0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



QarDUda Jahon banki loyihasi doirasida hududiy seminar tashkil qilindi

Ovozlar reytingi:  / 15
SayozZo'r 

Qarshi davlat universitetida 2020 yilning 14 mart kuni  Jahon bankining Akademik innovatsiyalar fondi mablag‘lari doirasida  “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalar” loyihasi  rejasiga asosan

universitetda viloyatdagi OTMlarning professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari ishtirokida “Oliy ta’limda mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish” mavzusida hududiy seminar tashkil qilindi. Shuningdek, shu kuni fizika-matematika fakultetida loyihada mo‘ljallangan ishlar doirasida “Masofaviy ta’lim markazi”ning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘quv ishlari prorektori Y.Eshkabilov, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i M.Fayzullayev, QarMII o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Sh.Turdiyev, QarMII ATM boshlig‘i B.Ochilov, shuningdek TATU Qarshi filiali vakillari, Toshkent pedagogika universiteti Shahrisabz filialidan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda Fizika-matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Loyiha rahbari Y.Eshkabilov loyihaning kun tartibidagi 1-masala “AQSH Jahon bankining “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalar” innovatsion loyihasi mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzachi loyihaning asosiy maqsadi, loyihadan ko‘zlangan maqsad va loyihaning bajarilish holati haqida batafsil fikr bildirdi. Ayniqsa, talabalar bilimini baholashda mustaqil ta’limning o‘rni katta ekanligi alohida ta’kidladi. Shundan so‘ng universitet ATM boshlig‘i B.Shovaliyev “O‘quv jarayonida Moodle elektron platformasidan foydalanish” bo‘yicha ma’ruza qildi. Unda moddiy texnik bazani takomillashtirish borasida bajarilgan va rejalashtirilgan ishlar  hamda Moodle platformasidan foydalanish bo‘yicha universitetda olib borilayotgan ishlar haqida malumot berdi. Moodle platformasida 9786 nafar foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, hozirgi paytda kimyo, amaliy matematika, filologiya va tillarni o‘qitish:ingliz tili ta’lim yo‘nalishlarining 1-kurslari ushbu platformadan keng qo‘lanilayotganliklari, ularning natijalari statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilindi.

Kun tartibidagi keyingi masala yuzasidan QarMII ATM boshlig‘i B.Ochilov “Oliy ta’lim o‘quv jarayoniga “E-MINBAR” elektron platformasini joriy etish” mavzusida chiqish qildi. Ma’ruzada “E-MINBAR” elektron platformasi, uning ishlash prinsipi, afzalliklari va hozirgi davrda muhim ahmiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.  Kun tartibidagi 4-masala yuzasidan TATU Qarshi filiali dekan o‘rinbosari M.Ochilov “Modul-kredit tizimini joriy etish masalalari” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida joriy qilingan Modul-kredit tizimi atroflicha bayon qilindi. Ma’ruzachi hozirgi kunda bosqichma-bosqich ushbu tizimga o‘tish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni mazmun mohiyatiga e’tiborni qaratdi.      

Hududiy seminar so‘ngida tadbir ishtirokchilari universitetning Axborot texnologiyalari markazi, Axborot resurs markazi bilan tanishib, bu yerda shart-sharoitlar hamda yaratilgan innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishdilar.


MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________