0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: fals.f.d., prof.

Choriyev Sanjar Anvarovich

Telefon: (+998 91) 461-30-03

Elektron manzili:  sanjar_choriyev@mail.ru

 

 

Kafedra tarixi 

Falsafa kafedrasi 1964 yil dekabr oyida tashkil etilgan. Unga turli yillarda falsafa fanlari nomzodi, dotsent T.J.Jovliyev (1964-1969), falsafa fanlari nomzodi, dotsent (hozir falsafa fanlari doktori, professor) O.E.Ergashev (1969-1977), falsafa fanlari doktori, professor A.CH. Choriyev (1977-2005) rahbarlik qilganlar. Hozir kafedrani falsafa fanlari doktori, professor S.A. Choriyev boshqarmoqda. 

2014 yilda falsafa kafedrasi sotsiologiya kafedrasi bilan biriktirildi. “Sotsiologiya”kafedrasi 2005-2014 yilllarda faoliyat ko’rsatib, barcha fakultetlarda “Sotsiologiya”, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlaridan dars berishga ixtisoslashgan.

Kafedrada 26 professor-о‘qituvchi ishlaydi. Shtatdagi о‘qituvchilarning 11 tasi ilmiy unvon va darajalarga ega. Ular falsafa fanining turli ixtisosliklaridan («dialektika va bilish nazariyasi», «ijtimoiy falsafa», “din tarixi va hurfikrlilik”,’siyosatshunoslik’) doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. О‘qituvchilar tarkibida ikki kishining (dotsentlar P.Saydullayev, R. Boyqobilova) yoshi 70-75 da, etti kishining (dots. M.Eshmatov k.о‘q. M.Xushnayev, dots. A. Dо‘lanov, prof. S. Choriyev, dots. B.Saidov, dots. Sh. Ermatov, dots.T.Qurbonov) yoshi 50-60 orasida, uch kishining (k.о‘q. A.Tо‘rayeva, о‘qit. R. Boymatov, dots. G. Bekmurodova)  yoshi 45-50 orasida, to`rt kishining (dots. A.Shaymanova, dots J. Shonazarov, o’qit. D.Axmedova, dots. S.Boymurodov,)  yoshi 40-45 orasida, sakkiz kishining (o’qituvchilar Sh.Qambarov, F.Qodirov, E.Ibragimov, L.Sohibova, S.Avazov, D. Xudoyberdiyev, D. Axadova, N.Aminov)  yoshi 35-40 orasida, ikki kishi (R. Nazarov, E. Imomov) yoshi 27-30 orasida Kafedra a’zolarining о‘rtacha yoshi 43 ni tashkil etadi.

Kafedra a’zolari barcha fakultetlarning 1-kurs talabalariga “Falsafa” о‘quv fanidan, 3-kurs talabalariga “Sotsiologiya” fanidan, 1-kurs magistrantlariga “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” va fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar. Mashg‘ulotlar О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan о‘quv rejalari va namunaviy о‘quv dasturlari asosida olib boriladi. Namunaviy о‘quv dasturlari asosida ishchi о‘quv dasturlari, ta’lim texnologiyalari, elektron materiallar ishlab chiqilgan.

 


Kafedrada о‘quv-uslubiy ishlarni muntazam takomillashtirib borish maqsadida qat’iy reja ishlab chiqilgan bо‘lib, uning bajarilishi kafedra yig‘ilishida muhokama etib boriladi. Birgina 2019-2020 о‘quv yilida о‘quv-uslubiy faoliyatga doir 20 dan ortiq masala, professor-о‘qituvchilar о‘tkazgan 4 ochiq dars muhokama etildi. Kafedra huzurida muntazam ishlab turgan «Gumanistik tipdagi inson shaxsining shakllanishida obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar dialektikasi» mavzuidagi nazariy-metodologik seminarda 2019-2020 о‘quv yili davomida 4 ta uslubiy ma’ruza,4 nazariy ma’ruza muhokama qilindi.

Kafedra a’zolari uzoq yillardan buyon yagona ilmiy muammo -«Gumanistik tipdagi inson shaxsining kamol topishida obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar dialektikasi» mavzuida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradilar. О‘tgan yillar mobaynida mazkur mavzu yuzasidan 3 doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Hozir kafedrada 10 dan ortiq doktorlik dissertatsiyalari (DSc va PhD) tayyorlanmoqda.

Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlar samaradorligini muntazam oshirib borish uchun Moskva Davlat universiteti, Belgorod Davlat universiteti, О‘zbekiston Milliy universiteti va boshqalar bilan aloqalar о‘rnatgan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar kafedrada tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi. Kafedra a’zolarining diqqat markazida milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini fuqarolar ongiga singdirish muhim vazifa sifatida turibdi. Shuning uchun fuqarolar orasida milliy mafkuraning turli muammolari yuzasidan chiqishlar qilish sistemali xarakter kasb etgan. Chunonchi, kafedra notiqlar guruhi Qarshi shahri, viloyat shahar va tumanlaridagi qator korxona va tashkilotlarda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasiga bag‘ishlangan 20 dan ortiq tadbirlar tashkil etdilar, 100 ga yaqin ma’ruzalar qildilar.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

  • Falsafa
  • Sotsiologiya

 Magistratura 

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Kafedra professor-o'qituvchilari: 

  • Choriyev S.A.
  • Saydullayev P.N.
  • Boyqobilova R.B.
  • Eshmatov M.E.
  • Dо‘lanov A.E.
  • Saidov B.J.
  • Ermatov Sh.A.
  • Qurbonov T.H.
  • Bekmurodova G.H.
  • Boymurodov S.B.
  • Shonazrov J.
  • Shaymanova A.E.
  • Tо‘rayeva A.P.
  • Xushnayev M.B.
  • Boymatov R.B.
  • Axmedova D.S.
  • Qambarov Sh.K.
  • Qodirov F.Y.
  • Ibragimov E.E.
  • Avazov S.E.
  • Sohibova L.S.
  • Xudoyberdiyev D.
  • Nazarov R.N.
  • Imomov E.I.
  • Aminov N.Q.
  • Axatova D.A.

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar: 

Ilmiy muammo mavzui: «Gumanistik tipdagi inson shaxsining shakllanishida obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar dialektikasi» 

Rahbari: Choriyev Sanjar Anvarovich 

 

Kafedra manzili: Ijtimoiy fanlar fakulteti binosi, 2-qavat, 220-221-xonalar.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOGALEREYA

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________