
Qarshi davlat universiteti Filologiya fakultetida professor-o‘qituvchilar ishtirokida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarni fakultet dekani, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Rashid Jumayev ochib berdi.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Adiba Shaymanova Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi bo‘yicha o‘quv seminar o‘tdi. Adiba Shaymanova Murojaatnomada ilgari surilgan fikrlar haqida qisqacha izoh berib, davlat rahbarining “Buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy hazratlarining “Tiriklik hikmatini sog‘liqda, deb bilgin”, degan chuqur ma’noli so‘zlari naqadar to‘g‘ri ekanini hayotning o‘zi bugun qayta-qayta isbotlayotganligini ta’kidladi.
Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n, yuz barobar ko‘p foyda keltiradi.
Tadbir jarayonida professor-o‘qituvchilar ham Murojaatnoma yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.