0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



“Amir Temur – buyuk davlat bunyodkori, ilm-ma’rifat homiysi” mavzusida online tarzda ilmiy-uslubiy konferensiya

Ovozlar reytingi:  / 3
SayozZo'r 

 АХБОРОТ ХАТИ

Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qarshi davlat universiteti, “Shahrisabz” davlat muzeyi qo‘riqxonasi hamkorligida sohibqiron Amir Temur tavalludining 684 yilligi munosabati bilan 2020 yil 30 aprelda “Amir Temur – buyuk davlat bunyodkori, ilm-ma’rifat homiysi” mavzusida online tarzda ilmiy-uslubiy  konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. (Ushbu konferensiya global pandemiya sharoitida o‘tkazilayotgani tufayli barcha faoliyat faqat  online  shaklda amalga oshiriladi).

“Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish” yili Davlat dasturida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan ushbu online konferensiyasi doirasida Amir Temur va temuriylar davrida milliy davlatchilik va boshqaruv tarixi, shaharsozlik madaniyati va ilm fan taraqqiyoti, xalqaro munosabatlar rivoji bilan bog‘liq ilmiy masalalar ko‘rib o‘tiladi.

Tashkiliy guruh tomonidan tanlab olingan sara maqolalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda hamkor tashkilotlarning  ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylanadi, “Sohibqiron yulduzi” jurnalining maxsus sonida nashr etiladi. online konferensiya materiallarini karantin muddati tugagach to‘plam holida to‘liq chop etish rejalashtirilgan.

Konferensiyada quyidagi shu’balar bo‘yicha ilmiy maqolalar qabul qilinadi:

1. Amir Temur- Buyuk Turon saltanati, Sharq renessansi yangi davri  asoschisi.

2. Amir Temurning davlatchilik va boshqaruv tizimi sohasidagi islohotlari.

3. “Temur tuzuklari” - Amir Temur davrida davlatchilik va boshqaruv tarixi bo‘yicha muhim manba.

4. Amir Temur va temuriylar davrida iqtisodiy hayot, ichki va tashqi savdo aloqalari.

5. Amir Temur va temuriylar davrida fan va madaniyat rivoji omillari.

6. Amir Temur va temuriylar davrida shaharsozlik, me’morchilik, bunyodkorlik.

7.  Amir Temur va temuriylar  davrida  xalqaro  aloqalar  rivoji.

8. O‘zbek xalqining milliy qahramoni Amir Temur siymosining yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati.

 

Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz tili.

 

Konferensiyada OTM professor o‘qituvchilari, ilmiy hodimlar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar ishtirok etishi mumkin.

Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:

Maqola matnining elektron nusxasi MSWord/rtf dasturidaTime New Roman formatida,14 shriftda, 1 intervalda, 3-5 bet hajmda bo‘lishi lozim. 

Matn boshida sarlavhadan pastda muallifning ismi va familiyasi, ma’lumotlari (ilmiy darajasi, ish joyi, lavozimi, telefon raqami va elektron pochta manzili) yoziladi, o‘zbek rus, ingliz tillarida annotatsiya va kalit so‘zlar keltiriladi.

Varaqdagi matnning chegaralari: yuqoridan 2,5 sm., pastdan 2,5 sm., o‘ngdan 2,5 sm., chapdan 3,0 sm.

Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish istagida bo‘lganlar maqolalarni 2020 yil 25 aprelgacha qo‘yidagi elektron manzillariga taqdim etishlari mumkin:

Elektron manzil: hushnab@mail.ru

 

Telegramm:  tel :+998939307930  (Шерзод)

        

 Murojaat uchun: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, tel: 75-221-05-50; QarshiDU, Ijtimoiy fanlar fakulteti; tel:+998939377739,

 

Konferensiya tashkiliy guruhi:

 

Hakamlar hay’ati raisi:

O‘ktam Mavlonov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori.

A’zolari:

Akmal  Sultonov - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim mudiri

Poyon Ravshanov - Qarshi davlat universiteti professori.

Bahodir Eshov – Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti dekani, professor.

Ochil Bo‘riyev – Qarshi davlat universiteti professori, “Sohibqiron yulduzi” jurnali bosh muharriri

Bahodir Mamadiyev-Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori

Nabi Xushvaqtov – Shahrisabzdagi Amir Temur muzeyi direktori.

Lola Saodatova – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari 

Tashkiliy qo‘mita.

 

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________