
Mamlakatimizning har bir hududida “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari” shakllantirilib, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga manzilli yordam berilayotgani, shu qatorda ehtiyojmand oilalar vakillari bandligini ta’minlashga e’tibor kuchaytirilgani,
oilalar daromadini oshirish orqali ularni “temir daftar”dan chiqarish chora-tadbirlari ko‘rilayotgani va buning natijasida joylarda qator muammolar o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol albatta.
Ushbu ezgu va xayrli ishlar Qarshi davlat universitetida ham amalga oshirib kelinayotir. Jumladan, 2020-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan universitet Kengashining 4-son qaroriga asosan oliygohda tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari jami 54 nafariga, shundan ijtimoiy holatiga ko‘ra 20 nafariga bazaviy stipendiya to‘lashning 4 barobari miqdorida, 34 nafariga bazaviy stipendiya to‘lashning 6 barobari miqdorida bir martalik moddiy qo‘llab-quvvatlandi.
Qayd etish lozimki, ushbu talabalarni tanlab olishda ularning oilalari "Temir daftar"da bor yoki yo‘qligi, oilaviy sharoiti, ijtimoiy himoyaga muhtojligi, boquvchisini yo‘qotganligi, nogironligi kabi mezonlarga tayanildi.