsiyasi” nomli darsliklari, “O‘simliklar sistematikasi” (Sh. Samatova bilan hamkorlikda), “Botanika” “Sitologiya” nomli o‘quv qo‘llanmalari chop etilgan.
Kafedra dotsenti T. Tilovov tоmonidan “Odam va uning salomatligi “darsligi 7 ta tilda chop etilgan.
Kafedra dotsenti B. Boysunovning “Janubiy O‘zbekistonda Meliya daraxtini iqlimlashtirish natijalari” nomli monografiyasi, “Biologiyada matematik usullar” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi chop etilgan.
B.f.n. Sh. Samatovaning “Канны в условиях Каршинского оазиса” nomli monografiyasi nashr etilgan.
Kafedra qoshida 308, 309-xonalarga laboratoriya mashg‘ulotlari olib borish maqsadida chet eldan 32 turdagi zаmonaviy o‘quv jihozlari keltirildi. Bu esa bugungi kunda fan sirlarini amaliy mashg‘ulot sifatida talabalarga yetkazishda katta ko‘mak bermoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi
Yoziyev Lutfullo Habibullayevich |
b.f.d., professor |
|
Mustafayev Samadullo Murtozayevich |
b.f.d., professor |
|
Tilovov Turop |
b.f.n., dotsent |
|
Boysunov Bobir Xidirovich |
b.f.n., dotsent v.b. |
|
Raximov To’lqin Uktamovich |
b.f.n., katta o‘qituvchi |
|
Samatova Shohista Azamatovna |
b.f.n., katta o‘qituvchi |
|
Bozorova Nigora Shamsiyevna |
p.f.n., katta o‘qituvchi |
|
Bo’ranova Muhayyo Oralovna |
PhD, katta o‘qituvchi |
|
Qudratov G‘ulom Donayevich |
o‘qituvchi |
|
Nasriddinova Mehriniso Rahmatullayevna |
o‘qituvchi |
|
Raupov Bekmurod Nabiyevich |
o‘qituvchi |
|
Xoliqova Surayyo Narzullayavna |
o‘qituvchi |
|
Meyliyeva Hilola Shuxratovna |
o‘qituvchi |
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
- Amaliy ekologiya
- Bioekologiya
- Biogeografiya
- Bioxilma-xillik va uning muhofazasi
- Botanika
- Ekologik fiziologiya
- Ekologik monitoring
- Ekologik siyosat
- Ekologiya
- Ekologiya fanlarini o‘qitish metodikasi
- Ekologiya huquqi
- Ekologiya va TMQ
- Ekologiya аsoslаri
- Fizikaviy ekologiya
- Geobotanika
- Geoekologiya
- Gidroekologiya
- Iqlim o‘zgаrishi vа ekologik moslаshuv
- Muqobil energetika
- Sanoat ekologiyasi
- Shahar va sanoat ekologiyasi
- Sitologiya
- Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti
- Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
- O‘simliklar fiziologiyasi