Kafedra mudiri: t.f.n.
Akrom Hasanov Mo‘minovich
Telefon: (+99890) 616-42-33
Elektron manzili: ahasanov75@umail.uz
O‘zbekiston tarixi kafedrasi haqida
"O‘zbekiston tarixi" kafedrasi 2014 yilda "O‘zbekiston tarixi" va ”Jahon tarixi va arxeologiya” kafedralarining qo‘shilishidan tashkil etilgan. 1957 yilda “Umumiy tarix” kafedrasi nomi bilan, 1996 yildan “Jahon tarixi”, 2004 yilning 29 sentyabridan “Jahon tarixi” kafedrasi hamda “Arxeologiya va etnologiya” markazi negizida “Jahon tarixi va arxeologiya” kafedrasi tashkil etilgan. Turli yillarda bu kafedraga prof. G.To‘xtametov, prof. O.Eshquvvatov, prof. A.Mavlonov, dots. X.Egamberdiyev, dots. S.Turdiyev, dots. Yu.Manzarov, dots. T.Rashidova va O.Bo‘riyevlar mudirlik qilishgan. Qarshi davlat universiteti rektorining 2018 yil 3 dekabrdagi 565-X sonli buyru'giga asosan Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix kafedrasi negizida “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi tashkil etildi. 2018 yil 3 dekabrdan boshlab t.f.n A.Hasanov kafedra mudiri lavozimini davom ettirib kelmoqda.
“О‘zbekiston tarixi” kafedrasiga 1993-yilda asos solingan bо‘lib, 1993-1997-yillarda professor O.Jо‘raqulov, 1997-2006-yillarda dotsent N.Ismoilov, 2006-2013-yillarda prof.A.Choriyev mudirlik qildi. Kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, so‘nggi yillarda kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan 3 darslik, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, 20 gа yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 1000dan ortiq ilmiy, uslubiy va ommabop maqolalar xalqaro, respublika va mahalliy nashrlarda chop etildi.
Kafedrada 4 nafar fan doktori, professor, 3 nafar fan nomzodi, dotsent, 5 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi, 1 nafar katta o‘qituvchi hamda 10 nafar assistent-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat
5120300- Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)
- О‘zbekiston tarixi
- Tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya jarayonlari
- O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi
- Manbashunoslik
- О‘zbekiston davlatchiligi tarixi
- Tarixiy geografiya
- Amir Temur davlatining jahon tarixida tutgan o‘rni
- O‘rta Osiyo allomalarining ilmiy merosi va tasavvuf tariqatlari tarixi
- О‘rta Osiyoning qadimgi va о‘rta asrlar urbanizatsiyasi tarixi
- Muzeyshunoslik
- Arxivshunoslik
- Qashqadaryo vohasi tarixi.
Magistratura
5A120302-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)
- Qadimgi Osiyo tarixi tarixshunosligi va manbashunosligining nazariy muammolari
- O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash ishi tarixi
- Globallashuv sharoitida Yevropa va Osiyo mamlakatlarining O‘zbekiston bilan hamkorligi
Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati.
Kafedraning professor-o‘qituvchilari, “Janubiy O‘zbekiston tarixi, arxeologiyasi va etnologiyasining dolzarb muammolari” mavzusida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha prof. A.Choriyev 10 ta, dots. A.Hasanov 2 ta, dots. M.To‘rayeva 2 ta, N.O‘roqova 3 ta, A.Ernazarov (Prof. O.Bo‘riyev bilan hammualliflikda) monografiya, o‘quv uslubiy qo‘llanma va risolalar nashr ettirishgan.
Shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidan kelib chiqib, kafedrada ilmiy-uslubiy seminar faoliyat ko‘rsatmoqda. Seminarni t.f.d, B.Eshov boshqarmoqda. Kafedra qoshida iqtidorli talabalar bilan o‘qit. Husan Qo‘ldoshev ish olib bormoqda. To‘garak talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etishga qaratilgan bo‘lib, talabalar tomonidan ilmiy rahbarlari bilan birgalikda 80 dan ortiq maqola va tezislar Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida chop etildi.
Kafedra Kasbi maishiy xizmat ko‘rsatish kolleji va Nishon qishloq xo‘jaligi kolleji, Qarshi tibbiyot kolleji hamda QarshiDU qoshidagi 1-AL bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Kafedra tomonidan muntazam ravishda uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, elektron ta'lim resurslari tayyorlanib, AL ва KHKlarga uslubiy yordam berilib kelinmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari:
- Hasanov Akrom Mo‘minovich - kafedra mudiri, tarix fanlari nomzodi, kattao‘qituvchi
- Eshov Bahodir Jo‘rayevich - tarix fanlari doktori, professor.
- Choriyev Ahmadjon Huvayevich - tarix fanlari doktori, professor.
- Sagdullayev anatoliy Sagdullayevich- tarix fanlari doktori, akademik.
- Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich - tarix fanlari doktori, professor.
- O‘roqova Nigora Salomovna - tarix fanlari nomzodi, dotsent.
- To‘rayeva Matluba Xoliqulovna - tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
- Nizomov Xayriddin XXX - tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
- Quvvatova Nodira Kadirovna - tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
- Xoliqov Qahramon XXX - tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
- Qodirova Mamlakat Muminovna - tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
- Karomov G‘ulom Xamidovich - katta o‘qituvchi.
- Achilov Anvar Tuychiyevich - o‘qituvchi.
- Ko‘charov Jamshid Qulnazarovich - o‘qituvchi.
- Botirov Sarvar Ilhomovich - o‘qituvchi.
- Normatov Sherzod Mirzayevich - o‘qituvchi.
- To‘rayev Shuhrat Raxmonovich - o‘qituvchi.
- Qo‘ldoshev Husan Shaharovich - o‘qituvchi.
- Mo‘minov Usmon Muhamad o‘g‘li- o‘qituvchi.
- Karimov Bahrom Djalolovich- o‘qituvchi.
- Ernazarov Azim Xudoyqulovich - o‘qituvchi,
- Shodiyeva Dilnoza Aminovna- o‘qituvchi,
- Rajabov Ruslan Bozorovich - o‘qituvchi,
- Hamrayeva Nargiza Shodiyevna - o‘qituvchi,
- Rahmonqulova Oksana Aliqulovna- o‘qituvchi.