0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



“Uyda qoling va ijod qiling”

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi bo‘yicha implentatsiya strategiyasini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” 9-bandiga muvofiq “Rassom ustaxonasida mehmonda” onlayn-tanlovi loyihasi doirasida “Uyda qoling va ijod qiling” shiori ostida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishi bo‘yicha onlayn-tanlov e’lon qiladi.

Onlayn-tanlov erkin mavzuda o‘tkaziladi. Yaratilgan ijodiy ishlarda O‘zbekiston madaniyati va san’ati, urf-odat va qadriyatlari, Istiqlol yillarida turli sohalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar va boshqalar aks ettirilishi maqsadga muvofiq.

Ma’naviyatimizga zid ravishda yaratilgan ijodiy ishlar qabul qilinmaydi.

Onlayn-tanlovda ishtirok etish ishtiyoqini bildirgan yosh iqtidorlar karantin davrida o‘zlari yaratgan ijod namunalaridan tayyorlangan roliklarni Baddiy akademiyaning Tashkiliy guruhiga +99897 330 32 73 telegram raqamiga yoki dilobar-7777@mail.ru elektron manziliga 15 oktabrga qadar taqdim etishlari kerak. Rolikning titul sahifasida ishtirokchining surati, F.I.SH., ta’lim olayotgan muassasasi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, har bir ishtirokchi qayta aloqaga chiqish mumkin bo‘lgan elektron manzil yoki telegram raqam taqdim etishi kerak.

Qarshi davlat universitetining badiiy ta’lim yo‘nalishidan tashqari 25 yoshgacha bo‘lgan barcha talaba yoshlar ushbu onlayn-tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

To‘plangan barcha roliklar O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolaridan tashkil topgan Baholash komissiyasi tomonidan quyidagi nominatsiyalar asosida baholanadi:

Eng yaxshi g‘oya muallifi;

Eng yaxshi rangtasvir asari;

Eng yaxshi grafik asar;

Eng yaxshi amaliy san’at asari;

Eng kreativ rolig muallifi.

Onlayn-tanlov g‘oliblari Diplom bilan taqdirlanadilar. Har bir ishtirokchiga onlayn-tanlovda ishtiroki uchun Sertifikat taqdim etiladi.

Diplom va Sertifikatlar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan elektron tarzda egalariga yetkaziladi.

 

Ma’muriyat

 

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________