0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab tadbirlar o‘tkazildi

Ovozlar reytingi:  / 3
SayozZo'r 

Qarshi shahar 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi IV-kurs talabalari va Mehnat ta’limi kafedrasi hamda

Qarshi shahar 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Qarshi shahridagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari hamkorligida “Konstitutsiya- baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tadbirni Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini p.f.f.d. I.A.Yuldoshev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Qarshi Davlat 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Z.A.Tursunova barchani yaqinlashib kelayotgan 8-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” bilan tabrikladi. Mazkur maktabda pedagogik malakaviy amaliyotni o‘tayotgan Qarshi davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi IV-bosqich talabalari tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etilib, “Shukronalik” she’ri ifodali o‘qildi. 8-sinf o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan moddalar va Konstitutsiya haqida she’rlar aytib berishdi. “Millatlar hamdo‘stligi” mavzusida badiiy chiqishdan so‘ng, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusi doirasida badiiy lavha namoyish etildi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari ishtirokida “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektakli Konstitutsiya bilan bog‘langan zamonaviy talqinda ijro etildi. Qarshi shahar 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan 8-sinf o‘quvchilari tomonidan harbiy chiqishlar namoyish etildi. Yakunda tadbirni tashkillashtirishda o‘z hissasini qo‘shgan maktab jamoasi o‘qituvchilari universitet ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Faol maktab o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi va ertak kitoblar estalik sovg‘a sifatida topshirildi.

 

 

Jismoniy madaniyat fakulteti Xotin-qizlar yo‘nalishi 019-107-guruh talabalari tomonidan “Konstitutsiya-baxtimiz komusi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir avvalida inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish va aholi farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda Bosh qomusimiz muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Tadbir davomida konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi hamda turli badiiy chiqishlar namoyish etildi. Yakunda fakultet dekani F.Eshpo‘latov iqtidorli talabalarni faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________