0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Iqtisodiyot va servis kafedrasi

Ovozlar reytingi:  / 2
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: i.f.n.dotsent.

Qo'chqorov G'aybulla Fayzullayevich

Telefon: (+99891) 561-08-72

Elektron manzili: kuchkarovgaybulla@mail.ru

 

    

“Iqtisodiyot va servis” kafedrasi tarixi

“Iqtisodiyot va servis” kafedrasi 1967-yilda “Siyosiy iqtisod” nomi bilan tashkil etilgan. 1992-yildan boshlab kafedra “Iqtisodiyot nazariyasi” deb yuritila boshlandi va 2014-yilda “Iqtisodiyot va servis” deb qayta nomlandi.

Kafedra bitiruvchilarining asosiy iste’molchilari – О‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qо‘mitasi, Savdo va sanoat palatasi, Qashqadaryo viloyat hokimligi,  xususiy korxonalar hamda ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sektorlari, turistik firma va korxonalar hisoblanadi.

1967-1975 yillarda kafedraning birinchi mudiri i.f.n. J.Shukurov rahbarligida 9 kishidan iborat pedagog xodimlar jamoasi faoliyat yuritgan. Bular - iqtisod fanlari nomzodlari Ikrom Rо‘ziyev, Ibragim Xushmanov, Xabibullo Xalilov, Sanaqul Islamov, о‘qituvchilar Minzifa Yarulina, Ibod Saidov, Hadiya Azizova, kabinet mudiri Norboy Uzoqovlardir. Bu davr kafedraning shakllanish va rivojlanish davri bо‘lib,  о‘nlab о‘quv-uslubiy adabiyotlar nashr etildi.

1975-1984 yillarda kafedrani iqtisod fanlari nomzodi, dotsent S.Islomov boshqardi. Bu davr kafedra uchun о‘sish va kengayish, ilmiy salohiyatni oshirish davri bо‘ldi.

1985-1987 yillarda kafedrani iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Hadiya Azizova boshqardi. Bu davrda kafedrada kо‘plab о‘quv qо‘llanmalar, risolalar tayyorlandi, ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi.

1987-2012 yillar oralig‘ida kafedraga iqtisod fanlari doktori, professor N.Uzoqov rahbarlik qildi. Ushbu davr mobaynida kafedraning ilmiy-tadqiqot yо‘nalishi “Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarini rivojlantirish muammolari” mavzusiga qaratildi.

2012-yil aprel oyidan 2018-yil mart oyiga qadar kafedraga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent G.Erkayeva rahbarlik qildi.

2018-yil mart oyidan kafedraga iqtisod fanlari nomzodi G‘.Qо‘chqorov rahbarlik qilmoqda. Hozirda kafedraning ilmiy-tadqiqot yо‘nalishi “Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning mintaqaviy muammolari” mavzusiga qaratilgan.

Kafedra tashkil etilgandan buyon 11 nafar fan nomzodi, 2 nafar fan doktori yetishib chiqdi va universitet ilmiy salohiyatiga katta hissa qо‘shdi. Hozirgi paytda kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati samarali yо‘lga qо‘yilgan bо‘lib,  sо‘nggi yillarda kafedraning professor-о‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq о‘quv qо‘llanmalar, monografiyalar, 20 ga yaqin о‘quv-uslubiy qо‘llanmalar, 1000dan ortiq ilmiy, uslubiy va ommabop maqolalar xalqaro, respublika  va mahalliy nashrlarda  chop etildi.

Hozirda kafedrada 19 nafar professor-о‘qituvchi,  jumladan: 1 nafar doktori, akademik, 1 nafar fan nomzodi, dotsent; 4 nafar fan nomzodi,  3 nafar katta о‘qituvchi, 10 nafar assistent о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatmoqda.

  

Kafedrada bakalavriat ta’lim yо‘nalishi

2012-2013 о‘quv yilida kafedra qoshida 5231600 - “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” yо‘nalishiga talabalar qabul qilindi. Bugungi kunda ushbu yо‘nalishda jami 100 nafar talaba tahsil olmoqda.

2014-2015 о‘quv yilida kafedra qoshida 5160300 – "Turizm" (xalqaro va ichki turizm)  ta’lim yо‘nalishi tashkil etilib, hozirda ushbu yо‘nalishda 100 nafar talaba tahsil olmoqda.

 

2019-2020 o’quv yilidan kafedra qoshida 5233400 - “Turizm sohasida marketing” ta’lim yо‘nalishi tashkil etilib, hozirda ushbu yо‘nalishda 20 nafar talaba tahsil olmoqda.

 

Kafedrada о‘qitiladigan fanlar о‘quv mashg‘ulotlari О‘zbekiston Respublikasi Oliy  va О‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi tasdiqlagan о‘quv rejalari va о‘quv dasturlari asosida olib boriladi. Fanlarning ishchi о‘quv dasturlari, о‘quv-uslubiy majmualari zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan.

Kafedrada magistratura mutaxasisligi

2018-2019 о‘quv yilidan boshlab 5A610301 – “Turizm” mutaxassisligiga magistrlar qabul qilindi. 

2019-2020 o’quv yilidan boshlab 5A230110 – “Demografiya.Mehnat iqtisodiyoti” mutaxassisligiga magistrlar qabul qilindi. 

Bugungi kunda Iqtisodiyot yo‘nalishini tugatib rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borayotgan bitiruvchilar ro‘yxati

Almardonov Otabek Panjiyevich – “Mikrokreditbank” ATB Respublika Boshqaruvi

Xaqberdiyev Dilshod Murodovich – O‘zLTI Neftegaz direktori

Tursunov Nodir – “Turonbank” ATB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i

Shukurov Jamshid - O‘zLTI Neftegaz direktori o‘rinbosari

Djurayev Baxtiyor – “InfinBank” ATB Qashqadaryo viloyat filiali boshqaruvchisi

Davronov Dilshod – DSI Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat yo‘nalishida:

  • Aholini ijtimoiy muhofaza qilish
  • Buxgalteriya hisobi
  • Ekonometrikaga kirish
  • Inson resurslari iqtisodiyoti
  • Investitsiyalarni baholash
  • Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
  • Iqtisodiyot nazariyasi
  • Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
  • Kichik biznes va tadbirkorlik
  • Makroiqtisodiyot
  • Marketing
  • Mehmonxona xizmatlari
  • Mehnat bozori iqtisodiyoti
  • Mehnat iqtisodiyoti, inson taraqqiyoti
  • Mehnat ko‘rsatkichlari tahlili
  • Mehnat resurslari safarbarligi
  • Mehnat sotsiologiyasi
  • Mehnatni tashkil etish va normalash
  • Menejment
  • Menejment asoslari va biznes reja
  • Menejment va iqtisodiyot
  • Mikroiqtisodiyot
  • Mintaqaviy iqtisodiyot
  • Mintaqaviy turizm
  • Moliya va soliqlar
  • Personalni boshqarish
  • Statistika
  • Turizm
  • Turizm infratuzilmasi
  • Turizm marketingi
  • Turizmda transport xizmatlari
  • Turizmni rejalashtirish
  • Turizm: nazariya va amaliyoti
  • Turizm va mehmondorchilik menejmenti
  • Restoran menejmenti
  • Xorijiy investitsiyalar

Kafedra ilmiy salohiyati

  1. Qo‘chqorov G‘.F. - iqtisod fanlari nomzodi, kafedra mudiri
  2. Ergashev R.X. – iqtisod fanlari doktori, professor
  3. Ochilov A.O. - iqtisod fanlari doktori, professor
  4. Erkayeva G.P. - iqtisod fanlari nomzodi, dotsent
  5. Abdiyev A.CH. - iqtisod fanlari nomzodi
  6. Ro‘ziyev Z.I. iqtisod fanlari nomzodi
  7. Yakubova Sh.SH. - iqtisod fanlari nomzodi
  8. Ostonov A.Y. - iqtisod fanlari nomzodi

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  1. Rossiya Plexanov nomidagi iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali
  2. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
  4. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
  5. TATU Qarshi filiali

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati

Rossiya Gjel davlat universiteti

Rossiya Kuban davlat universiteti

Germaniya. Lipseg amaliy fanlar universiteti

Rossiya Plexanov nomidagi iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

TDAU Andijon filiali

Samarqand Buyuk Ipak Yo’li xalqaro universiteti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

TATU Qarshi filiali

 

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati

Kafedraning professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilari “Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning mintaqaviy muammolari” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ilmiy tadqiqotlarning natijalari respublika va xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilmoqda. 2019 yilda kafedra a’zosi A.Ochilov iqtisod fanlari doktori darajasini oldi.

Hozirgi kunda kafedrada katta o‘qituvchi M.Ostonova hamda o‘qituvchilar G‘.Nabiyev, O.Jo‘rayev va J.Ismatullayevlar mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanish olib bormoqdalar.

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidan kelib chiqib, kafedrada ilmiy-uslubiy seminar faoliyat ko‘rsatmoqda. Seminarni i.f.n., kafedra mudiri, i.f.n. G‘.Qo‘chqorov  boshqarmoqda. 2012 yildan kafedra qoshida iqtidorli talabalar uchun "Innovator" ilmiy to‘garagi tashkil qilingan. To‘garak talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etishga qaratilgan bo‘lib, talabalar tomonidan ilmiy rahbarlari bilan birgalikda 40 ga yaqin maqola va tezislar xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida chop etildi.

Kafedra 2016 yil noyabr oyidan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi  574253-EPP-1-2016-1-DE-EPPKA2-CBHE-JP MAGNET: “Universitetlar O’zbekistonda o’rta yoshli aholini o’qitish  kasbga tayyorlash markazlari tarmog’ining asosiy hamkori sifatida” (umumiy qiymati 646471,0 yevro) loyihasida ishtirok etmoqda. I.f.n. G.Erkayeva loyihaning hududiy koordinatori sifatida ishtirok etmoqda.  2018 yilning dekabr oyida kafedra mudiri G’.Qo’chqorov, dots. G.Erkayeva, o‘qituvchilar J.Ismatullayev va S.Mahmudovlar loyiha doirasida Ruminiyaning Galati universitetida malaka oshirib keldilar. Loyiha doirasida 2019 yilda 200364000 (ikki yuz million uch yuz oltmish to’rt ming) so’mlik ishlarni bajardi.

Universitetda akademiklar bilan uchrashuv

Kafedra manzili: Qarshi sh., Ko‘chabog‘-17, Tarix  va ijtimoiy fanlar fakulteti binosi, 2-qavat, Iqtisodiyot va servis kafedrasi.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOGALEREYA

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________