
Joriy yilning 11-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan viloyat hokimi va ziyolilar uchrashuvi so‘ngida viloyatimizdagi OTMlarda tahsil olayotgan 20 nafar talabaga Zoyir Mirzayev qariyb 86 million so‘mlik sertifikatlar topshirdi.
Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, ushbu sertifikatlar orqali talabalarning shartnoma pullari to‘lab beriladi. Ushbu talabalarni tanlab olishda ularning oilaviy sharoiti, ijtimoiy himoyaga muhtojligi, boquvchisini yo‘qotganligi, nogironligi va “Temir daftar”da bor yoki yo‘qligi kabi mezonlarga tayanildi.
Bu kabi xayrli ishlar davomiy bo‘lishi, imtiyozga ega bo‘lgan talabalar kelajakda Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladigan salohiyatli yoshlar bo‘lib yetishishi ta’kidlandi.
Manba: nasafnews.uz