0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Erkin va farovon hayotimiz kafolati

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

O‘zbekiston konstitutsiyasi xalq hohish-irodasini ifoda etuvchi adolatli davlat farovon jamiyat va erkin xayot qurish va uni rivojlantirishning istiqbollarini belgilaydi.

Unda inson xayoti uning sha’ni, qadr-qimmati, xaq-xuquqlari va manfaatlari oliy qadriyat sifatida mustaxkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag‘ishlab, Qarshi davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Mehnat ta’limi” yo‘nalishi I- va III-bosqich talabalari, o‘qituvchilari ishtirokida “Qomusimiz - erkin va farovon hayotimiz kafolati” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Mehnat ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi K.Abdullayeva kirish so‘zi bilan ochdi.

Konstitutsiya - moddiy ma’noda avvalo inson va fuqaro huquqlari, erkinliklarini mustahkamlovchi va kafolatlovchi, shuningdek ijtimoiy tuzum asoslarini, boshqaruv shakli va davlat tuzilishi asoslarini, hokimiyat markaziy va mahalliy organlarini tashkil etish asoslarini, ularning vakolatlari va o‘zaro munosabatlarini belgilaydigan qonun, xujjati, xujjatlar yoki konstitutsiyaviy odatlar majmui. Rasmiy ma’noda barcha qonunlarga nisbatan oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan asosiy qonun. Konstitutsiyamizda shaxsiy xuquqlarga aloxida e’tibor berilganligi, shaxsning yashash xuquqi – bu insonning tug‘ilishi bilan vujudga keluvchi, uning biologik mavjudligini ta’minlovchi xamda davlat tomonidan muxofaza etiluvchi xuquq ekanligini ta’kidladi. Tadbirda, shuningdek, Mehnat ta’limi kafedrasi o‘qituvchilari B.Qurbonov va D.Xolmurodov so‘zga chiqib, Konstitutsiyada yashash huquqining mustahkamlanishi, davlat tomonidan uni qo‘riqlash va himoya qilishning kuchli mexanizmi yaratilganligi, Konstitutsiyada mustaxkamlangan, kafolatlangan inson va fuqarolarning yashash xuquqi joriy qonunlarda rivojlantirilayotganligi xususida to‘xtalib o‘tishdi. Bayramona kayfiyatda bo‘lib tadbirda faol talabalar taqdirlandi.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________