0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Iqtidorli talabalar bilan ishlash

Ovozlar reytingi:  / 5
SayozZo'r 

Universitetda iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘quv yili boshida yillik ish rejasi tasdiqlandi.

Barcha fakultetlarda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullar tayinlangan bo‘lib, rejaga ko‘ra iqtidorli talabalarning yangi tarkibi shakllantirildi. Universitet bo‘yicha 1011 nafar iqtidorli talaba va magistrlar bilan ishlash uchun 363 nafar professor-o‘qituvchilar biriktirildi. Bu esa o‘tgan yilgiga nisbatan talabalarnig soni 458 nafarga ya’ni, o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 2 barobar ko‘p talabani tashkil etmoqda. Mutaxassis tayyorlovchi kafedralar qoshida 33 ta to‘garak tashkil etilgan bo‘lib, 532 nafar iqtidorli talabalarga 33 nafar to‘garak rahbarlari biriktirilgan. Jumladan, “Yosh botanik”, “Yosh konstruktor”, “Muhammad al-Xorazmiy avlodlari”, “Mohir qo‘llar”, “Yosh o‘lkashunos”, “Yosh tarjimonlar”, “Milliy kurash”, “Yosh tilshunos” va boshqa ilmiy to‘garaklar faoliyat olib bormoqda. Bunga universitetning kafedralar kesimida salohiyatli professor-o‘qituvchilari rahbar etib tayinlangan. 2019 yilda “Fan, taraqqiyot va yoshlar” ilmiy-amaliy konferensiyasida iqtidorli talabalar tomonidan 378 ta ilmiy maqola, “Ilm-fan va innovatsiya” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida universitet professor-o‘qituvchilar hamda magistr talabalari tomonidan 81 ta ilmiy maqolalar nashr qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 dekabrdagi 1070-sonli buyrug‘iga asosan, “Talabalar orasida yangi startaplar uchun” tanloviga universitetda tahsil olayotgan 20 nafar iqtidorli talabadan hujjat qabul qilindi. Jumladan, “Ijtimoiy ahamiyatli innovatsiyalar” nominatsiyasi bo‘yicha 5 ta, “Texnostart” nominatsiyasi bo‘yicha 3 ta, “Eng yosh olim” nominatsiyasi bo‘yicha 4 ta, “Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha 5 ta va “Istiqbolli ishlanma” va boshqalar nominatsiyasi 3 ta talaba hujjat topshirdi. Tanlov nomzodlari hujjatlarini ko‘rib chiqish, vazirlikka taqdim etuvchi tashkiliy guruh to‘g‘risida universitet rektorining 2019 yil 12 apreldagi №173 T raqamli buyrug‘i chiqarilib, hakamlar hay’ati tuzildi.

E’lonlar o‘z vaqtida barcha fakultetlarga yetkazildi. Fakultet ilmiy kengashi qarori bilan a’lochi, jamoatchi va dunyoqarashi keng talabalarning nomzodlari tavsiya etildi. Tanlovda ishtirok etishni xohlab hujjat topshirgan 20 nafar talaba sinovdan o‘tkazildi. Sinov imtihonlarini o‘tkazish jarayonida adolatlilik va oshkoralik prinsiplariga qat’iy amal qilindi. Sinovda yuqori natija ko‘rsatgan 15 nafar talaba tanlovning universitet bosqichi g‘olibi sifatida saralab olindi va “Talabalar orasida yangi startaplar uchun tanlovlar o‘tkazish to‘g‘risidagi na’munaviy Nizom” ning 8.1-bandiga asosan, universitetning Innovatsion jamg‘armasi fondi mablag‘lari hisobidan moddiy rag‘batlantirildi. Bular:

1) “Ijtimoiy ahamiyatli innovatsiyalar” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Homidov Xumoyun Ramazon o‘g‘li Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi, 3-kurs talabasi – eng kam oylik ish haqining uch barobari miqdorida;

2-o‘rin: Abrahimova Shodiya Erkin qizi Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo‘nalishi, 3-kurs talabasi – eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorida;

3-o‘rin: Xolmatova Kibriyo Mirzayevna Xorijiy tillar fakulteti nemis tili va adabiyoti yo‘nalishi 4-kurs talabasi - eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida.

2) “Texnostart” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Shonazarov Muminniyoz Shomurod o‘g‘li Fizika-matematika fakulteti amaliy matematika va informatika yo‘nalishi, 3-kurs talabasi - eng kam oylik ish haqining uch barobari miqdorida;

2-o‘rin: Yuldoshev Zuxriddin Nabi o‘g‘li Fizika-matematika fakulteti fizika yo‘nalishi, 4-kurs talabasi - eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorida;

3-o‘rin: Qurbonova Rushana Zafar qizi Fizika-matematika fakulteti informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi, 2-kurs talabasi - eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida.

3) “Eng yosh olim” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Yusupova Feruzabonu Zafar kizi Tabiiy fanlar fakulteti, kimyo ta’lim yo‘nalishi, 3-kurs talabasi - eng kam oylik ish haqining uch barobari miqdorida;

2-o‘rin: Qodirov Asilbek Raxmon o‘g‘li Fizika-matematika fakulteti fizika yo‘nalishi, 4-kurs talabasi - eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorida;

3-o‘rin: Ermurodov Dilmurod Xushvaqtovich - Pedagogika fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi, 4-kurs talabasi - eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida.

4) “Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Tojiyev Davron Xamza o‘g‘li Xorijiy tillar fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 4-kurs talabasi – eng kam oylik ish haqining uch barobari miqdorida;

2-o‘rin: Kattaboyeva Gulnoza Safarovna Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi – eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorida;

3-o‘rin: To‘rayev Shaxzod Qaxramon o‘g‘li Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi – eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida.

5) “Istiqbolli ishlanma” va boshqalar nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Elmurodov Abror Abdulla o‘g‘li Tabiiy fanlar fakulteti, kimyo ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi - eng kam oylik ish haqining uch barobari miqdorida;

2-o‘rin: Xurramova Sevara Muxtorovna Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi, 1-kurs talabasi –eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorida;

3-o‘rin: Najimova Nilufar Sobirjon qizi Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi – eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida.

Har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘rin g‘oliblari tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. Bular;

1) “Ijtimoiy ahamiyatli innovatsiyalar” nominatsiyasi bo‘yicha Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi, 3-kurs talabasi Homidov Xumoyun Ramazon o‘g‘li;

2) “Texnostart” nominatsiyasi bo‘yicha Fizika-matematika fakulteti amaliy matematika va informatika yo‘nalishi, 3-kurs talabasi Shonazarov Muminniyoz Shomurod o‘g‘li;

3) “Eng yosh olim” nominatsiyasi bo‘yicha Tabiiy fanlar fakulteti, kimyo ta’lim yo‘nalishi, 3-kurs talabasi Yusupova Feruzabonu Zafar qizi;

4) “Eng yaxshi innovatsion loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha Xorijiy tillar fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 4-kurs talabasi Tojiyev Davron Xamza o‘g‘li;

5)“Istiqbolli ishlanma” va boshqalar nominatsiyasi bo‘yicha Tabiiy fanlar fakulteti, kimyo ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Elmurodov Abror Abdulla o‘g‘li.

Universitetning veb-saytida “Mening innovatsion g‘oyam” ruknini tashkil etilishi va bunga “Talabalar orasida yangi startaplar uchun” tanlovini 15 nafar g‘oliblari o‘zlarining innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etib kelishmoqda.

3.6.-jadval

Talabaning F.I.SH.

Fakulteti, yo‘nalishi

va kursi

Innovatsion g‘oyaning nomi

"Ijtimoiy ahamiyatli innovatsiyalar" nominatsiyasi

1.

Homidov Xumoyun

Ramazon o‘g‘li

Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi, 3-kurs

“SMART CHILD” (aqlli bola)

2.

Abrahimova Shodiya

Erkin qizi

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo‘nalishi, 3-kurs

Sahna va ijodkorlik pedagogikasi

3.

Xolmatova Kibriyo Mirzayevna

Xorijiy tillar fakulteti nemis tili va adabiyoti yo‘nalishi, 4-kurs

Orzu, Maqsad, Muvaffaqiyat!!!

"Texnostart" nominatsiyasi

4.

Shonazarov Muminniyoz

Shomurod o‘g‘li

Fizika-matematika fakulteti amaliy matematika va informatika yo‘nalishi, 3-kurs

Aholi umumiy ovqatlanish maskanlarini avtomatlashtirish.

5.

Yuldoshev Zuxriddin

Nabi o‘g‘li

Fizika-matematika fakulteti fizika yo‘nalishi, 4-kurs

Quyosh energiyasidan foydalanib parrandachilik binolarida mo‘tadil iqlim yaratishni avtomatik boshqarish

6.

Qurbonova Rushana

Zafar qizi

Fizika-matematika fakulteti informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi, 2-kurs

Bulutli texnologiyalarning ta’limda va Oliy ta’lim muassasalardagi afzalliklaridan o‘qitishda foydalanish.

"Eng yosh olim" nominatsiyasi

7.

Yusupova Feruzabonu Zafar kizi

Tabiiy fanlar fakulteti, kimyo ta’lim yo‘nalishi, 3-kurs

α–Aminonitrillar asosida dorivor kompleks birikmalar sintezi

8.

Qodirov Asilbek

Raxmon o‘g‘li

Fizika-matematika fakulteti fizika yo‘nalishi, 4-kurs

Kombinatsion sochilish spektri molekulyar spektroskopiya asosida quyimolekulaliuglevodorodlarni tadqiq qilish

9.

Ermurodov Dilmurod Xushvaqtovich

Pedagogika fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi, 4-kurs

Mirzo Ulug‘bek observatoriyasini qayta tiklash

"Eng yaxshi innovatsion loyiha" nominatsiyasi

10.

Tojiyev Davron

Xamza o‘g‘li

Xorijiy tillar fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi, 4-kurs

Xorijiy sayyohlarga tarjimonlik xizmati ko‘rsatish

11.

Kattaboyeva Gulnoza Safarovna

Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishi,

4-kurs

Efir moy beruvchi manzarali o‘simliklardan ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish va undan efir moyi olishni yo‘lga qo‘yish

12.

To‘rayev Shaxzod Qaxramon o‘g‘li

Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishi, 1-kurs

DNA Learning centre (DNK markazi)

"Istiqbolli ishlanma" va boshqalar nominatsiyasi

13.

Elmurodov Abror Abdulla o‘g‘li

Tabiiy fanlar fakulteti, kimyo ta’lim yo‘nalishi, 4-kurs

α–Aminonitrillar asosida g‘o‘za o‘simligini hosildorligini oshirish

14.

Xurramova Sevara Muxtorovna

Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi, 1-kurs

Bo‘yoqqa tayyorlash mashinalari texnologik oqova suv tarkibidan tolali va dag‘al aralashmalarni ajratigan energiya tejamkor qurilma

15.

Najimova Nilufar Sobirjon izi

Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishi,

1-kurs

Medicago sativa – istiqbolli shifobaxsh o‘simlik

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 apreldagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasini 2019 yilda tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 314-sonli buyrug‘i asosida universitetda joriy yilning 2 apreldan 25 aprelgacha bo‘lib o‘tgan “Respublika Talabalar Fan olimpiadasi”ning I bosqichi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaning I bosqichini o‘tkazish uchun 169 nafar professor-o‘qituvchilardan iborat Tashkiliy qo‘mita tuzildi. Uning tarkibi Qarshi davlat universiteti rektori prof. B.Shoimqulov tomonidan tasdiqlandi. Olimpiada tarkibiga kiritiladigan umumkasbiy va mutaxassislik fanlari test sinovi, yozma ish, og‘zaki va laboratoriya ishi topshiriqlari tashkiliy qo‘mita tomonidan ishlab chiqildi.

Talabalar fan olimpiadasining I bosqichi uchun ishlab chiqilgan test topshiriqlari, yozma ish variantlari, amaliy topshiriqlar va baholash mezonlari “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari” asosida yaratilgan, amaldagi o‘quv dasturiga mazmunan mos kelishiga e’tibor qaratildi. Tashkiliy qo‘mita tomonidan I bosqichning adolat mezonlari asosida tashkillashtirilishi ta’minlandi.

Fan olimpiadalari 16 ta umumkasbiy fanlaridan va 21 ta mutaxassislik fanlaridan bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaga 169 ta professor-o‘qituvchilar tashkiliy qo‘mita a’zolari sifatida, 146 nafar professor-o‘qituvchilar ilmiy rahbar sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, jami 214 nafar talaba ishtirokchi sifatida qatnashdi.

Shundan 37 nafar talaba Fan olimpiadasining II bosqichida mutaxassislik va umumkasbiy fanlar bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ulardan tabiiy fanlar fakulteti, biologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi Nasriddinova Parizod Muhammadali qizi biologiya (mutaxassislik) fanidan 1-o‘rinni, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi, 3-kurs talabasi Jabborova Marjona Abduqosimovna Matematika va uni o‘qitish metodikasi (boshlang‘ich sinflar uchun) (mutaxassislik) fanidan 3-o‘rinni va Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) yo‘nalishi, 4-kurs talabasi Xo‘jayorov Asilbek Otabek o‘g‘li Tarix (mutaxassislik) fanidan fanidan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari K.Kuranboyevning 2019 yil 4 fevraldagi 08/1-438-sonli xatiga asosan, universitetda innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish hamda ularni amaliyotga tadbiq etishga munosib hissa qo‘shayotgan quyidagi yosh olimlar va iqtidorli talabalar “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoniga hujjat topshirdilar. Jumladan;

- Pedagogika fakulteti Kasbiy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Suvonova Ma’mura Yusupovna “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba qiz libosi”;

- Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Tojiyev Davron Xamza o‘g‘li “Xorijiy sayyohlarga tur-ekskursovodlik (gid) xizmati”;

- Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Homidov Xumoyun Ramozon o‘g‘li “Smart child” (aqlli bola) nomli ko‘zi ojizlarda ingliz tilini o‘qitish uchun;

- Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili yo‘nalishi 1-kurs talabasi Xurramova Sevara Muxtorovna “Bo‘yoq-pardozlash sexlari texnologik oqova suv tarkibini tolali va dag‘al dispers aralashmalardan tozalaydigan energiya tejamkor qurilma”;

- Xorijiy tillar fakulteti nemis tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi Xolmatova Kibriyo Mirzayevna “Orzu, Maqsad, Muvaffaqiyat”;

- Ijtimoiy fanlar fakulteti tarix yo‘nalishi 4-kurs talabasi Faxriddinov Shoxrux Samandar o‘g‘li “Telefon patrul klubi”;

- Jismoiny madaniyat fakulteti 3-kurs talabasi Baratova Shohsanam Sobir qizi “Bolalarning jismoniy harakatlarini animatsiya ko‘rinishida namoyon etgan holda ularni sportga qiziqtirish”;

- Tabiiy fanlar fakulteti kimyo yo‘nalishi 4-kurs talabasi “O‘simliklarni o‘stiruvchi preparatlardan foydalanib g‘o‘za ekinidan yuqori hosil olish” kabi innovatsion ishlanmalari bilan qatnashishdi.

Universitet iqtidorli talabalari orasida 2018-2019 o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari va Davlat stipendiyalariga tanlovning 1-bosqichi o‘tkazildi. Unda barcha tashkiliy ishlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 iyuldagi 87-02-1258-sonli modemogrammasiga binoan olib borildi. E’lonlar o‘z vaqtida barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha fakultetlarga yetkazildi. Fakultet dekanlari tomonidan a’lochi, jamoatchi va dunyoqarashi keng talabalarning nomzodlari tavsiya etildi. Tanlovda ishtirok etishni xohlab hujjat topshirgan 33 nafar iqtidorli talaba O‘zbekiston tarixi, informatika va axborot texnologiyalari va chet tili (ingliz) fanlaridan 100 balli tizimda sinovdan o‘tkazildi. Universitet rektorining 2019 yil 5 iyuldagi №368T raqamli buyrug‘i asosida tuzilgan imtihon komissiyasi tomonidan sinov imtihonlarini o‘tkazish jarayonida adolatlilik prinsiplariga qat’iy amal qilindi. Sinovda yuqori natija ko‘rsatgan “Chet tillar” yo‘nalishi bo‘yicha 1 nafar talaba “Tabiiy fanlar yo‘nalishi” bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga, 11 nafar talaba esa Davlat stipendiyalari Respublika bosqichida ishtirok etish uchun saralab olindi va ularning hujjatlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi komissiyaga taqdim etildi.

Ulardan 1 nafari “Tabiiy fanlar yo‘nalishi” bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va 5 nafari Davlat stipendiyasiga munosib topildi. Bular:

3.7.-jadval

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Davlat stependiyalari sohiblarining ro‘yxati

Talabalarning

F.I.O.

Yo‘nalish shifri, nomi va kursi

Stipendiya turlari

1.

Boboyorova Shahnoza Majid qizi

5140500-Kimyo ta’lim yo‘nalishi,

4-kurs

Prezident

2.

Yusupova Mushtariy Baxtiyor qizi

5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi, 3-kurs

Navoiy

3.

Raximova Shalola Olim qizi

5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi, 3-kurs

Navoiy

4.

Jo‘rayeva Mohira Yunus qizi

5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi, 4-kurs

Navoiy

5.

Ikromova Muxlisa Akram qizi

5140100 - Biologiya ta’lim yo‘nalishi,

4-kurs

M.Ulug‘bek

6.

A’zamova Gulnoza Abduxoliq qizi

5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi, 3-kurs

Islom Karimov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 avgustdagi 702-sonli buyrug‘iga asosan, “Yil talabasi-2019” tanloviga universitetda tahsil olayotgan 28 nafar iqtidorli talabadan hujjat qabul qilindi. Jumladan, “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 6 ta, “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 4 ta, “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 4 ta, “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3 ta, “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 6 ta, “Yilning eng faol bloger talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 3 ta va “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” nominatsiyasi (xotin-qizlar uchun) bo‘yicha 2 ta talaba hujjat topshirdi. Tanlov nomzodlari hujjatlarini ko‘rib chiqish, vazirlikka taqdim etuvchi tashkiliy guruh to‘g‘risida universitet rektorining 2019 yil 7 sentabrdagi №974 T raqamli buyrug‘i chiqarilib, hakamlar hay’ati tuzilgan.

E’lonlar o‘z vaqtida barcha fakultetlarga yetkazildi. Fakultet Kengashi qarori bilan a’lochi, jamoatchi va dunyoqarashi keng talabalarning nomzodlari tavsiya etildi. Tanlovda ishtirok etishni hujjat topshirgan 28 nafar talaba sinovdan o‘tkazildi. Sinov imtihonlarini o‘tkazish jarayonida adolatlilik va oshkoralik prinsiplariga qat’iy amal qilindi. Sinovda yuqori natija ko‘rsatgan 20 nafar talaba tanlovning universitet bosqichi g‘olibi sifatida saralab olindi va “Yil talabasi-2019” tanlovining yangi tahrirdagi Nizom” ning 13-14-bandlariga asosan, universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moddiy rag‘batlantirildi. Bular:

1) “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Abdushukurova Shohsanam O‘rol qizi Pedagogika fakulteti mehnat ta’limi yo‘nalishi, 3-kurs talabasi – bazaviy hisoblash miqdorining yetti barobari miqdorida;

2-o‘rin: Boboyorova Shaxnoza Majid qizi Tabiiy fanlar fakulteti kimyo ta’lim yo‘nalishi, 4-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining olti barobari miqdorida;

3-o‘rin: Xayrullayev Shoxjaxon Nozimjonovich Xorijiy tillar fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi, 3-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida.

2) “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Ro‘zimurodova Lobar Baxtiyor qizi Fizika-matematika fakulteti informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi, 4-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining yetti barobari miqdorida;

2-o‘rin: Nabiyev Mashrab Abdivaitovich Filologiya fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi, 2-kurs - bazaviy hisoblash miqdorining olti barobari miqdorida;

3-o‘rin: Boboyorov Shohjaxon Shodiyor o‘g‘li Tabiiy fanlar fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi, 3-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida.

3) “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Yusupova Feruzabonu Zafar kizi Tabiiy fanlar fakulteti, kimyo ta’lim yo‘nalishi, 4-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining yetti barobari miqdorida;

2-o‘rin: Xurramova Sevara Muxtorovna Xorijiy tillar fakulteti xorijiy til (ingliz tili va adabiyoti) yo‘nalishi, 2-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining olti barobari miqdorida;

3-o‘rin: Absoatov Davron Soatmurod o‘g‘li Filologiya fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi, 4-kurs - bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida;

4) “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Karomatov Dovurxon Fozil o‘g‘li Jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi, 3-kurs - bazaviy hisoblash miqdorining yetti barobari miqdorida;

2-o‘rin: Egamov Laziz Qulmamat o‘g‘li Tabiiy fanlar fakulteti biotexnologiya yo‘nalishi, 2-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining olti barobari miqdorida;

3-o‘rin: Turobov Shahzod Hazrat o‘g‘li Pedagogika fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi, 4-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida.

5) “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Usmonova Nargiza Shuhrat qizi Xorijiy tillar fakulteti xorijiy til (ingliz tili va adabiyoti) yo‘nalishi, 2-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining yetti barobari miqdorida;

2-o‘rin: Raximova Shalola Olim qizi Filologiya fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi, 3-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining olti barobari miqdorida;

3-o‘rin: Shukurova Parizoda To‘lkin qizi Pedagogika fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi, 2-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida.

6) “Yilning eng faol bloger talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Homidov Xumoyun Ramazon o‘g‘li Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi, 4-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining yetti barobari miqdorida;

2-o‘rin: Boboyev Nasibali Sharif o‘g‘li Tabiiy fanlar fakulteti Biotexnologiya yo‘nalishi, 3-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining olti barobari miqdorida.

7) “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” nominatsiyasi (xotin-qizlar uchun) bo‘yicha

1-o‘rin: Jamolova Latofat Asqar qizi Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi, 4-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining yetti barobari miqdorida;

2-o‘rin: Sodiqova Umida Uchqun qizi Fizika-matematika fakulteti informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi, 2-kurs talabasi - bazaviy hisoblash miqdorining olti barobari miqdorida.

Har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘rin g‘oliblari tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi. Bular;

1) “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Abdushukurova Shohsanam O‘rol qizi Pedagogika fakulteti mehnat ta’limi yo‘nalishi, 3-kurs talabasi.

2) “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Ro‘zimurodova Lobar Baxtiyor qizi Fizika-matematika fakulteti informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi, 4-kurs talabasi.

3) “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Yusupova Feruzabonu Zafar kizi Tabiiy fanlar fakulteti, kimyo ta’lim yo‘nalishi, 4-kurs talabasi.

4) “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Karomatov Dovurxon Fozil o‘g‘li Jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi, 3-kurs.

5) “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Usmonova Nargiza Shuhrat qizi Xorijiy tillar fakulteti xorijiy til (ingliz tili va adabiyoti) yo‘nalishi, 2-kurs talabasi.

6) “Yilning eng faol bloger talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha

1-o‘rin: Homidov Xumoyun Ramazon o‘g‘li Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi, 4-kurs talabasi;

7) “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” nominatsiyasi (xotin-qizlar uchun) bo‘yicha

1-o‘rin: Jamolova Latofat Asqar qizi Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi, 4-kurs talabasi.

Bundan joriy o‘quv yili davomida tashqari universitetimiz iqtidorli talabalaridan xorijiy ilmiy jurnallarda 73 ta, Respublika ilmiy jurnallarida 46 ta, xalqaro konferensiyalarda 37 ta, Respublika konferensiyalarida 156 ta, OTM miqyosidagi konferensiyalarida 378 ta maqolalari bilan ishtirok etgan bo‘lsa, Davlat stipendiyalari g‘oliblari 6 ta, Talabalar Respublika Fan olimpiadasi g‘oliblari 3 ta, Respublika miqyosidagi ko‘rgazma va tanlov g‘oliblari 22 ta, xalqaro miqyosidagi ko‘rgazma va tanlov g‘oliblari 45 nafarni tashkil etdi.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________