FAKULTET TARIXI
Buxoro birlashgan pedagogika va o‘qituvchilar institutining Qarshi filiali (1945-yil) da tashkil etilgan. 1956-yilda mazkur filial Qarshi davlat pedagogika institutiga aylantirildivaTarix-filologiya fakulteti tashkil etildi. 1963-yildan boshlab O‘zbek filologiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlay boshladi. 1977-yilda Tarix-filologiya fakultetidan Filologiya fakulteti alohida fakultet sifatida ajralib chiqdi. 1989-yilda tarix va filologiya fakultetlari birlashtirildi. 2008-yilda mazkur fakultet yana alohida ikkita fakultetga ajratildi. O‘zbek filologiyas ifakulteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2011-yilda tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tashkiliy tuzilmasida Filologiya fakulteti deb yuritilgan. 2014-yil avgust oyida tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tashkiliy tuzilmasida O‘zbek filologiyasi fakulteti deb yuritilgan.O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2018-yil noyabr oyida tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tashkiliy tuzilmasida Filologiya fakulteti deb nomlandi.
2018-2019 - o‘quv yilida Filologiya fakultetida 815 nafar talaba tahsil olmoqda.
Fakultet ma'muriyati
O'zbek filologiyasi fakulteti dekani
Jumayev Rashid Normurotovich
Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Dushanbadan tashqari)
Telefon: (+998 91) 470-96-95
E-mail: rashid62@umail.uz
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan muovini
Karomova Shohida Lutfullayevna
Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Dushanba va shanba kunlaridan tashqari)
Telefon: (+998 91) 474-68-28
E-mail: karomova-shohida@mail.ru
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini
Kenjayev To‘lqin Arabovich
Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Seshanba va juma kunlaridan tashqari)
Telefon: (+998 91) 955-76-96
E-mail: tkenjayev1972@umail.uz
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini
Xoliqov Azamat Baxriddinovich
Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Seshanba va juma kunlaridan tashqari)
Telefon: (+998 91) 450-38-84
E-mail: xoliqovazamat@umail.uz
Fakultet kafedralari
- Adabiyotshunoslik kafedrasi
- O‘zbek tilshunosligi kafedrasi
- Rustili va adabiyoti
Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:
- 5120100–Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbektili)
- 5111300 – Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti)
Quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi:
- 5A111201–O‘zbek tili va adabiyoti
Hozirgi vaqtda fakultetda 58 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi, shundan: 2 nafari fan doktori, professor; 2 nafar fan doktori, dotsent; 9 nafar fan nomzodi, dotsent; 16nafar fan nomzodi, kattao‘qituvchi; 10 nafar katta o‘qituvchi, 19 nafari assistent - o‘qituvchilardir. Ilmiy salohiyat- 50% ni tashkil etadi.
FAKULTETDA ERISHILGAN YUTUQLAR
Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor berilib, universitet Axborot-resurs markazi, ZiyoNET tarmog‘i va boshqa saytlarda joylashtirib borilmoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan oxirgi uch yilda 15 ta monografiya, 20 ta o‘quv qo‘llanma, 50 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ishlanmalar, 190 dan ortiq ilmiy maqolalar vа 350 dan ortiq tezislar xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarda hamda ilmiy to‘plamlardan ashrettirildi.
№ |
Kafedralar nomi |
Darsliklar soni |
O‘quv qo‘llanmalar soni |
Monografiyalar soni |
1. |
Adabiyotshunoslik |
- |
8 |
8 |
2. |
O‘zbek tilshunosligi |
- |
7 |
5 |
3. |
Rus tili va adabiyoti |
- |
5 |
2 |
Fakultetda o‘zbek tili va adabiyoti hamda rus tili va adabiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning ilmiy-nazariy seminari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu seminarlarda professor-o‘qituvchilar ilmiy ishlari bo‘yicha ma’ruzalar, ilmiy maqolalari, shuningdek, doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarning ishlari muhokama qilinadi va himoyaga tavsiya etiladi.
2018-yil iyun oyidan boshlab Qarshi davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo’yicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.30.05.2018.Fil.70.01 raqamli Ilmiy kengash faoliyat olib bormoqda.
Fakultetning iqtidorli talabalaridan Islomova Shoira (2010-yil), Akbarov Muhiddin (2011-yil), Pirnazarova Sitora (2012-yil), Sulaymonov Bobur (2015-yil), Mamanova Adolat (2016-yil), Bobojonova Shoхsanam (2016-yil), Boymirova Dilshoda (2017-yil) Elmurodova Fazilat (2018-yil), Abatov Doston (2018-yil) Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar. Fakultet talabasi Odilova Nodira 2015-yilda “Yilningengfaolyoshjurnalisti” Respublika ko‘rik tanlovining radio yo‘nalishida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. 2016-yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kechakimedig-u, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mavzusidagi maqolalar tanlovida qatnashgan fakultetning 2-kurs talabasi Tursunova Yulduz faxriy yorliq bilan taqdirlandi. 2016-yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida o‘tkazilgan ilmiy ma’ruzalar tanlovi Respublika bosqichi ishtirokchisi 3-kurs talabasi Mamanova Adolat sertifikat bilan taqdirlandi.
Fakultet kafedralari qoshida 3 ta fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bular “Adabiyotshunoslik” kafedrasi qoshidagi “Ijod gulshani” (rahbari: f.f.n., S. Mo;minova) yosh ijodkorlarning adabiy to‘garagi, “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi qoshida “Yosh tilshunos” (rahbari: o‘qituvchi f.f.f.d. Norxadjayeva) “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi qoshida “Slovesnik” (rahbari: katta o‘qituvchi L. Yuldosheva) fan to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklarining malaka talablari
YAKUNIY NAZORAT JADVALI: