O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyining ochilish marosimi o‘tkazilishi kutilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi, boshqa oliy davlat o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda esa 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi. Imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarisiz kirish huquqi beriladi.
Suratda Shahrisabzdagi «Temurbeklar maktabi»ning tashqi ko‘rinishi.