O'QUV-USLUBIY BOSHQARMA

Bo‘lim boshlig‘i:  Xolmirzayev Nodir Sulaymonovich,

texnika  fanlari nomzodi, dotsent

Telefon: +99875 -221-06-41

Elektron manzil:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Qarshi davlat universitetida faoliyat ko‘rsatgan o‘quv bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 avgustdagi 181-sonli “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2011 yil 31 dekabridagi 02-05/3656-sonli tavsiyanomalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 31 dekabrdagi “Tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 530-sonli buyrug‘iga muvofiq va amaldagi meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida 2014 yil 30 dekabrda  o‘quv-metodika bo‘limi, amaliyot bo‘limi va malaka oshirish bo‘limlari birlashtirilib o‘quv-uslubiy boshqarma tashkil qilindi. “O‘quv-uslubiy  boshqarma xodimlarining  lavozim  vazifalari  va  majburiyatlari   yo‘riqnomasi”  ishlab chiqilib, hozirgi kunda 9 ta shtat birligi hisobida 10 nafar xodim faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, ularning mehnat faoliyatini mazkur meyoriy hujjat asosida “O‘quv-uslubiy  boshqarma xodimlarining  lavozim  vazifalari  va  majburiyatlari   yo‘riqnomasi” ga muvofiq  tashkil etmoqdalar.

O‘quv-uslubiy boshqarma asosan, O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalari, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlaydi va monitoringini olib boradi. Shu bilan bir qatorda, universitetda o‘quv jarayoni samaradorligini va ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish Davlat ta’lim standartlari talablari,  shakllantirilgan namunaviy o‘quv rejalari va fan dasturlari va boshqa meyoriy hujjatlar asosida tashkil etilgan.

O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv jarayoni jadvali va ishchi o‘quv rejalar asosida fakultetlarda  o‘quv mashg‘ulotlari jadvali ishlab chiqilishi tashkil etilgan, tasdiqlangan va uning bajarilishi nazorat qilinmoqda. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini o‘quv jarayonida qo‘llash, bajarish va o‘zlashtirish natijalarini tahlil etib borish tashkil qilingan. Talabalar malakaviy amaliyoti va ishlab chiqarish amaliyotlari ishlab chiqarish korxonalari integratsiyasi asosida olib borilmoqda. Kafedra o‘quv yuklamalari “Vaqt meyorlari”ga muvofiq ishlab chiqilib, professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish rejalari shakllantirilgan va bajarilishi nazorat ostiga olingan. Bitiruv malakaviy ishlariga ilmiy rahbarlik qilish uchun ko‘proq buyurtmachi tashkilot, korxonalarning yetakchi mutaxassislari jalb etilgan va  mavzularning dolzarbligi, sifat darajasi, uning ilmiyligi va xalq xo‘jaligi ehtiyojlariga mosligini nazorat qilish bo‘yicha doimiy monitoring yuritilmoqda hamda yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rish  va uni sifatli tashkil etish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari doimiy ravishda talabalarni kursdan-kursga ko‘chirish, talabalar safidan chiqarish va stipendiya belgilash ishlarini to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilib borishadi. O‘quv jarayonini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha mutasaddi bo‘limlar bilan hamkorlikda takliflar tayyorlashni tashkil qilish hamda  uslubchilar tomonidan ARM ning axborot fondi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib va undan samarali  foydalanish bo‘yicha hamkorlik  qilish ishlarini amalga oshirilmoqdalar.

Dekanatlar va kafedralardagi ish yuritish hujjatlarini o‘rganish orqali ularda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy maslahatlar berib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, universitet fakultetlari va kafedralarida o‘quv jarayonining borishini yanada takomillashtirish uchun o‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan “Professor-o‘qituvchining shaxsiy ish rejasi va reyting nazoratlarini qayd etish jurnali”,  “Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomni amaliyotga joriy etish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “ Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “ Kurs ishlarini yozish va rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “ Soatbay fondni rejalashtirish va taqsimlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma”, “Dekanat va kafedralarda ish yuritish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “ Malakaviy va pedagogik amaliyot o‘tash bo‘yicha universitet Nizomi”, “Malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyalarini yozish va rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “ Qarshi davlat universiteti sifat komissiyasining nizomi”, “ Talabalar tomonidan qoldirilgan darslarni o‘zlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom””, “Qarshi davlat universiteti stipendiyasi va uni tayinlash tartibi to‘g‘risida nizom”, “Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining vazifalari va majburiyatlari  to‘g‘risida yo‘riqnoma” , “Dars kuzatish daftari (Oliy ta’lim muassasalari uchun)” va boshqa ichki nizom va yo‘riqnomalar ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi.

O‘quv- uslubiy boshqarma tarkibi

 №

F.I.SH.

Lavozimi

1

Xolmirzayev Nodir Sulaymonovich

Boshqarma boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi, dotsent

2

Rizayev Baxtiyor Xolliyevich

Uslubchi

3

Taniyev Davron Xurramovich

Uslubchi

4

Yorqulov Ruslan Muhammadi o‘g‘li

Uslubchi

5

Gapparov Azamat

Uslubchi

6

Haydarov To‘ymurod

Uslubchi

7

Shodiyev Olim Xidirqulovich

Dispetcher

8

Saidov Farrux Soyibovich

Dispetcher

9

Qultayeva Nasiba Jo‘rayevna

Statist

10

Omonova Maloxat

Kotiba

JoomShaper