0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Oliy ta’lim muassasalaridagi to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar karantin munosabati bilan kontrakt pulini to‘lashga ulgurmagan bo‘lsa, ularga muddat uzaytiriladimi?

Ovozlar reytingi:  / 5
SayozZo'r 

U.Begimqulov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari:

- 2019/2020 o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga joriy o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kontrakt pulini 2020-yil 20-martga qadar to‘lashga ruxsat berilgan edi.

YA’ni ushbu muddatga qadar kontrakt to‘lagan abituriyent talabalikka qabul qilinadi, aks holda talaba bo‘la olmaydi.

O‘zi shundoq ham bu muddat istisno tariqasida 2019 yil sentabr oyidan beri muntazam ravishda darslarga qatnab turgan, ayrim sabablarga ko‘ra kontrakt pulini 2019 yil 31 dekabrgacha to‘lay olmagan abituriyentlar uchun imkoniyat sifatida berilgan edi. Hozirgacha 20 martga qadar to‘lay olmaganlik va muddatni uzaytirish haqida hech qanday murojaat kelib tushmadi.

Agar 1 kurslardan shunday murojaat bo‘lgan taqdirda, ushbu masala Davlat qabul komissiyasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Talabalikka qabul qilinib, birinchi semestrni yakunlagan 1-bosqich hamda boshqa barcha bosqichlardagi talabalarning kontrakt pulini to‘lash muddatlari oliy ta’lim muassasasining rektori ruxsati asosida amalga oshiriladi.

Chunki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-sonli Qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari rektorlariga to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlarini uzaytirish vakolati berilgan.

Karantin tugaganidan keyin oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga tavsiya qilamiz ular kontrakt to‘lash muddatini uzaytirish bo‘yicha o‘zlarining qarorlarini qabul qiladilar.

Kontrakt masalasida muammo bo‘lmaydi. Har yili ham turli sabablarga o‘z vaqtida to‘lay olmaganlarga sharoit yaratib berilgan. Bu yilgi holatda qachon va qanday tartibda to‘lov davom ettirilishi mumkinligi yuzasidan navbatdan tashqari ta’til tamomlanganidan so‘ng albatta xabar beramiz.

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda vazir o‘rinbosari koronavirus infeksiyasi profilaktikasi munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida ta’til berilishi sababli fuqarolar tomonidan berilayotgan  savollarga javob qaytardi.

Brifing "UzReport" telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.

Ukam Yevropadagi oliy o‘quv yurtlaridan birida ta’lim olish uchun grant yutib olgan, hujjatlarini tayyorlab aprel oyining boshlarida ketishi kerak, lekin hozirgi koronavirus karantini sabab ta’lim olish uchun O‘zbekistondan chiqib ketish imkoniyatlari bormi?

U.Begimqulov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari:

- Bu va shu kabi savollarga bir xil javob aytish mumkin. Avvalo, biroz sabr qilish kerak. Chunki biz o‘sha vaqt – aprel oyining birinchi o‘n kunligiga qadar aviaqatnovlar boshlash yoki boshlamasligini bilmaymiz.

Bu holda fuqaro o‘sha o‘zi o‘qimoqchi bo‘lgan ta’lim muassasasi bilan Internet aloqasi orqali bog‘lanib, vaziyatni aniqlashi kerak. Asosan ular bu masalada aniq, to‘g‘ri va asosli javob bera oladi. Balki ular o‘qish muddatini keyinroqqa ko‘chirishi mumkin. Chunki Yevropaning deyarli barcha davlatlarida karantin va ayrimlarida hatto favqulodda holat e’lon qilingan.

Ammo hozirda O‘zbekistondan chiqib ketish imkoniyatingiz mavjud emasligini ham ma’lum qilamiz. Chunki yo‘lovchi tashiydigan barcha xalqaro aviaqatnovlar to‘liq to‘xtatilgan.

Qolaversa, bu masala faqat O‘zbekiston bilan bog‘liq ish emas. Bu hozir global darajadagi masala bo‘lib turibdi. O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘z yurtlariga chiqib keta oladilarmi?

U.Begimqulov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari:

- Xorijlik talabalar va fuqarolar o‘zlarining yurtlariga chiqib ketishlari uchun hech qanday ta’qiq va to‘siq mavjud emas. O‘rnatilgan tartibda o‘zlarining yurtlariga chiqib ketishlari mumkin.

Muammo shundaki, juda ko‘plab mamlakatlar hatto o‘zlarining fuqarolarini ham mamlakat ichkarisiga qabul qilishga o‘zlarining talablari mavjud.

Maqsad oddiy: fuqarolar koronavirus infeksiyasining davlatlararo tashuvchisiga aylanib qolishlarining oldini olishdan iborat, xolos.

Xorijlik talabalar o‘z yurtiga jo‘nab ketgunga qadar yotoqxonada qolsa bo‘ladimi, chiqarib yuborilmaydimi?

- O‘zining doimiy yashash joyiga chiqib ketish imkoniyatiga ega bo‘lmagan xorijlik talabalar uchun oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi talabalar turar joylaridan joy ajratilgan. Ularga zarur bo‘ladigan barcha sharoitlar yaratib berilgan. Germaniyaga grant yutib olganman, u yerga diplom nusxasini iyul oyining oxirigacha topshirish kerak. Agar topshirmasa grant kuyib ketadi. Karantin tufayli qoldirilgan darslar keyinchalik diplom himoyasi va diplom olish vaqtlariga ta’sir qiladimi?

U.Begimqulov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari:

- Ma’lumki, hozirda barcha talabalar ta’tilda. Shunday bo‘lsa ham darslarni on-layn ma’ruzalar va mustaqil ta’limga mo‘ljallangan elektron resurslar asosida o‘zlashtirish imkoniyatini yaratganmiz.

Qoldirilgan darslarni o‘zlashtirish bo‘yicha tegishli  choralar ko‘riladi, diplom ishini himoya qilish uchun ham tashkiliy choralar belgilanadi.

Garchi muddatlar uzaytirilsa, shuni ham aytish kerakki, nafaqat Germaniya, balki boshqa davlatlardagi ta’lim muassasalari ham ushbu holatni inobatga olishga qaratilgan qarorlar qabul qiladi deb o‘ylaymiz.

Koronavirus tufayli qoldirilgan darslar va oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari nima bo‘ladi?

- Birinchidan, shuni aytish kerakki, darslar hammasi ham qoldirilayotgani yo‘q. Biz oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘quv dasturlarimizdagi mavzularni onlayn o‘tkazib borish tizimini yo‘lga qo‘ydik.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ta’til vaqtida talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qo‘llab-quvvatlash maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ham @eduuz_online loyihasini yo‘lga qo‘ydi.

Mazkur loyiha orqali mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining eng malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan videoma’ruzalar ushbu kanalga muntazam joylashtirib boriladi.

Mening yurtim (MY5) telekanalida haftaning dushanbadan juma kuniga qadar soat 10-30 dan 12-00 ga qadar oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Psixologiya va ingliz tili fanlaridan ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari odatda avgust oyida o‘tkaziladi. O‘sha vaqtga kelib vaziyat barqarorlashadi degan umiddamiz.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________