0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07



O‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tadigan OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrda «Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida»gi 967-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan quyidagi 10 ta oliy ta’lim muassasasi tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi:

1️⃣ Samarqand davlat chet tillari instituti

2️⃣ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

3️⃣ Toshkent davlat yuridik universiteti

4️⃣ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

5️⃣ Toshkent moliya instituti

6️⃣ Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

7️⃣ Toshkent farmatsevtika insituti

8️⃣ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

9️⃣ Urganch davlat universiteti

10 Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti

Mazkur OTMlarning ilmiy pedagogik salohiyati yuqoriligi, moliyaviy faoliyatining barqarorligi, moddiy-texnika bazasi yetarli darajadaligi, ta’lim xizmatlari bozorida mazkur mutaxassisliklarga talab yuqoriligi inobatga olingan.

Qarorga ko‘ra, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan OTMda to‘lov-kontrakti asosida ta’lim olayotgan talabalarning kontrakt to‘lash muddatlari tomonlar kelishuviga ko‘ra shartnoma asosida belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyulda qabul qilingan PQ-4391-sonli Qarori (http://lex.uz/docs/4415478)bilan 2020-yildan boshlab ta’lim xizmatlari bozorida OTMlarining ayrim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqoriligi va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, ularni bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tish belgilangan.

MASOFAVIY TA'LIM

INTERAKTIV XIZMATLAR

PEDAGOGIK PORTFOLIO

FOTOLAVHALAR

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________