0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



JAHON TARIXI KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 3
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: t.f.d.

Gavhar Mo‘minova

Elektron manzili: gavharmuminova69@mail.ru 

Kafedra tarixi

1957-yilda “Umumiy tarix” kafedrasi nomi bilan, 1996-yildan “Jahon tarixi”, 2004-yilning 29-sentabridan “Jahon tarixi” kafedrasi hamda “Arxeologiya va etnologiya” markazi negizida “Jahon tarixi va arxeologiya” kafedrasi tashkil etilgan. Turli yillarda bu kafedraga prof. G.To’xtametov, prof. O.Eshquvvatov, prof. A.Mavlonov, dots. X.Egamberdiyev, dots. S.Turdiyev, dots. Yu.Manzarov, dots. T.Rashidova va O.Bo’riyevlar mudirlik qilishgan. 2014-yil iyunida 2018-dekabrigacha O’zbekiston tarixi va Jahon tarixi va arxeologiya kafedralari Tarix kafedrasiga birlashtirildi. 2018-yilning dekabridan kafedra ikkiga bo’linib, Jahon tarixi qayta tashkil etildi, unga dastlab vaqtinchalik t.f.n. N.Rajabova  mudirlik qildi. Kafedraga 2019-yil iyuldan t.f.d. G.Mo’minova mudirlik qilib kelmoqda.

Mudirlar orasida kafedraning ravnaqiga juda katta hissasini qo’shgan olimlardan G.To’xtametov, O.Eshquvvatov, A.Mavlonov, T.Rashidova va O.Bo’riyevlardir. Ular QarshiDU “Umumiy tarix” (keyinchalik Jahon tarixi va atxeologiya) kafedrasida unumli faoliyat ko’rsatishdi. Ish jarayonida unumli mehnat qilib, ustoz degan ulug’ nomni sharaf bilan oqladilar. Ular o’z faoliyatlari davomida yoshlarimizni yetuk mutaxassis, komil inson qilib tarbiyalashga ulkan hissa qo’shish bilan birga yuzdan ortiq ilmiy maqolalar, risolalar va kitoblar yozib nashrdan chiqarishdi.

2004-2013 yillarda Ochil Bo’riyev kafedraga mudirlik qildi. Uning rahbarligi jarayonida ham kafedra ish faoliyati susaygani yo’q, aksincha yanada yuqoriga ko’tarildi. Kafedra qoshida “07.00.07 – Etnologiya, etnografiya va antropologiya” ixtisosligi bo'yicha ilmiy seminar faoliyat ko’rsatdi. Unda ko’plab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etilgan (jumladan xorijiy tadqiqotchilar ham).

Dots. O.Bo’riyev 2013-yilning yanvar oyida Turon Fanlar akademiyasining akademigi, 2017-yilning iyunidan universitetning faxriy professori bo’ldi.

2000 yildan boshlab kafedraga yosh o’qituvchilar qabul qilinib, aspiranturada tahsil olib, nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Ularga t.f.n., dots. G.Tosheva (1976-2012), t.f.n. F.Rahmonov, N.Rajabova va M.Usmonovlarni kiritish mumkin.

Kafedrada hozirgi vaqtda 2 ta professor, 2 ta fan doktori, 3 ta fan nomzodi, 1 ta PhD, 8 ta katta o'qituvchi va assistent-o'qituvchi faoliyat ko'rsatadi.

Kafedrada o’qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy pedagogik texnologiyalari va axborot texnologiyalari asosida ta’lim texnologiyalari yaratilgan. Kafedra qoshida bitta zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan ma’ruzalar zali mavjud. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ma’ruza mashg’ulotlari mazkur ma’ruzalar zalida olib boriladi

Kafedraning o’quv yuklamasida arxeologik, etnologik va pedagogik amaliyotlar ham bo’lib, talabalar belgilangan rejaga muvofiq amaliyotga olib chiqiladi.

Kafedra O'zRFA Tarix, Arxeologiya, Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot institutlari, O'zMU, SamDU, TerDU, BuxDU, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari bilan doimo ilmiy hamkorlik qilib keladi.

Kafedra qoshida “Yosh arxeolog” to'garagi faoliyat ko'rsatib, unda 40 ga yaqin iqtidorli talaba jalb etilgan hamda ularga ilmiy tadqiqoti ishi mavzulari berilgan.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat 

1. Xronologiya va metrologiya

2. Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar

3. Tarixiy antropologiya

4. Arxeologiya va etnologiya

5. Jahon tarixi

6. Fan va texnika tarixi

7. Xalqaro hamkorlik va diplomatiya tarixi

8. Jahon sivilizatsiyalari tarixi

9. Tarix o’qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari

10. Sharq allomalarining ilmiy merosi

11. Xorijiy mamlakatlarning zamonaviy tarixi

Magistratura

  1. Tarixiy rekonstruksiya masalalari
  2. Paleoekologiya va sivilizatsiya
  3. Qadimgi Sharq tarixi manbalari va tarixshunosligi

4. Jahon etnologiyasining dolzarb masalalari 

Kafedra professor-o'qituvchilari:

1.Mo’minova Gavhar

2. Ochil Bo’riyev

3. Rajabov Qahramon

4.Rajabova Nilufar

5. Rahmonov Faxriddin

6. Usmonov Murtoz

7. Pardayev Asror

8.Ravshanova Gulora

9. Do’stov Abduvali

10. Sharipov Fayzullo

11. Berdiyev Jamshid

12. Egamberdiyev Faxriddin

13. To’xtamisheva Fotima

14. Karimov Mansur 

15. Toshpo’latov Bekzod

16. Ochilova Oydinoy

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedraning ilmiy-tadqiqot mavzusi Jahon sivilizatsiyalari konteksida Qashqadaryo vohasideb nomlanib, mazkur yo’nalish bo'yicha G.Mo’minova, O.Bo’riyev, F.Rahmonov, N.Rajabova, F.Sharipov, M.Usmonov, A.Pardayev, J.Berdiyev, F.Egamberdiyev, F.To’xtamishevalar tadqiqotlar olib bormoqdalar. 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar: 

  • O.Bo’riyev. Dala etnologik ekspeditsiyalari uyushtirish metodikasi.
  • G.Mo’minova. Qashqadaryo vohasi tarixi fanidan amaliy mashg‘ulotlar olib borish bo‘yicha uslubiy ko’rsatma
  • N.Rajabova. Arxeologiya fanidan o’quv qo’llanma
  • N.Rajabova. Arxeologiya atamalarining izohli lug’ati
  • N.Rajabova. O’rta asrlar Yevropasi tarixi tarixshunosligi va manbashunosligining dolzarb masalalari fanidan kurs ishi yozish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
  • F.Rahmonov. Janubiy O’zbekiston o’zbeklarining dehqonchilik bilan bog’liq urf-odat va an’analarining transformatsion jarayonlari
  • A.Pardayev. Konstitutsiya – demokratik davlat barpo etish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning huquqiy poydevori.O‘quv-uslubiy qo‘llanma
  • M.Usmonov. Etnologiya fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma
  • M.Usmonov. O’zbekiston qo’ng’irotlari etnik tarixi,xo’jalik xususiyatlari va identiklik transformatsiyasi. Monografiya
  • A.Do’stov. Xronologiya va metrologiya fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma 

Kafedraning manzili: Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-qavat, 124-xona

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________