0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



SEN – QUDRAT MANBAI, SAODAT MASKANI, JONAJON O‘ZBEKISTONIM!

Ovozlar reytingi:  / 3
SayozZo'r 

B.A.SHOIMQULOV,

universitet rektori

 

Qadrli hamkasblar, aziz talabalar!

Bugungacha dunyo xalqlari tomonidan belgilangan tarixiy kun va sanalar, tantanalar orasida davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi hamda ma’lum bir sana bilan belgilanib nishonlanishi alohida qadriyat sanaladi. Chunki mustaqillik har bir millat, xalqqa o‘z taqdirini o‘zi hal eta olish imkonini beradi, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashdek sharafni tuhfa etadi, milliy davlatchilik, huquq va erkinliklari, shuningdek, dini, azaliy qadriyat va urf-odatlarini qayta tiklashdek baxtni tortiq qiladi.

Shu bois, balki hozirgi og‘ir sinovli kunlarda, yurakka shodiyonalar sig‘ishi qiyin bo‘lib turgan sharoitda ham xalqimiz ushbu tarixiy kunni munosib nishonlash ishtiyoqi bilan yashayotgani qalblarimizga ko‘tarinkilik, shodlik, g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Xalqimizning bu ishtiyoq va istaklarini rag‘batlantirish maqsadida prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahnamoligida istiqlolimizning 29 yillik tantanalari “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida keng nishonlanmoqda.

Tarix shohidki, yurtimiz qisqa davr mobaynida mislsiz yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, qator sohalar kabi pandemiya sharoitida ham keng qamrovda davom etayotgan bunyodkorlik ishlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. O‘z navbatida, bu yuksalishlar dillarmizga faxr-iftixor, hayotimizdan mamnunlik hissini olib keladi. Bugungi qutlug‘ lahzalarda qadrli jamoamizni, ilmga chanqoq talabalarimizni farahli ayyom bilan qutlashdan behad baxtiyorman.

Universitetimiz jamoasi tomonidan har yili e’tirof etishga loyiq yutuqlar, muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilmoqda. Albatta, jamoamizning bunday yutuqlarni qo‘lga kiritishida har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganligi katta ahamiyatga ega. Universitetimiz qiyofasi har qanday inson shu dargohda ta’lim berishni va olishni orzu qiladigan darajada o‘zgardi. Buni 2020-2021 o‘quv yili uchun hujjat topshirgan 58118 abituriyentlar misolida ham ko‘rish mumkin.

Hozirgi vaqtda universitetimiz jahon standartlari talablariga to‘la javob beradigan moddiy-texnikaviy bazaga ega bo‘ldi. Professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan o‘nlab monografiya, risola, darslik va o‘quv qo‘llanmalarining nashr ettirilishi, mamlakatimiz hamda xorijning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilayotgan maqolalar, so‘ngi bir yil davomida o‘ndan ortiq DSc va PhD dissertatsiyalarning muvaffaqiyatli himoya qilingani, ilmiy sohadagi yutuqlarimiz hamda pedagogik faoliyatimizning samarasi ekani barchamizni quvontiradi.

Ta’kidlash joizki, joriy o‘quv yili o‘tgan yillardagidan tubdan farq qiladi. Epidemiologik vaziyat barqaror holga kelgunga qadar talabalarimiz yangi o‘quv yilida ham masofaviy ta’limni davom ettirishga majbur bo‘lmoqdalar. Shu bois ta’lim sifatini saqlab qolish va uni yanada yaxshilash borasida turli dastur hamda loyihalar asosida o‘quv mashg‘ulotlarini takomillashtirish keng ommalashmoqda. Shundan kelib chiqib, bugungi ta’lim jarayoni kadrlar yetishtirishda bizdan yanada katta mas’uliyatni talab qilmoqda. Ishonchim komilki, buning  uchun joriy yilda ham astoydil, sidqidildan mehnat qilib, yetuk kadrlar tayyorlashdek mas’uliyatli vazifani ado etamiz va yangi marralar sari olg‘a intilamiz.

Qadrli hamkasblar!

Yangi o‘quv yilida ham oliygohda tahsil olayotgan iqtidorli, bilimli va zukko talaba-yoshlarni aniqlash, tarbiyalash, ularning fan olimpiadalarida munosib o‘rinlarni egallashini ta’minlash, Davlat stipendiyalari va mukofotlariga tavsiya qilish hamda yuksak natijalarga erishishlarida universitet rahbariyati sizning sharafli mehnatingizga ishonch bildiradi.

Yana bir bor Sizlarni aziz va jonajon Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi hamda 2 sentabr – Bilimlar kuni munosabati bilan muborakbod etaman. Sizlarga oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, mustahkam sihat-salomatlik, farovon hayot, ilmiy va murabbiylik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________