0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



MAKTABGACHA TA'LIM KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 10
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Oripova Nodima Xalilovna 

Telefon: (+99890) 288-60-73

Elektron manzil: oripova73@mail.ru

 

 

Kafedra tarixi

"Maktabgacha ta’lim" kafedrasi 1991 yilda Qarshi Davlat pedagogika institutida  "Maktabgacha tarbiya" nomi bilan tashkil topgan. 1993 yilda kafedra nomi “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va metodikasi” nomi bilan yuritila boshlangan. 2010 yilda kafedra “Ijtimoy pedagogika- psixologiya va maktabgacha ta’lim” kafedrasi nomi bilan o‘zgargan.

Mazkur kafedraga dots. T.Rasulov, prof.A.Choriyev, dots. X.Karimov, p.f.d. R.Shodiyevlar mudirlik qilgan. 2014 yil 1-apreldan universitet kafedralarining optimallashganligi sababli ushbu kafedra “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi tarkibiga qo‘shilgan va ”Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi deb nomlana boshlandi.

2018 yil oktabr oyida Qarshi davlat universiteti strukturasiga o‘zgartirish kiritilganligi bois ”Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi tarkibidan “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi ajralib chiqdi. Hozirgi kunda kafedraga pedagogika fanlari nomzodi (2008 yil 18 dekabrda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan) dotsent mudirlik qilmoqda.

Shu yillar moboynida kafedrada dots. T. Yaxshiyeva, f.f.n. O.Qosimxo‘jayeva, prof. T. G‘afforova, п.ф.д. Р.Шодиев, доц. Ш. Нуруллаева, доц. Орипова, dots. M. Fayziyeva, p.f.n. D. Kenjayeva, p.f.n. G. Eshmurodova kabi ilmiy darajali proffessor-o‘qituvchilar  faoliyat yuritgan. Mudirlar ichida kafedraning ravnaqiga katta hissasini qo‘shgan olimlardan biri professor A. Choriyevdir. Prof. A. Choriyev faoliyati jarayonida yoshlarni yetuk mutaxassis, ma’naviyati yuksak inson qilib tarbiyalashga hissa qo‘shish bilan birga yuzdan ortiq ilmiy maqolalar, risolalar va darsliklar yozib nashrdan chiqardi. Ko‘plab fan nomzodlari tayyorlab, doktorlik dissertatsiyasiga ilmiy maslahatchi bo‘ldi. U magistratura talabalari uchun tayyorlangan va nashrdan chiqarilgan “Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi” darsligining muallifidir. Shuningdek, professor A. Choriyev ilmiy izlanishlari natijasida “Pedagogikaning fanlararo bog‘liqlik metodologiyasi”, ”Pedagogika tarixi metodologiyasi” kabi o‘quv qo‘llanmalarini nashrdan chiqardi.

Prof. Choriyev mudirilik qilgan yillarda kafedra o‘qituvchilardan D. Kenjayeva, G.Eshmurodovalar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodlik ilmiy darajasini oldi.

1993-1996 yillarda kafedraga dotsent T.Rasulov mudirlik qildi. Dotsent T. Rasulov mudirlik qilgan yillarda kafedraning moddiy-texnik ba’zasi, o‘quv-metodik ta’minoti yaratildi. U kafedrada o‘quv ishlarini tashkil etish va boshqarish bilan birga  mamlakatimiz ta’lim sohasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Shu yillar davomida kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan ham ko‘plab risolalar, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi va ommaviy axborot vositalarida, davriy matbuotda ko‘plab ilmiy maqolalar chop etildi. Shu bilan birga turli halqaro ilmiy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashdilar.

2014-2018 yillargacha kafedraga pedagogika fanlari doktori R. Shodiyev  rahbarlik qildi. Uning rahbarligi jarayonida kafedraga ish faoliyati yanada o‘sib bordi. Kafedra o‘qituvchilari  uning mudirligi davrida o‘quv, ilmiy, uslubiy, tashkiliy  jihatdan ishlarni samarali olib bordi. U rahbarlik qilayotgan yillarda kafedrada  5A111701 - Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi  (Maktabgacha ta’lim) magistratura hamda 13.00.01 – Pedagogika tarixi va nazariyasi. Ta’limda menejment hamda 13.00.05- Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) hamda doktorantura (DSc) faoliyat yuritmoqdi.

Shodiyev Rizamat Davranovich kafedraga mudirlik qilgan davrdan buyon kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari yanada yuksalishi kuzatildi. Bu davrga kelib, kafedrada 1 nafar fan doktori,  1 nafar professor, 5 nafar fan nomzodi, 3 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsentlar faoliyat ko‘rsatdi. Ilmiy salohiyat 42 % ni tashkil etadi.

Bugungi kunda “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi 5111800-Maktabgacha ta’lim va 5A111801 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) bo‘yicha ixtisoslik kafedrasi hisoblanadi.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat: 

5111800 - Мaktabgacha ta’lim yo‘nalishida quyidagi fanlar o‘qitiladi:

Maktabgacha ta’limning meyoriy asoslari

Korreksion pedagogika

Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

Pedagogik konflektologiya

Umumiy pedagogika

Maktabgacha pedagogika

Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi

Matematik tassavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Tarbiyaviy ishlar metodikasi

Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi

Tasviriy faoliyatga o‘rgatish nazariyasi va metodikasi

Pedagogik mahorat

Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati

Maktabgacha ta’limda pedagogik diagnostika

Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari

Maktabgacha ta’limni o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirsh

 

Kafedrada 5A111801 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi. Mazkur magistratura mutaxassisligida quyidagi fanlar o‘qitiladi:

 

Maktabgacha ta’lim metodologiyasi

Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi

Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari

Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat

Maktabgacha pedagogik akmeologiya

Dunyo mamlakatlari ta’lim tizimi

Pedagogik konflektologiya

Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va uni o‘qitish metodikasi

Pedagogik akmeologiya

 

Kafedraning ilmiy uslubiy ishlari:

Ushbu yo'nalishda dotsent N.Oripova, pedagogika fanlari nomzodlari Kenjayeva Dildora, Kenjaeva Sabohat, Ashurova Tolganoy, Hamroev Shuxrat tomonidan monografiyalar va risolalar nashr ettirishgan.

Kafedra xodimlari T. Ashurova, M.Muxammadiev nomzodlik dissertatsiyalari ustida ishlamoqdalar.

 

Kafedraning hamkorlik aloqalari 

Kafedra Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti, Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti, Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti, Nizomiy nomidagi TDPU, Buxoro DU, Urganch DU, Namangan DU, Samarqand DU hamda Qarshi pedagogika kolleji bilan ilmiy aloqalar o‘rnatgan.

2019 yildan buyon joriy yilda KOICA tashkilotidan bir nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchi Li Yongil kafedra valantyori sifatida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, 2019 yilda Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti professori pedagogika fanlari doktori  L.Kormokova maktabgacha ta’lim yo‘nalishida “Umumiy pedagogika” fanidan onlayn ma’ruza mashg‘ulotini olib borgan bo‘lsa, p.f.n. dotsent Y.P. Rijkova “Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi” fanidan 12 soatlik ma’ruza mashg‘ulotini tashkil etdi.

 

Kafedra a’zolari

dots. Oripova Nodima

p.f.n. Kenjayeva Dildora

p.f.n.Kenjayeva Sabohat

p.f.n. Hamroyev Shuhrat

Mirzayeva Manzura

Muhammadiyeva Manzura

Ashurova To‘lg‘anoy

Alimardonova Mohichehra

Ashirova Sojida

Nazirov Usmon

Botirova Latofat 

Kafedrada olib borayotgan ilmiy ishlar:

Kafedraning bosh ustuvor ilmiy-tadqiqot mavzusi “Maktabgacha ta’lim sohasini malakali  kadrlar va o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish” deb belgilangan. 

 

Kafedra manzili : 6 - blok  2 – etaj

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________