0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Mustaqillik va ogohlik

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

 Joriy yilning 12-13 sentyabr kunlari Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashi majlisi o‘tkazildi. Unda Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston davlatlari rag‘barlari uchrashib, bir qator dolzarb mavzularni muhokama etishdi.

Ma'lumki, ShHTga a'zo davlatlar xalqaro terrorizm, separatizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, narkotik moddalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy aylanishiga, axborot xavfsizligiga tahdid solayotgan xavflarga qarshi faol hamda izchil kurashmoqda.

Prezidentimiz I.Karimovning SAMMITdagi  so‘zlagan nutqida xalqaro olamdagi voqyealar, Suriya va Afg‘oniston masalalari bilan bir qatorda boshqa qator hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan mushtarak qarashlar o‘z ifodasini topdi.

Ogohlik va xavfsizlik mavzusi yuqori darajadagi xalqaro uchrashuv va tadbirlarning doimiy masalalaridan bo‘lgani kabi bo‘lsa,  mamlakatimizning har bir fuqarosining ham diqqat-etiboridagi masala bo‘lib qolmoqda. 2013 yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, viloyat prokuraturasi bilan viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari hamkorligida o‘tkazilgan “Oliy ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samaradorligini oshirish” yo‘nalishidagi maxsus tadbir ham oliy ta'lim sohasi musasaddilari, mas'ullarini yana bor hushyorlik va ogohlikka undashi bilan xarakterli bo‘ldi. So‘nggi paytlarda respublika oliy o‘quv yurtlarida uchrab turgan turli qonunbuzilish  hamda ichki tahdidlar sifatida namoyon bo‘ladigan ta'magirlik va tovlamachilik holatlaridan ogoh bo‘lish, asosiy maqsad-muddaomiz – ta'lim-tarbiya, yoshlarni har tomonlama yetuk, ma'nan sog‘lom qilib tarbiyalashdek muqaddas va sharafli ishdan og‘ishmaslik, fidoyilik ko‘rsatish, xatolardan oqilona xulosalar chiqarish lozimligi ta'kidlandi.

Universitetda huquqni muhofaza qiluvchi  va boshqa jamoat tashkilotlari bilan 2013-2014 o‘quv yili uchun hamkorlik tadbirlari rejasi ishlab chiqildi. Bu hamkorlik tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, uning samarali va ijobiy natijalariga erishish uchun har birimiz mas'ul ekanligimizni yodda tutaylik. 

 

                                      Universitet Ma'naviy-axloqiy tarbiya bo‘limi

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________