0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan sport tadbirlari o‘tkazildi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Ayni kunlarda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab sport musobaqalari va tadbirlar tashkil etilmoqda.

Qarshi davlat universiteti sport zalida tosh ko‘tarish va armrestling sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Mazkur musobaqada nafaqat Qarshi davlat universiteti talabalari, balki Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabalari va viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari g‘oliblik uchun bahs olib olib bordilar. Sport tadbirini Qarshi davlat universiyeteti Yoshlar bilan bo‘yicha prorektor J.Shonazarov kirish so‘zi bilan boshlab berdi. Universitet prorektori yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama sog‘lom va baquvvat bo‘lib yetishishlari uchun yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar xususida so‘z yuritdi. Davlat madhiyasi yangragandan so‘ng musobaqa ochiq deb e’lon qilindi. Dastlab 3 vazn toifasida bo‘lib o‘tgan armrestling musobaqalarida 70 kg vaznda Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Sanjar Shukurov g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 80 kg vaznda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchisi Fayzulla Muxtorov, +80 kg vaznda Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Rahimjon Nahamovlar tengsiz ekanligini isbotladilar. Qizlar o‘rtasidagi bahslarda mutloq vaznda Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Farangiz Xolmurodova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tosh ko‘tarish musobaqasida Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Laziz Egamov muvaffaqiyat qozondi.

Musobaqa g‘oliblari diplom va medal bilan taqdirlanib, esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Sport turlari oralig‘ida harbiylar va yosh sportchilar tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar musobaqaga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________