O‘zbek matematiklarining Qozon federal universitetiga ilmiy safari yakunlandi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 
Ko'rishlar soni: 1293

Joriy yilning 4 dekabr kuni N.I.Lobachevskiy nomidagi Matematika va mexanika institutida O‘zR FA akademigi, professor Shavkat Abdullayevich Ayupovning Fon Neyman va Yordan algebralari nazariyasiga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzasi tashkil etildi.

Bu mazkur safar doirasida O‘zbekistonlik matematiklarning oxirgi ilmiy ma’ruzasi bo‘ldi.

Bugun, 5-dekabr kuni, O‘zbekistonlik matematiklarni Qozon Xalqaro aeroportiga Qozon federal universiteti professor-o‘qituvchilari kuzatib qo‘yishdi. Moskva vaqti bilan soat 16:30 da O‘zbekistonlik matematiklar Qozon Xalqaro aeroportidan O‘zbekiston havo yo‘llari aviareysida Toshkentga jo‘nab ketishdi.

Shuning bilan, O‘zbek matematiklarining Qozon federal universitetiga ilmiy safari o‘z yakuniga yetdi

Нравится