3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni
Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktyabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Binobarin, aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi.Sana munosabati bilan bugun Xalqaro qo‘shma ta'lim dasturlari fakulteti professor-o‘qituvchilari, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va talabalar universitet faxriy o‘qituvchisi, dotsent K.Mirzayeva va Komilon mahallasida istiqomat qiluvchi O.Avazov xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar olishdi. Samimiy suhbat shukronalik duolariga ulandi. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan ayni mazmundagi manzilli yo‘qlovlar davom ettirilmoqda.