Kafedra mudiri:
Fayziyeva Mavluda Xudayarovna
Telefon: (+99891) 451-07-83
Elektron manzil: mfayziyeva69@umail.uz
Kafedra tarixi
Qarshi Davlat Universiteti Psixologiya kafedrasi 1985-yildan e‘tiboran Pedagogika-psixologiya kafedrasi tarkibidan ajralib chiqqan holda alohida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Psixologiya kafedrasini 1985-1990 yillar dots.G.Mazetova, 1991-1993 yillar dots. A.Jabborov, 1994-1998 yillar dots. N.Boymurodov, 1999-2015 yil professor Azim Jabborov, 2015-yildan 2016-yilgacha dots, X.Karimov 2016-yildan 2018-yilgacha falsafa fanlari nomzodi, dotsent Sh. Tog'ayev 2018-yildan xozirgi vaktgacha dots.M.Fayziyeva boshqarib kelmoqda
Psixologiya kafedrasida 1993-1994 o`quv yilidan boshlab “5310200- Psixologiya ta‘lim yo`nalishida 2015-yildan boshlab “5210200”Psixologiya faoliyat turlari yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma‘lumotli va tayanch mutaxassislik diplomini olish uchun bakalavrlar tayyorlanmoqda. Ushbu mutaxassislik Qashqadaryo viloyatidagi 1200 dan ortiq o`rta maktablar va 130 dan ortiq o`rta maxsus va kasb-hunar ta‘limi muassasalarini psixolog kadrlar bilan ta‘minlab kelmoqda. Psixologiya kafedrasida 21 nafar professor - o`qituvchilar faoliyat ko`rsatadi. Shundan 1ta fan doktori, professor; 6 ta fan nomzodi dotsent; 3 ta katta o`qituvchi; 11 ta o`qituvchi faoliyat ko`rsatadi.
Kafedrada “5210200- Psixologiya” yo`nalishida quyidagi fanlar o`qitiladi:
1. Umumiy psiхologiya
2. Etnopsiхologiya va din psiхologiyasi
3. Eksperimental psiхologiya va praktikum
4. Psiхologiya tarixi
5. Psiхologik fenomenlar va uslubiyoti
6. Ijtimoiy reablitasiya
7. Konsultativ psiхologiya va psiхokorreksiya
8. Umumiy psiхodiognostika
9. Sosial psiхologiya
10.Ontogeniz psiхologiyasi
11.Pedagogik psiхologiya va psiхologiyani o`qitish metodikasi
12.Tibbiyot psiхologiyasi va psiхoterapiya
13.Mehnat va muhandislik psiхologiyasi
14.Sosial psiхologik trening
15.Psiхologik xizmat
16. Huquq psiхologiyasi
17. Differensial psiхologiya
18. Psixologiya mutaxassisligiga kirish
19. Ma’naviyat psixologiyasi
20.Oila psixologiyasi
Kafedrada o`qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy ta`lim tehnologiyalari va axborot tehnologiyalariga asoslangan elektron o`quv uslubiy majmualar yaratilgan. Kafedra qoshida bitta zamonaviy axborot-kommunikasiya vositalari bilan jihozlangan ma`ruzalar zali mavjud. Kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq ma`ruza mashg`ulotlari mazkur ma`ruzalar zalida olib boriladi.
Keyingi 5 yilda kafedrada 5 ta nomzodlik dissertasiyasi (PhD)tayyorlanib ieylfy 2 kishi muvaffaqiyatli ximoya qildi (B.Jo‘rayev, G.Sattorova) kafedra a’zolaridan 2 kishi (SH.Bekova va I.Jabborovlar) ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlab kelmoqdalar.. Bundantashqari kafedra professor o’qituvchilari tomonidan keng miqiyosda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, professor A.Jabborov 4 ta, dots. M.Fayziyeva 3 ta, dots. L.Beknazarova 3 ta, B.Jo‘rayev 3 ta, fan nomzodi M.Maqsadova 2ta managrafiya va risola nashr ettirishgan.
Kafedrada “Yosh psixolog” to`garagi mavjud bo`lib, I-IV kurs talabalari jalb etilgan hamda to`garakning ilmiy-tadqiqot yo`nalishi Psixologiyaning dolzarb mavzularida bahs yuritadi.
Kafedraning xalqaro aloqalar borasida amalga oshiradigan ishlari xam diqqatga sazovordir. Kafedra ayni vaqtda Rossiyaning Prejevalsk Federal universiteti, Turkiyaning Nejmeddin Erbakan nomli Universiteti, Antalyaning Akdeniz universitetlari bilan xamkorlik shartnomalarini imzolaganlar. Kafedra a’zolaridan 3 nafari (M.Fayziyeva, L.Beknazarova,B.Jo‘rayevlar) bu yil Turkiyada ilmiy safarda bo‘lib u yerdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro tajriba almashinib , u yerda o‘tkazilgan xalqaro simpoziumda ishtirok etib sertifikatlarni qo‘lga kiritib qaytdilar.
Kafedra a’zolari Xalqaro simpoziumda
Turkiyaning Antaliyadagi Akdeniz universiteti bilan hamkorlik
Turkiyaning diqqatga sazovor joylariga sayohat(Jaloloddin Rumiy muzeyi)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20- apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi 29/09- sonli qaroriga muvofiq Qarshi Davlat universiteti Psixologiya kafedrasiga Rossiya federatsiyasining Qozon federal universiteti Psixologiya instituti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti Bichiruna Seimbeka Usmanovna 2018 yil 13 oktabrdan 22 oktabrgacha xamkorlik shartnomasiga asosan ilmiy safarga keldi.
Xizmat safarining dastlabki kunida dots. Bichurina Seimbeka Usmanovna Psixologiya kafedrasi va uning a’zolari bilan yaqindan tanishdi va Qozon federal universiteti Psixologiya instituti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasidagi ta’lim tizimi bilan tanishtirdi.
Shu kunning o‘zida u Pedagogika fakulteti ma’muriyati faoliyati bilan xam tanishdi.
Rossiyalik mexmonni Qarshi davlat universiteti rektori v.b. prof.Y.Eshqobilov qabul qildi. Uning ishtirokida xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i N.Azizova, Pedagogika fakulteti dekani dots Sh.Nurullayeva psixologiya kafedrasi mudiri v.b. M.Fayziyeva va kafedra a’zolari ishtirokida brefing o‘tkazildi. Brefingda o‘zaro xamkorlik aloqalari va unda ko‘zda tutilgan masalalar xususida batafsil kelishildi.
Kafedra manzili: Qarshi shahri Ko‘chabog‘, 17-uy