0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi

Ovozlar reytingi:  / 4
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: pedagogika fanlari nomzodi

Sultonov Shukur Umrpo'latovich

Telefon: (+99891) 222-82-74

Elektron manzili:  shsultonov1@umail.uz

 

KAFEDRA XAQIDA

Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi 1971-yil tashkil topgan.

Kafedraga bugungi kunga qadar dotsent I.R.Vardiashvili, dotsent S.B.Rasulov, katta o‘qituvchilar F.G.Qaxxorov, F.R.Eshpo‘latov, S.B.Salaydinovlar rahbarlik qilgan. Ayni vaqtda p.f.n. Sh.U.Sultonov kafedra mudiri lavozimida ish olib bormoqda.

Jismoniy jismoniy tarbiya va sport kafedrasida 17 nafar professor - o‘qituvchi shundan, 1 nafar fan nomzodi, 8 nafar katta o‘qituvchi va 8 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘rtacha yoshi – 45 yoshni tashkil etadi, ilmiy salohiyat 5,8 %.

Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilaridan p.f.n. Sh.U.Sultonov, katta o‘qituvchilar F.Qahhorov, B.Salaydinov, B.Begaliyev, A.Umarov, A.Hazratqulovlar talabalarga saboq berish bilan birga ularning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilib kelmoqdalar.

Qarshi davlat universitetida quyidagi sport turlari bo‘yicha murabbiylik faoliyattini olib borayotgan kafedra a’zolari:

Yengil atletika (yigitlar)                                              Xudoyberdiyev B

Yengil atletika (qizlar)                                                Yomg‘urov G‘

Gimnastika                                                                Eshmatov G‘

Milliy kurash (qizlar)                                                   Umarov A

Milliy kurash (qizlar)                                                   Raxmonova G

Futbol                                                                         Qaxxorov F

Voleybol (yigitlar)                                                       Jabborov A

Gandbol                                                                     Salaydinov B

Jismoniy tarbiya va sport kafedrasiga qarashli ikki qavatli o‘quv binosida 20ta auditoriya, ma’naviyat xonasi, kutubxona mavjud.

Shuningdek kafedraga tegishli 1 ta yopiq sport o‘yinlari majmuasi, 1 ta yopiq gimnastika va yakka kurash sport turlari majmuasi,stadion, ochiq gimnastika maydonchasi, 1 ta ochiq basketbol maydoni, 1 tennis korti mavjud.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2019-yil “Kurash turlari va uni o'qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma, “Ertalabki gimnastika”, “Akrobatik mashqlar orqali muvozanatni saqlash qobiliyatin shakllantirish” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ko‘plab ilmiy maqolalar xorij, respublika, viloyat miqyosidagi ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda, konferensiya to‘plamlarida chop etildi.

Kafedra O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, BuxDU, SamDU, TerDU, Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti, TATU Qarshi filiali, kabi oliy ta’lim muassasalari bilan, shuningdek Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyat o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlik qiladi.

O‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazishga doir amaliy yordam berish maqsadida Qarshi davlat universiteti qoshidagi Akademik litsey, Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab internati bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Mazkur ta’lim muassasalarida kafedra filiallari tashkil etilgan. Filialga kafedraning malakali o‘qituvchilari jalb qilingan.

Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi:

2017-yil “Jismoniy madaniyat, sport mashqi va adaptiv jismoniy madaniyatning dolzarb muammolari hamda istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani;

2018-yilda “Jismoniy tarbiya va sportda faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalardan foydalanish” mavzusida respublika va vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi;

2019-yil “Jismoniy tarbiya va sport muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazdi.

Kafedra a’zolari respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ilmiy maqolalari bilan qatnashib kelishmoqda.

2017-2018-2019 y.y. kafedra a’zolari tashabbusi bilan faxriy sport ustasi S.Rasulov xotirasiga bag‘ishlab an’anaviy Kurash bo‘yicha musoboqa respublika sport musoboqasi o‘tkazilib kelinmoqda. 2019 yil bu musoboqa xalqaro miqiyosida o‘tkazildi.

Bakalavr bo‘yicha kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

-Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi;

-Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi;

-Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi;

-Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi;

-Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi;

-Suzish va uni o‘qitish metodikasi;

-Sport mahoratini oshirish;

-Sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish.

Tanlov fan:

-Sport inshootlari;

-Turizm;

-Sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish;

-Ommaviy sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish.

 

Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi professor-o‘qituvchilari tarkibi:

1. Sultonov Shukurullo Umirpulatovich                     p.f.n

2.Qahhorov Furqat Godoyevich                                katta o‘qituvchi

3.Salaydinov Botir Meyliyevich                                  katta o‘qituvchi

4. Umarov Abdusait Tog‘aymurodovich                     katta o‘qituvchi

5. Hazratqulov Asqar Karimovich                              katta o‘qituvchi

6. Begaliyev Baxtiyor Atavullayevich                         katta o‘qituvchi

7. Shodiqulov Sirojiddin Maxmadqulovich                 katta o‘qituvchi

8. Ruziyev Sherzod Maxmadaliyevich                       katta o‘qituvchi

9. Jabborov Akbar Tuxliyevich                                   katta o‘qituvchi

10. Ochilov Rufat Qo‘qonovich                                  o‘qituvchi

11. Eshmatov G‘ayrat Egamberdiyevich                    o‘qituvchi

12. Yomg‘urov G‘offor Bobosharipovich                     o‘qituvchi

13. Safarov Anvar Safarovich                                     o‘qituvchi

14. Karimov Bekzod Boyqobilovich                            o‘qituvchi

15.Xudoyberdiyev Baxtiyar Raxmatullayevich            o‘qituvchi

16. Raxmonova Gulruh Ulashovna                             o‘qituvchi

17.Maxmarizayev Xurshid Otaqulovich                      o‘qituvchi

stadion, ochiq gimnastika maydonchasi, 1 ta ochiq basketbol maydoni, 1 tennis korti mavjud.

Kafedra manzili: Qarshi shahri Ko‘chabog‘, 17-uy

Sport o‘yinlari majmuasi

Gimnastika va yakka kurash sport turlari majmuasi

Sport o‘yinlari majmuasi

Voleybol sport musoboqasi

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________