Korrupsiyasiz sog‘lom jamiyat sari

7-Dekabr 2024, 09:18
Universitet yangiliklari

Jamiyat uchun eng xatarli illatlardan biri korrupsiyadir. U qonun ustuvorligi va adolatning izdan chiqishi, davlat organlariga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi. Filologiya fakultetida “Korrupsiyasiz sog‘lom jamiyat sari” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini bohqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Ahmedov, fakultet professor-o‘qituvchilari, filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili), kutubxona-axborot faoliyati, amaliy filologiya yo‘nalishlari 4-kurs talabalari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar korrupsiyaviy holatlar tufayli yuzaga keladigan tahdidlar, jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash, ayniqsa inson huquqlari va erkinlarini ta’minlashda ushbu illatning ta’siri, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish omillari xususida to‘xtaldilar. Qatnashchilar nafaqat bugun, balki kelgusida ham har qanday sharoitda bo‘lmasin, bunday jinoyatlardan ogoh bo‘lishlari, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi murosasiz kurashishlari kerakligi xususida ta’kidlandi.