“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”

7-Dekabr 2024, 09:20
Universitet yangiliklari

Har yili butun dunyo bo‘ylab  “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” nomi ostida kompaniya o‘tkaziladi. Ushbu kompaniya ayollarga nisbatan zo‘ravonlik inson huquqlariga zid harakat ekanini ifodalovchi fikr bilan ramziy bog‘langan ikki voqea 25- noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish kunida boshlanib, 10-dekabr–Xalqaro inson huquqlari kunida yakuniga yetadi. Har yili  yurtimizda ham bu kompaniya doirasida davlat, NNTlar va Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda juda katta samarali ishlar amalga oshiriladi. Pedagogika fakultetida “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni bartaraf etish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB HPB boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Z.Rustamova, universitet Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi boshlig'i Sh.Karamova va profilaktika inspektori D.Ro‘ziyeva, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zlaganlar oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikning oldini olish va uning salbiy oqibatlari, ayollarning bugungi jamiyatdagi o‘rni, ularning huquqlarini himoya qilish, ayollar jamiyatning faol a’zosi ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Tadbir davomida mavzuga doir videolavha, shuningdek, fakultet talabalari tomonidan “Adashgan ayol” nomli sahna ko’rinishi namoyish etildi.