0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Universitetda "navoiyxonlik" va "boburxonlik" tadbirlari

Ovozlar reytingi:  / 7
SayozZo'r 

Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Pedagogika fakulteti va musiqa ta’limi kafedrasi bilan hamkorlikda buyuk mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag‘ishlab

“Adabiyotning abadiy ikki dahosi” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazdi. Tadbirni universitet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor J.Shonazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng “Navoiyshunoslikning tarixiy taraqqiyoti masalalari” mavzusida professor B.Yo‘ldoshev, “Boburnoma”da sulolalar tavsifi” mavzusida o‘qituvchi X.Fayzullayev, “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida Vatan madhi” mavzusida 2-kurs magistranti, Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori Sh.Bobojonovalar buyuk daholarimizning adabiy, ilmiy merosi haqida mazmunli ma’ruza qildilar. Tadbir jarayonida talabalar Hazrat Alisher Navoiy va shoh-shoir Bobur ijodidan g‘azallar aytishdi, musiqiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Shuningdek, turkiy adabiyotni eng yuksak cho‘qqiga ko‘targan buyuk daholarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlangan videolavha tadbir ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi. Tadbir yakunida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri v.b., dots.D.Xalilova Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi haqida qisqacha to‘xtalib, tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga faxriy yorliq va kitob taqdim etdi. Buyuk mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Adabiyotning abadiy ikki dahosi” mavzusidagi adabiy-badiiy tadbir mazmunga boyligi bilan talabalarga ma’naviy nur baxsh etdi.

 

Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud topgan kuni munosabati bilan “Bobur - markazlashgan davlat asoschisi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent Q.Karimov, Adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti S.Mo‘minova, Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchilari L.Safarov, B.Daminova, o‘qituvchilar I.Razzoqov, F.Shodiyev, Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 019-84, 019-85 va 019-86 - guruh talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni Fizika-matematika fakulteti Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri dotsent Q.M.Karimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. “Bobur - markazlashgan davlat asoschisi” mavzusida Adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti S.Mo‘minova ma’ruza qildi. Shuningdek, tadbir mobaynida so‘zga chiqqanlar tomonidan Navoiy va Bobur ijodining o‘ziga xos jihatlari, asarlaridagi insoniylik, vatanparvarlik, do‘stlik, mehr-oqibat va ezgulik g‘oyalari tarannumi haqida keng ma’lumotlar berildi.

  

Bashariyat tarixida davlat arbobi, shoh, sarkarda va iste’dodli shoir sifatida iz qodirgan Zahiriddin Muhammad Bobur jahon madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan allomalardan biridir. 14 fevral sanasi esa O‘zbekistonda shoir tavallud topgan kun sifatida keng nishonlanadi. Ijtimoiy fanlar fakulteti Jahon tarixi kafedrasi tomonidan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bag‘ishlab “Mirzo Bobur-sen fig‘oning soldi olam uzra o‘t” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekanning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha muovini H.Ravshanov, kafedra mudiri t.f.d. G. Mo‘minova, fan nomzodlari M.Usmonov, A.Pardayev, katta o‘qituvchi A.Do‘stov va 018-1, 018-2, 018-94 guruh talabalari qatnashdi. Bobur - buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih, tilshunos, san’atshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida ko‘p qirrali faoliyat va ijod sohibi bo‘lgan. U qisqa umr ko‘rgan bo‘lsada, serjilo she’rlaridan tashqari, jahonga mashhur “Boburnoma”, “Mubayyin”, “Harb ishi”, “Xatti Boburiy”, “Aruz risolasi” kabi asarlar yaratib, kelajak avlodlar uchun katta meros qoldirgan. Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda mustaqillik yillarida xalqimizning boy madaniy merosi, ayniqsa, buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab allomalar tomonidan yaratilgan nodir, bebaho ilmiy asarlarning jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojidagi ahamiyati, ilmiy salohiyati, insoniyat tafakkurining, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va roli nihoyatda muhim ekanligini ta’kidlashdi. Xususan, Bobur hayoti va ijodi, o‘lmas asarlari, boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi o‘rni va roli nihoyatda katta ekanligi e’tirof etildi.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________