XO’JALIK BO’LIMI

Bo’lim boshlig’i:

Bo’riyev Raxim Ro’ziboyevich 

Telefon : (+998 75) 221-21-09

Faks:      (+998 75) 225-57-01

Elektron manzil: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

I. Xo’jalik ishining maqsadi va vazifasi:

Xo’jalik bo’limining boshlig’i bo’lim faoliyatini takomillashtirish bo’yicha ichki ish rejasi va nizomini tuzish hamda ishlab chiqish , xo’jalik sohasida xizmat ko’rsatishni hamda ishlab chiqarish sanitariyasi va yong’in xavfsizligi qoyidalari hamda me’yorlariga muofiq oliy ta’lim bo’linmalari joylashgan binolar bilan xonalarga tegishli holatni ta’minlash va moddiy texnika ta’minoti hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali quyidagi vazifalarni amalgam oshirish mumkin bo’ladi:

  • xo’jalik bo’limining boshlig’i xo’jalikka oid xizmatlar ko’rsatilishini hamda ishlab chiqarish sanitariyasi va yong’in xavfsizligi qoyidalari hamda me’yorlariga muvofiq binolar bilan xonalarga tegishli holatni, xodimlarning samarali ishlashi uchun shart – sharoyitlar yaratilishini ta’minlaydi;
  • ta’mirlash ishlari sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
  • bo’limlarning moddiy texnika hamda xo’jalik ashyolari bilan ta’minlaydi;
  • ularni saqlanishini va ta’mirlash ishlari o’z vaqtida o’tkazilishini kuzatib boradi;
  • xizmatlar ko’rsatish , xo’jalik materiallari anjomlar olish to’g’risidagi shartnomalar tuzish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirishini tashkil qiladi , shuningdek materiallar bilan anjomlar sarflanishini hisobini yuritadi va hisobot tuzadi;
  • hududiy obodonlashtirish , ko’kalamzorlashtirish va supurib - sidirish , peshtoqlarni bayramlarda badiiy bezash ishlariga rahbarlik qiladi;
  • tabel hisobini tashkil etish , ta’tillarning jadvallarini va ish kuni tartibini tuzish ishlarini bajaradi;
  • kichik xizmat xodimlarining ishiga rahbarlik qiladi.

II. Xo’jalik ishining asosiy yo’nalishlari:

  • yuqori tashkilotlarning xo’jalik sohasida xizmat ko’rsatishga taaluqli qarorlari , farmoyishlari , buyruqlarini, me’yoriy hamda boshqa rahbariy hujjatlarni;
  • xizmat ko’rsatish to’g’risida o’zga tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va rasmiylashtirish tartibini;
  • tabel hisobini tashkil etishni , xizmatlar uchun hisob – kitoblarni rasmiylashtirishni;
  • iqtisodiyot asoslarini, mehnat to’g’risidagi qonun asoslarini , mehnatni muhofaza qilish;
  • xavfsizlik texnikasi ishlab chiqarish sanitariyasi va yong’inga qarshi himoya qoidalari hamda me’yorlarini;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga amal qilgan holda vijdonan mehnat qilish;
  • institutning binolarida o‘tkaziladigan shanbalik va boshqa tozalik tadbirlariga aktiv vijdonan yondashish; 

III. Huquqlari:

  • xo‘jalik bo‘limining boshlig‘i oliy o‘quv yurti tarkibiy bo‘limlariga foydalanish uchun topshirilgan xo‘jalik anjomlarini ehtiyotkorlik bilan avylab ishlatishni tegishli moddiy javobgar va kamendantlardan talab qilish;
  • oily o‘quv yurtiga yetkazilgan moddiy zararni aybdor shaxslardan undirib olish to‘g‘risida hujjat taqdim qilish huquqiga ega. 

IV. Majburiyatlari:

  • halol va vijdonan ishlash;
  • institutdagi mehnat tartib intizomiga rioya qilish;
  • ish kuni davomida belgilangan topshiriqlarni bajarilishini ta’minlash;
  • mehnat muhofazasi , texnik xavfsizligi , ishlab chiqarish sanitariyasi , mehnat gigiyenasi va yong‘in xavfsizligi yo‘riqnomasi hamda ichki tartib intizomga qat’iy rioya qilish;
  • har kuni ish joyini muayyan tartib va tozaligini ta’minlash;
  • o‘zini munosib tutish , odob va axloq hamda milliy qadriyatlarimizga amal qilib kishilar bilan muloqot odobiga rioya qilish;
  • turli jihoz , asbop uskunalar va aparat dasgohlarni hamda moddiy boyliklarni saqlash ulardan samarali foydalanish majburiyatlarini oladi. 

V. Javobgarligi:

 Xo‘jalik bo‘limining boshlig‘i huquqiy hujjatlarda va ushbu yo‘riqnomada ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarmaganligi va huquqlardan foydalanmaganligi uchun javobgar bo‘ladi. 

JoomShaper