0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



YANGI YIL BAYRAMI MUNOSABATI BILAN REKTOR TABRIGI

Ovozlar reytingi:  / 2
SayozZo'r 

Muhtaram professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar, qadrli ishchi-xodimlar!

Yangi yil kirib kelishiga sanoqli kunlar qolgan mana shu fayzli va shukuhli onlarda Sizlarni qizg‘in muborakbod etishdan, barchangizga samimiy mehr va hurmatimni bildirib, ezgu tilaklarimni izhor qilishdan baxtiyorman.

 

Yakuniga yetib borayotgan 2020-yilni kuzatar ekanmiz, yil mobaynida el-yurtimiz boshidan kechirgan qancha-qancha sinov, qiyinchilik va muammolarni yengib o‘tganini beixtiyor eslashimiz, bir so‘z bilan aytganda, bu yil mamlakatimiz uchun oson kelmaganini ta’kidlashimiz tabiiydir.

Sir emaski, bugun jahon miqyosida hamon davom etayotgan koronavirus pandemiyasi boshqa ko‘plab mamlakatlar singari O‘zbekistonning taraqqiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, bu borada yurtimizning ta’lim sohasi katta sinovni boshdan kechirdi. To‘satdan boshlangan kasallik va karantin davrida butun mamlakat ta’lim tizimi onlayn shaklga ommaviy o‘tishga majbur bo‘ldi. Ammo eng muhimi, pandemiya davrida shu yo‘l bilan o‘qituvchi va talabalarning koronavirus kasalligidan ishonchli himoyalanishiga erishildi.

Ta’kidlash joizki, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida hukumatimiz pandemiya davomida izchil yondashuvni qo‘lladi va islohotlarga sodiqligini isbotladi. Bir so‘z bilan aytganda, oliyjanob xalqimizning birdamligi, mashaqqatlarga, sinovlarga munosib munosabat ko‘rsata olishi natijasida vaziyat asta-sekinlik bilan yana iziga tushmoqda. Buni yaqindagina oliy ta’lim muassasalariga, an’anaviy ta’limga qaytgan talabalar misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Bugun yangi yilga, hayotimizning yangi bir dovoniga qadam qo‘ymoqdamiz. Shunday farahbaxsh damlarda og‘ir sharoitlarda ishlanganiga qaramay erishilgan yutuqlarga ham to‘xtalib o‘tishni o‘rinli deb o‘ylayman. O‘tib borayotgan 2020-yil universitetimiz hayotida qator o‘zgarishlar va yangilanishlarga boy bo‘ldi. Shuningdek, ortda qolayotgan yil muassasamiz uchun barqaror rivojlanish imkoniyatlarini ham ochib berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Jumladan, 2020 – 2021 o‘quv yili tahsil olishlari uchun universitetimizda mavjud barcha qabul shakllari bo‘yicha, shuningdek, xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga talabalar qabul qilindi. Mazkur yilda universitetimiz Belarus Respublikasining Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti va Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti hamda Moskva davlat lingvistika universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Alohida qayd etish lozimki, yildan yilga xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalarining o‘sib borishi ham jamoamizning eng katta yutuqlaridan sanaladi.

Hozirgi vaqtda universitetda 15 ming nafardan ziyod talaba-yoshlar tahsil olmoqda. Ularning orasida iste’dodli, intiluvchan yoshlar ko‘plab topiladi. Ana shunday iqtidorli talabalarimizdan biri Viktoriya Sarkisyandir. U O‘zbekiston hamda BAA davlatlari hukumatlari qo‘shma loyihasi hisoblangan “mGovAward – eng yaxshi davlat mobil ilovasi” tanlovida jamoaviy hisobda g‘olib bo‘lib, ta’limda axborot texnologiyalarni rivojlantirish uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan respublika onlayn fan olimpiadasida 10 ga yaqin talabalarimiz turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladilar.

Ta’kidlash joizki, erishilgan bu kabi yutuqlarning barchasi, avvalo, Siz, aziz ustozlarning zahmatli mehnati natijasidir. Umuman olganda, farzandlarimizni vatanparvarlik, buyuk ajdodlarimizning ezgulik g‘oyalariga yo‘g‘rilgan an’analariga sodiqlik ruhida, barkamol avlod qilib tarbiyalashda faol ishtirokimiz faxrli mehnatimiz mazmunini tashkil etmoqda.

2020-yilda o‘tgan yillarga nisbatan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi ham ma’lum darajada o‘sdi. Yil davomida universitetimizda 1 ta fan doktori (DSc) va 20 ta falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishlari himoya qilindi. Shuningdek, yangi yil arafasida yana to‘rt kishining himoyasi bo‘lib o‘tishi kutilyapti.

So‘zim yakunida shuni aytmoqchimanki, hayajonli va shukuhli lahzalarda har qaysi inson qalbida, yuragida saqlab kelayotgan ezgu orzu-umidlarning ushalishini, oilasi, yaqinlari, ona yurti tinch-omon bo‘lishini, yangi yil yanada xayrli va barakali bo‘lishini xayolidan o‘tkazadi. Bu borada men ham sizga tilakdosh ekanimdan mamnunlik his etaman.

 

Yangi – 2021 yilning qadami qutlug‘ va xosiyatli kelsin! Xonadonlarimizdan fayzu baraka arimasin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

 

B.A.SHOIMQULOV

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________