0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



ADABIYOTSHUNOSLIK KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: 

Shodmonov Nafas Namozovich, Filologiya fanlari doktori

Telefon: (+99897) 311-06-26

Elektron manzili:  nafasxon-622@mail.ru

 

 

Kafedra haqida

Adabiyotshunoslik kafedrasi 1964-yildan mustaqil kafedra sifatida faoliyat ko‘rsatib keladi. Kafedrada professor va fan nomzodlaridan A.Shermatov, V.Tohirzoda, A.Qahhorov, X.Rizayeva, O.Ikromov, A.Rasulov, T.Bozorov, F.Eshimov, P.Ravshanov, B.Yo‘ldoshev, D.To‘rayev, G.Imomovalar uzoq yillar mudirlik vazifasida ishlaganlar. 2014-yil 29-maydan kafedrani filologiya fanlari doktori Nafas Namozovich Shodmonov boshqarmoqda.

Kafedrada 23 nafar professor-o‘qituvchi, shundan 3 nafar fan doktori, professor, 4 nafar fan nomzodi, dotsent, 8 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi, 2 nafar katta o‘qituvchi va 4 nafar assistent o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Kafedrada ilmiy salohiyat 65 % bo‘lib, fan doktorlarining o‘rtacha yoshi – 60, fan nomzodlarining o‘rtacha yoshi – 45 yoshni tashkil etadi.

Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilaridan filologiya fanlari doktori N.N.Shodmonov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari prof. D.To‘rayev, prof. B.Yo‘ldoshev; filologiya fanlari nomzodi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni hamda “Jasorat” medali sohibi A.Ergashev, filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar G.Imomova, Sh.Qahhorova, D.Xalilova, N.Ochilov filologiya fanlari nomzodlari, katta o‘qituvchilar R.Jumayev, S.Mo‘minova, A.Hamdamov, Sh.Karomova, S.Jumayeva, M.Rahmonova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi N.Umarova, katta o‘qituvchilar, B.Rizayev, F.Qiyomov hamda assistent o‘qituvchilar R.Fayzullayeva, B.Siddiqov, M.Rayhonova, N.Cho‘liyevalar talabalarga saboq berish bilan birga ularning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilib kelmoqdalar. Bulardan tashqari, O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti professori, f.f.d. M.Jo‘rayev, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti professorlari, filologiya fanlari doktorlari N.Jabborov va U.Jo‘raqulovlar ham o‘rindoshlik asosida kafedrada faoliyat ko‘rsatadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining ko‘p yillik faoliyati davomida ko‘plab ilmiy monografiyalar, risolalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi va turli mavzulardagi ilmiy maqolalar xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda chop etildi.

2018-yildan buyon kafedrada universitet huzurida ochilgan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash o‘z faoliyatini yuritmoqda. 2020-yilning yanvar oyiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tashrif buyurgan 21 nafar ilmiy tadqiqotchi o‘z dissertatsiyalarini munosib himoya qilib, filolgiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi Sh.Hojiyeva QarshiDU tadqiqotchisi sifatida f.f.d. N.Shodmonov rahbarligida “Cho‘lpon she’riyatida poetik tafakkurning yangilanish tamoyillari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini munosib himoya qildi.

Kafedra O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zMU, TDPU, BuxDU, SamDU, TerDU  kabi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Qolaversa, Kafedra o‘qituvchisi B.Siddiqov Tibilisi universiteti professori, gruziyalik taniqli arabshunos Guram Galaktionovich Chikovani rahbarligida “Qashqadaryo arablari folklor namunalarining saqlanish holati” mavzusida erkin tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Kafedra qoshida “Ijod gulshani” to‘garagi faoliyat ko‘rsatib, unga 40 dan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan hamda ularga ilmiy tadqiqot ishi mavzulari berilgan. Bundan tashqari, kafedra yetakchiligida universitetning “Ziyo”  talabalar teatr studiyasi respublika miqyosidagi tanlovlarda muvaffaqqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o‘quv jarayonini tashkil etishga amaliy yordam berish uchun kafedraning malakali o‘qituvchilari biriktirilgan.

Kafedra a’zolari respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjuman va ko‘rik tanlovlarga o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashib kelishmoqda. Har yili kafedra a’zolari tashabbusi bilan adabiy fanlar dolzarb muammolariga bag‘ishlangan respublika va vazirlik miqyosidagi ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinadi. Jumladan, “Adabiy manba: o‘rganishnining zamonaviy tamoyillari va nashr muammolari”, “O‘zbek adabiyotshunosligida tahlil va talqin muammolari”, “O‘zbek matnshunosligining nazariy va amaliy muammolari” kabi  mavzularda  ilmiy anjumanlar doimiy o‘tkazilib boradi. Shuningdek, kafedra Ahmadjon Meliboyev, Nazar Eshonqul, Erkin A’zam, Usmon Azim, Xurshid Davron, Hol Muhammad Hasan kabi respublikaning taniqli shoir va yozuvchilari bilan muntazam aloqa o‘rnatgan.

Kafedra ilmiy yo‘nalishi: “Adabiy hodisalarning tarixiy tadriji va nazariy taraqqiyoti masalalarini o‘rganish”.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

O‘zbek folklori

O‘zbek adabiyoti tarixi

Adabiyotshunoslik nazariyasi

Jahon va turkiy xalqlar adabiyoti

Matnshunoslik asoslari

Navoiyshunoslik

Adabiyot o‘qitish metodikasi

Aruz asoslari

Yangi o‘zbek adabiyoti  va adabiy tanqid tarixi

Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari

Adabiyot - (boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun)

Bolalar adabiyoti ( maktabgacha ta’lim yo‘nalishi uchun)

Fors tili

Fors tili (tarix yo‘nalishi uchun)

 

Magistratura

Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi

Mumtoz adabiyotning asosiy yo‘nalishlari

Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy asoslari

Adabiy tur va janrlar estetikasi

Nutq madaniyati

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi:

Shodmonov Nafas Namozovich – filologiya fanlari doktori, kafedra mudiri

To‘rayev Damin – filologiya fanlari doktori, professor

Yo‘ldoshev Boynazar – filologiya fanlari doktori, professor

Imomova Gulchehra Muhammadiyevna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Ergashev Abdiolim – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Mo‘minova Saodat Aralovna – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Qahhorova Shahnoza Abdimo‘minovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Hamdamov Akram Nasriddinovich – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Karomova Shohida Lutfullayevna – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Xalilova Dilbar Jalilovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Ochilov Nasim Kamolovich – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Jumayeva Salima Cho‘yanovna – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Jumayev Rashid Normurodovich – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Rizayev Baxtiyor Xolliyevich – katta o‘qituvchi

Qiyomov Farhod Raupovich – katta o‘qituvchi

Rayhonova Muhayyo Muhammadiyevna – o‘qituvchi

Ravshanova Gulrux Qahramonovna – o‘qituvchi

Cho‘liyeva Nilufar A’zam qizi – o‘qituvchi

 

Kafedra ilmiy tadqiqotchilari tarkibi hamda ilmiy mavzulari:

Nuriddinov Shahobiddin Boboyorovich – doktorant, “Komil Xorazmiy devonining ilmiy-tanqidiy matni, matn tarixi va germenevtikasi”

Namozova Zilola Bozorovna – tayanch doktorant, “Navoiy lirikasi matnshunosligi tadriji tadqiqi” (Hamid Sulaymon ilmiy faoliyati asosida)

Shodmonov G‘iyosiddin Nafasovich – tayanch doktorant, “Porso Shamsiyev ilmiy labaratoriyasi tadqiq usullari, tamoyillari, matnshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni”

Sultonova Nilufar Narzullayevna – tayanch doktorant, “Isajon Sulton romanlarida badiiy komponentlar modifikatsiyasi”

Avaznazarov Odiljon Rahmatulloyivech – tayanch doktorant, “Alisher Navoiy ijodida soqiy obrazi”

 

Kafedra manzili: Qarshi shahri  Ko‘chabog‘, 17-uy

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________