0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Akademik litseyga saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Ovozlar reytingi:  / 2
SayozZo'r 

20020/2021 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 50 000 nafarga yaqin bitiruvchilarini akademik litseylarga qabul qilish bo‘yicha saralash imtihonlari boshlandi.

2020-yil 7-15 sentabr kunlari 2020/2021 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari huzuridagi mavjud 65 ta akademik litseylarda belgilangan grafik asosida, bir smenada ertalab 8:00 dan 10:00 ga qadar ta’lim muassasasi hududida joylashgan sport maydon(plats)larda, barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etgan holda saralash imtihonlari o‘tkazilishi belgilangan. Joriy yilning 10-sentabr kuni Qarshi davlat universiteti huzuridagi akademik litseyda saralash imtihonlari o‘tkazildi. Litsey hududida joylashgan maydonda 400 nafar talabgor bir vaqtning o‘zida imtihon topshirishlari uchun joy hozirlandi. Saralash imtihonlari o‘tkaziladigan hududga kirishda dastlab talabgorlarning tana harorati o‘lchanib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilindi. Shu kuni akademik litseyga o‘qishga kirish uchun saralash imtihonlarida qatnashishi lozim bo‘lgan 385 nafar talabgordan 30 nafari saralash imtihonlarida qatnashmadi. Imtihonlarda yo‘nalishlar kesimida 3 ta fandan umumiy 45 ta test savollari shakllantirildi. Qabul rejaga asosan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 210 nafar talabgor saralab olinadi. Saralash imtihonlari natijalari imtihon bo‘lib o‘tgan sanadan boshlab, 3(uch) kundan so‘ng www.qarshidu.uz sayti va t.me/QarshiduAkademiklitseyi telegram kanalida joylashtiriladi.

Ma’lumot uchun, ayni kunda Qarshi davlat universiteti huzuridagi akademik litseyda 5 ta yo‘nalishda 680 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Litseyni tamomlagan o‘quvchilarga diplom va tegishli yo‘nalish bo‘yicha sertifikat beriladi.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________