Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi
Xorijiy tillar hamda Matematika va kompyuter ilmlari fakultetlari talabalari, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o'rinbosarlari, Yoshlar bilan ishlash bo'limi tyutorlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda universitetning Falsafa va sotsiologiya kafedrasi dotsenti Z.Boymurodov, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Olim Narzullayev, viloyat Adliya boshqarmasi xodimi V.Boboyeva va talabalardan D.Shavkatova o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ta’kidlanganidek, Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralar, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi. U nafaqat huquqiy, ijtimoiy va siyosiy, balki barchani jipslashtiradigan, fuqarolar o‘z orzu-umidlari, huquq va manfaatlari yechimini ko‘radigan hujjatdir. Shuningdek, yangilangan Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, aholining ehtiyojmand toifalarining hayot sifatini oshirish, har kim uy-joyga ega bo‘lishini ta’minlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator normalarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Tadbirda faol qatnashgan talabalar Toshkent davlat yuridik universiteti professori O.Narzullayev tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.