0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Xorijlik mutaxassislar tashrifi

Ovozlar reytingi:  / 7
SayozZo'r 

Shu yilning 4-8 fevral kunlari Qarshi davlat universitetiga Belgorod davlat universitetining yetakchi olimlari Rus tili, kasbiy-nutq va madaniyatlararo aloqa kafedrasi dotsenti Kuleshova Raisa Vladimirovna, qo‘shimcha ta’lim bo‘yicha yetakchi mutaxassis Korobskix Lyudmila Sergeyevna tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad Qarshi davlat universiteti va Belgorod davlat universiteti hamkorligida ochilgan qo‘shma ta’lim markazi faoliyati doirasida rus tilidan test sinovlarini tashkil etish, 5111300 - Ona tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalari uchun maxsus fanlar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish (xorijiy tillar guruhlarida rus tili va adabiyoti) ko‘zda tutildi. Xorijlik mutaxassislar tomonidan xizmat tashrifi davomida markaz talabalari bilan mashg‘ulotlar, Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari uchun master-klass, talabalar uchun ma’ruzalar, pedagogik mahorat, innovatsion ta’lim texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashish bo‘yicha davra suhbatlari tashkil etildi. Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilarini seminarlar shaklida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha masofaviy kurslarni tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi. Tashrif so‘ngida xorijlik mehmonlar uchun Shahrisabzning diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil qilindi.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOGALEREYA

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________