0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Zoyir Mirzayev rasman viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Joriy yilning 13-yanvar kuni xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida viloyat Kengashi deputatlari, Qashqadaryo viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat hokimligining boshqarma va bo‘limlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi raisi  Zaynilobiddin Nizomiddinov qatnashdi.

Dastlab, viloyat saylov komissiyasi raisining xalq deputatlari viloyat Kengashiga o‘tkazilgan saylov natijalari haqidagi axboroti eshitildi.

Shundan so‘ng xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Deputatlar xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish hamda viloyat Kengashidagi doimiy komissiyalarni tuzish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, Kengashning yettita doimiy komissiyasi tuzildi. 

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Dastlab ushbu masala yuzasidan siyosiy partiyalar guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi raisi Zaynilobiddin Nizomiddinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Zoyir Mirzayev nomzodini xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritilganligini bildirdi va uni o‘qib eshittirdi.

So‘ngra mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashidagi partiyalar guruh rahbarlarining fikr-mulohazalari tinglandi.

Deputatlar Zoyir Mirzayevning nomzodini qo‘llab-Quvvatlab, Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqladilar.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________