0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Magistraturaga topshirishga ikkilanayotganlar uchun zo‘r tavsiya

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi muddatiga oz qoldi.

Haliyam qaysi oliy ta’lim muassasasi va mutaxassislikni tanlashga ikkilanayotgan abituriyentlar uchun TAVSIYA  tayyorladik.

Bilasizmi? Respublika oliy ta’lim muassasalari Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturlari doirasida bir qancha loyihalarda ishtirok etib kelishmoqda.

 

Aynan mazkur loyihalar doirasida oliy ta’lim muassasalarida bir nechta yangi magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan

(Erasmus+ dasturi – ta’lim, professional ta’limni taraqqiy ettirish, yoshlarni kamolotga yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bo‘yicha 2014-2020 yillar uchun Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturdir).

 

Mazkur mutaxassisliklarda ta’lim olishning AFZALLIKLARI:

 

mehnat bozorida talab etiladigan zamonaviy mutaxassislik;

 

o‘quv rejalari va dasturlari loyiha doirasida hamkor Yevropa oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan;

 

ta’lim jarayoni loyiha mablag‘lari doirasida so‘nggi texnologiyalar asosida jihozlangan o‘quv-laboratoriya xonalarida olib boriladi:

 

talabalarga hamkor Yevropa oliy ta’lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruza, vebinarlar tashkil etilishi mumkin.

 

Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ CBHE loyihalari doirasida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan magistratura mutaxassisliklari (2020/2021 o‘quv yili qabuli bo‘yicha) ro‘yxatini quyida havola qilamiz:

 

Loyiha nomi: “CLASS”

Mutaxassislik nomi:

“5A120106-Kompyuter lingvistikasi”

 

Qaysi OTMlarda?

O‘zbekiston milliy universiteti;

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti;

Samarqand davlat chet tillar instituti;

Urganch davlat universiteti.

 

Loyiha nomi: “ECCUM”

Mutaxassislik nomi:

“5A130301-Matematik injiniring”

 

Qaysi OTMda? Urganch davlat universiteti.

 

Loyiha nomi: “RENES”

Mutaxassislik nomi:

“5A140204-Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi”

 

Qaysi OTMlarda?

Urganch davlat universiteti;

Andijon davlat universiteti;

Guliston davlat universiteti;

Qarshi davlat universiteti.

 

Loyiha nomi: “INTRAS”

Mutaxassislik nomi:

“5A310609-Intellektual transport tizimlari”

 

Qaysi OTMlarda?

Toshkent davlat transport universiteti;

Andijon mashinasozlik instituti;

Jizzax politexnika instituti;

Termiz davlat universiteti.

 

Loyiha nomi: “INTRAS”

Mutaxassislik nomi:

“5A350902-Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari”

Qaysi OTMda?

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

 

Loyiha nomi: “MECHAUZ”

Mutaxassislik nomi:

“5A312601-Mexatronika va robototexnika”

 

Qaysi OTMda? Andijon mashinasozlik instituti

 

Loyiha nomi: “GE-UZ”

Mutaxassislik nomi:

“5A313401-Geodeziya va geoinformatika”

 

Qaysi OTMlarda?

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;

O‘zbekiston milliy universiteti;

Toshkent arxitektura-qurilish instituti;

Qoraqalpoq davlat universiteti.

 

Loyiha nomi: “SPACECO”

Mutaxassislik nomi:

“5A350903-Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari”

 

Qaysi OTMda? Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

 

Loyiha nomi: “SPHERE”

Mutaxassislik nomi:

“5A440115-Favqulotda vaziyatlarda veterinariya nazorati va jamoat sog‘lig‘ini saqlash”

 

Qaysi OTMda? Samarqand veterinariya meditsinasi instituti

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________