0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



MATEMATIK ANALIZ VA DIFFERENSIAL TENGLAMALAR KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 6
SayozZo'r 

Kafedra mudiri v.b.: fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) 

Rustamova Mastura Samadovna

Telefon: (+998 93) 932-92-01

Elektron manzili: rms1967@mail.ru

  

Kafedra tarixi 

“Matematik analiz” kafedrasi 1982-yilda tashkil etilgan va unda f-m.f.n. E. Eshdavlatov mudirlik qilgan. 1988-yildan 1992-yilgacha  “Matematik analiz” kafedrasida dotsent N. Dilmurodov mudirlik qilgan. 1992-yilda ushbu kafedra mudirligi lavozimida dotsent J.Toshev ishlagan. Shu yili kafedra uchga bо‘linib, “Matematik analiz”, “Algebra va geometriya” hamda “Differensial tenglamalar” kafedralari tashkil etilgan. “Matematik analiz” kafedrasiga dotsent J.Toshev, “Algebra va geometriya” kafedrasiga dotsent S. Uzoqov, “Differensial tenglamalar” kafedrasiga dotsent J. Oromov mudirlik qilgan. 

1995-yilda “Matematik analiz” va “Differensial tenglamalar” kafedralari birlashtirilib, “Matematik analiz”  kafedrasi deb nomlandi. Bu kafedraga 1998-yilgacha dotsent J. Toshev mudirlik qildi. 1998-yildan 2001-yilgacha “Matematik analiz” kafedrasiga dotsent J.Oromov mudirlik qildi. 2001-yil kafedra mudiri lavozimiga dotsent E. Eshdavlatov tayinlandi. 2005-yilda “Matematik analiz” va “Algebra va geometriya” kafedralar birlashtirildi va “Matematik analiz va algebra” kafedrasi tashkil etildi.  Kafedraga dotsent N. Sharipov mudirlik qila boshladi. 2008-yildan 2010-yilning iyun oyigacha ushbu kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida f-m.f.n. M. Abulov ishlagan. 2010 yildan to 2014 gacha kafedra mudiri vazifasida f-m.f.n. A. Imomov ishladi. 

2014-yil “Matematik analiz va algebra” va “Umumiy matematika” kafedralari birlashtirildi va “Matematika” kafedrasi tashkil etildi. 2014 yil sentabrdan ushbu lavozimga f-m.f.n. E. Aliqulov saylandi. “Matematika” kafedrasi 2018-yil noyabrda “Matematik analiz va differensial tenglamalar” va ”Algebra va geometriya” kafedralariga ajratildi. “Matematik analiz va differensial tenglamalar ”kafedrasi mudiri lavozimga f-m.f.n. E. Aliqulov tayinlandi.

2020 yil yanvardan  “Matematik analiz va differensial tenglamalar” kafedrasiga Fizika-matematika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) Rustamova Mastura Samadovna rahbarlik qilmoqda.

  

2019 yil 4-5 oktyabrda kafedra tomonidan “Tahlilning dolzarb muammolari va tatbiqlari” respublika ilmiy konferensiyasi o’tkazildi. Konferensiyada respublikamizning ko’zga ko’ringan matematik olimlari bilan birgalikda  xorijiy olimlar ham ishtirok etishdi.  matematika sohasidagi so’nggi tadqiqotlar natijalari muhokama qilindi. Shu jumladan, Novosibirsk davlat universiteti Funksiyalar nazariyasi kafedrasi mudiri, professor A.D.Mednyx, Turin Politexnika universiteti professori E. Musso, Rossiya FA SB HM va MG institute professori X.X.Imomnazarov, Qozon Federal universiteti professori M.M.Arslanov, O’zMU  Matematik analiz kafedrasi mudiri, O’zFA  akademigi A. Sadullayev, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika instituti direktori, O’zFA akademigi,  O’zbekiston Matematiklar jamiyati raisi, O’zFA akademigi A.A’zamov, Toshkent temir yo’l muhandislari universiteti professori A. Ortiqboyev va boshqalar.

Shuningdek, 5 va 6-oktabr kuni matematika yo’nalishi talabalari bilan O’zMU  Matematik analiz kafedrasi mudiri, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi A. Sadullayev,   O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O’zbekiston Matematiklar jamiyati raisi A.A’zamov, Toshkent temir yo’l muhandislari universiteti professori A. Ortiqboyev, Turin Politexnika universiteti professori E. Mussolarning uchrashuvlari tashkil etildi.

2020 yil 15 fevralda Qarshi davlat universitetida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika, kimyo va biologiya fanlarini o‘qitishning muammolari va yechimlari” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda  2020 yil 31 yanvarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning olimlar, yosh tadqiqotchilar, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan uchrashuvida ilgari surilgan matematika, kimyo, biologiya, geologiya fani va sohalarini rivojlantirish bo‘yicha muammolar, yechimlar va istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Amaliy seminarning matematika shu’basida kafedra professor o’qituvchilari bilan viloyatning yetakchi maktab o’qituvchilari ishtirokida bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematika fanini o’qitishning ahvoli, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi, ko’pgina amaliy takliflar berildi.

Ilmiy kengash

2020 yilda Qarshi davlat universiteti huzurida  kafedraning asosiiiy yo’nalishlari bo’lgan 01.01.01 – matematik analiz, 01.01.03 – differensial tenglamalar va matematik fizika bo‘yicha Ixtisoslashgan  Ilmiy kengash o’z faoliyatini boshladi.

Kafedrada tashkil etilgan “Al - Xorazmiyvorislari” to’garagi a’zolari matematika fani bo’yicha xalqaro va respublika olimpiadalarida nufuzli o’rinlarni egallab kelishmqda. 2019 yil

Hozirgi vaqtda kafedrada jami 16 nafar professor-о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatmoqda. Shulardan 2 nafar fan doktori, 4 nafari fan nomzodlari va 3 nafari fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). 

 

Kafedra professor-o'qituvchilari: 

  1. Rustamova Mastura Samadovna        f-m.f. Phd, dotsent v.b. 
  2. Shoimqulov Bahodir Allaberdievich     f.-m.f.d. professor
  3. Eshqobilov Yusuf Xolboyevich            f.-m.f.d. professor
  4. Dilmuradov Nasrutdin                         f-m.f.n. professor
  5. Aliqulov Eshpo‘lat Omonovich            f-m.f.n. dotsent
  6. Xamrayev Axror Yusupovich               f-m.f.n. katta o‘qituvchi
  7. Meyliyev Xabibulla Jamolovich           f-m.f.n. katta o‘qituvchi
  8. Yangiboyev Zoyir Shoberdiyevich       f-m.f. Phd, katta o‘qituvchi
  9. Jo‘rayev Davron Aslonqulovich           f-m.f. Phd, katta o‘qituvchi
  10. Jumayev Jaxongir Nafasovich            o‘qituvchi
  11. Norov Asliddin Ziyot o’g’li                   o‘qituvchi
  12. Xalilov Akbar Zamirovich                    o‘qituvchi
  13. Muqumov Asqar Hamza o‘g‘li             o‘qituvchi
  14. Shoimov Baxodir Sayfullo o‘g‘li           o‘qituvchi
  15. Yusupova Shaxlo Baxtiyor qizi            o‘qituvchi
  16. Raximov Abror Mahmud o’g’li             o‘qituvchi

 

O’quv ishlari 

Bakalavriatura 

Kafedra a’zolari 5130100-Matematika ta’lim yo’nalishida barcha matematik va ixtisoslik fanlaridan hamda boshqa ta’lim yo’nalishlarida matematikaga oid fanlardan dars olib boradi. 

Bakalavriatura yo’nalishlarida o’qitiladigan fanlar: 

  • Matematik analiz
  • Differensial tenglamalar
  • Kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  • Funksional analiz
  • Differensial tenglamalar va matematik fizika
  • Matematika fizika tenglamalari
  • Operatorlar nazariyasi
  • Analizning tanlangan boblari
  • KO’FNning geometric prinsiplari
  • Matematik fizika tenglamalarining tanlangan boblari
  • Matematika fizika usullari
  • Oliy matematika

Magistratura 

2015-yildan 5A130101- Matematika (matematik analiz) mutaxasisligi bo’yicha magistraturaga talabalar qa’bul qilinadi. Hozirda 7 nafar magistr tahsil olmoqda. 

Magistraturada o’qitiladigan fanlar: 

  • Borel o’lchovi va potensiallar nazariyasi
  • KKO’FN
  • Plyuripotensiallar nazariyasi
  • Plyuripotensiallar nazariyasi va dinamik sistemalar
  • Gibbs o’lchovlari
  • Kategoriyalar nazariyasi

Doktorantura 

Kafedrada 2018-yildan 01.01.01-matematik analiz ixtisosligi bo’yicha  PhD (tayanch doktorantura) faoliyat olib bormoqda.  Hozirda 4 nafar doktorant tahsil olmoqda. 

1. Bozorov J.T. – ilmiy rahbar f.m.f.d., professor, Shoimqulov B. A. 

2. Nodirov Sh.D. - ilmiy rahbar f.m.f.d., professor, Eshqobilov Y.X.

3. Qulto’raev D.J.  - ilmiy rahbar f.m.f.d., professor, Eshqobilov Y.X.

4. Baratov B.S. - ilmiy rahbar f.m.f.d., professor, Eshqobilov Y.X.

Ilmiy yo’nalishlar

1. Komplex analizda integral formulalar va ko’p o’lchovli qoldiqlar. 

2. Uzliksiz va diskret vaqtli dinamik sistemalar. 

3. Matematik fizika tenglamalari uchun to’gri va teskari masalalar.  

2020 yilda Qarshi davlat universiteti huzurida  kafedraning asosiiiy yo’nalishlari bo’lgan 01.01.01 – matematik analiz, 01.01.03 – differensial tenglamalar va matematik fizika bo‘yicha Ilmiy kengash o’z faoliyatini boshladi.

Seminar va to’garaklar 

Kafedra qoshida “Matematika va uni о‘qitishning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy seminar faoliyat kо‘rsatadi. Seminar rahbari: prof.Eshqobilov Y.X. Seminar vaqti: har payshanba kuni, soat 11.20-13, 102-aud.da. Seminarda dolzarb mavzular bo’yicha ma’ryzalar bilan bir qatorda fan doktorligi va falsafa doktorligi (PhD) bo’yicha dissertatsiyalar muhokamalari ham o’tkazilmoqda.   

Doktorant,magistr va talabalar uchun “Nochiziqli analizning nostandart masalalari” ilmiy-o’quv seminari. Seminar rahbari: prof.Eshqobilov Y.X.. Seminar vaqti: har chorshanba  kuni, soat 07-08, 102-aud.da. 

Talabalar uchun “Al- Xorazmiy vorislari” matematika  to’garagi. To’garak vaqti: har chorshanba kuni soat 13-15, 102-aud.da. 

Ilmiy loyihalar 

Kafedrada “Diskret va uzluksiz vaqtli dinamik sistemalar va qismiy integral operatorlarning spektrlari” (OT-F4-22)  mavzusida fundamental grant amalga oshirilmoqda, grant rahbari prof.Y.Eshqobilov, a’zolari prof. B.Shoimqulov, E.Aliqulov, A.Xamroyev, O.G‘ulomov, J.Bozorov, M.Rustamova, Sh.Nodirov. 

Ilmiy hamkorlik 

Kafedra Rossiya FA SB HM va MG instituti, Sibir Federal universiteti, Novosibirsk Davlat universiteti, Qozon Federal universitetlari, Respublikamiz FA Matematika instituti va yetakchi OTMlarining kafedralari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan.

Kafedra manzili: 180103, Qarshi shahri, Ko`chabog’ 17. 

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________