Reja-Moliya bo'limi

   

 

    Bo‘lim boshlig‘i: Xolbayev Sodiq O‘taganovich    

    Telefon: 8 (375) 225 17 48

    E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

                                                           

 

 

Reja-moliya bo‘limi universitetning alohida bo‘limi bo‘lib, bevosita rektorga bo‘ysunadi va moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor rahbarligida ish yuritadi. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, hukumat qaror va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va me’yoriy hujjatlari, universitet nizomi, ilmiy kengash  qarorlariga asoslangan holda ish yuritadi.

Reja-moliya bo‘limi universitetning iqtisodini rejalashtiruvchi va moliyalashtiruvchi asosiy bo‘lim hisoblanib, yillik daromad va xarajatlar smetasini tuzishda hamda shtatlar jadvalini tayyorlashda ishtirok etadi.

Bo‘limning xodimlari soni Oliy ta’lim muassasalari texnik xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning namunaviy shtatlari asosida belgilanadi. Hozirgi vaqtda bo‘limda xodimlar soni ikki kishidan iborat bo‘lib, bo‘lim boshlig‘i va birinchi toifali iqtisodchi faoliyat olib bormoqda.    

Bo‘limning maqsadlari

  • Universitetning bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy barqarorligini ta’minlashga erishish.
  • Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larining tejami, belgilangan maqsadlar yo‘lida sarflanishga erishish.

Bo‘limning asosiy vazifalari

  • Universitet barcha mablag‘larining tejamli va belgilangan maqsadlarda ishlatilishini nazoratga olish.
  • Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha yillik smetalari o‘z vaqtida tayyorlanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tasdiqdan o`tkazish. Bunda har bir xarajat moddalar bo‘yicha aniq, to‘g‘ri va asoslangan hisob-kitoblar orqali smetani tayyorlashga erishish.
  • Marketing bo‘limidan olgan ma’lumotlarga, asosan, pullik-shartnoma asosida ta’lim olayotgan talabalardan tushadigan mablag‘lar va ularning xarajatlari bo‘yicha yillik smetalarni o‘z vaqtida tayyorlab, vazirlik tasdig‘idan o‘tkazish.
  • Tasdiqlangan smetalarning bajarilishini nazoratga olish va bu to‘g‘rida moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektorga axborot berish.
  • Universitetning moliyaviy ahvolini har tomonlama tahlil qilish, moliyaviy ahvolini yanada yaxshilash  yo‘llarini qidirish.
  • Universitet shtatlar jadvalini tayyorlash, bunda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan namunaviy shtatlar jadvali va normativlarga qat’iy rioya qilish, lavozimlar oylik maoshlari belgilash, tayyor bo‘lgan shtat jadvalini rektor tasdig‘idan o‘tkazib, vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etish.
  • Hukumat qarorlari asosida oylik maoshlari o‘zgargan hollarda ularni hisoblab, o‘z vaqtida buyruq asosida tasdiqdan o‘tkazish .
  • Shtat jadvali bo‘yicha ma’muriyat, xizmat ko‘rsatuvchi soxa xodimlari va professor-o‘qituvchilarini ishga qabul qilinishi va ishdan bo‘shatilishi bo‘yicha alohida ro‘yxat olib borishi orqali shtatlar sonini nazorat qilib borish .
  • Universitet shtatiga yil davomida zaruriyat tug‘ilganda o‘zgartirish kiritish.
  • Budjetdan tashqari barcha tushumlarning xili va hajmini yanada ko‘paytirish bo‘yicha takliflar kiritish va tadbiq etish.

Bo‘lim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi belgilangan istiqbolli rejalar to‘g‘risida

Bo‘lim tomonidan universitet barcha mablag‘larining tejamli va belgilangan maqsadlarda ishlatilishining nazorati olib borilmoqda.

Jumladan, budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, to‘lov-kontrakt mablag‘lari hamda budjetdan tashqari topiladigan maxsus mablag‘lar bo‘yicha yillik smetalar o‘z vaqtida har bir xarajat moddalari bo‘yicha aniq, to‘g‘ri va asoslangan hisob-kitoblar bilan tayyorlanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tasdiqdan o‘tqazib kelinmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan namunaviy shtatlar jadvali va normativlariga qat’iy rioya qilgan holda universitet shtatlar jadvali tayyorlanib,  lavozimlar oylik maoshlari belgilanib, tayyor bo‘lgan shtat jadvalini rektor tasdig‘idan o‘tkazilib, vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari asosida, universitet rektorining buyruqlariga asosan rahbarlar va professor-o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlari hamda boshqa xodimlarning ish haqlari qayta hisob-kitob qilinib, qo‘shimcha talab etiladigan mablag‘lar bilan o‘z vaqtida ta’minlanilishi bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Shtat jadvali bo‘yicha ma’muriyat, xizmat ko‘rsatuvchi soha xodimlari va professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilinishi va ishdan bo‘shatilishi bo‘yicha alohida ro‘yxat olib borish orqali shtatlar soni nazorat qilib borilmoqda. Shuningdek, budjetdan tashqari barcha tushumlarning turi va hajmini yanada ko‘paytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Kelgusida budjetdan tashqari barcha tushumlarning turi va hajmini yanada ko‘paytirish borasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan faoliyat turlari va takliflar:

  • ta’lim xizmati va servis sohasini rivojlantirish uchun universitetda sartaroshxona, go‘zallik saloni, tikuvchilik, poyabzal ta’mirlash kabi maishiy xizmat  turlarini hamda maishiy texnika va tele-radioapparaturalarni tuzatish va boshqalar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni, sport to‘garaklarini tashkil qilish va mavjud faoliyat turlarini yanada rivojlantirish.
  • talabalarni arzon issiq ovqat  va bufet mahsulotlari bilan taminlash  maqsadida umumiy ovqatlanish tarmoqlari faoliyatini yangi tartibda tashkil etish hamda talabalar oshxonalarida ovqatlar tannarxini arzonlashtirish uchun qishloq xo‘jalik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni tashkil qilish.
  • kelgusida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish samaradorligini  oshirish uchun qo‘shimcha pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan olingan daromadlarni universitet faoliyatiga qayta investitsiyalash, shu jumladan  xodimlar ish haqi daromadlarini oshirish, qo‘shimcha ta’lim dasturlarini tanlov asosida moliyalashtirish mexanizmini rivojlantirish.

 

JoomShaper