Xodimlar bo'limi


Tirkashov  Muxiddin Safarovich

Xodimlar bo‘limi boshlig‘i

Telefon: 221-21-06 (+99890) 609-08-74

Electron manzil: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

Xodimlar bo‘limining asosiy vazifalari.

1. Universitet xizmatchilarini ishga qabul qilish, lavozimini o‘zgartirish va ishdan bo‘shatish  buyruqlarini hamda vazirlik va rektor tasdiqlashi uchun xujjatlarni tayyorlash, ishchi va xizmatchilarga ta’til berish mehnat grafigini belgilash, xayfsan berish,  xizmat safariga yuborishga oid  buyruqlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish;

2. Lavozim maoshlari, nafaqalar, ijtimoiy yordamlar va boshqalarni tayinlash bo‘yicha buyruqlar loyihalarni tayyorlash va tarifikatsiya jarayonida ishtirok etish;

3.  Diplom va ilovalarga  buyurtma berish  va diplomlarni rasmiylashtirish;

4. Talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar, tinglovchilarga nisbatan: o‘qish jarayonini tashkil etishni, ularni o‘qishga qabul qilish, boshqa ta’lim yo‘nalishiga o‘qishini ko‘chirish, fanlarni o‘zlashtira olmayotgan talabalarni universitetdan  chetlashtirish, o‘qishdan chetlashtirilganlarni o‘rnatilgan tartibda qayta tiklash, talabalarni kursdan kursga o‘tkazish, stipendiya buyruqlarini rasmiylashtirish va tegishliligi bo‘yicha tarqatish; homiladorlik, bola parvarishlash ta’tillaridan foydalanish, mehnat va o‘quv intizomini,  ish beruvchi bilan xodim hamda ta’lim oluvchilar  o‘rtasida  yuzaga  keladigan  boshqa huquqiy munosabatlar masalalarini  meyoriy hujjat asosida tartibga soladi. Bu buyruqlar  asosiy normativ xujjat hisoblanadi.

JoomShaper